Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
Mieder, Wolfgang; Litovkina, Anna (2002). Twisted Wisdon: Modern Anti-
Proverbs. DeProverbio
2.
O`ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
46
3.
Premyakov G.L. Strukturaviy paremiologiya asoslari- 1988.-236.
4.
Velichko. A. V. Tilning turli darajalaridagi frazeologik birliklar. (Величко
А.В. Фразеологические единицы разных уровней языка. Универсальное и
специфическое // Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей / Отв. ред. серии
В.В. Красных, А.И. Изотов. М.: МАКС Пресс, 2016. Вып. 53. С. 62-77.)
5.
Bredis. M.A. Paremiyalarning lingvo-kulturologik munosabatlari (Бредис
М.А. Лингвокультурологическая парадигма денежных отношений в паремиях
(на материале русского, латышского, литовского, немецкого и английского
языков) // Паремиология в дискурсе: Общие и прикладные вопросы
паремиологии. Пословица в дискурсе и в тексте. Пословица и языковая картина
мира / Под ред. О.В. Ломакиной. М.: Ленанд, 2015. С. 191-213.)
6.
Google.com
47
ФИО автора: Sattarova Moxiraxon Djo'rabayevna
Andijon viloyati Andijon shahar
39- maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Название публикации: «ERTAKLAR KO’MAGIDA O’QUVCHILARNI
IJODKORLIK VA MA’NAVIY KAMOLOT SARI YO’NALTIRISH»
Annotatsiya: maqolada ertaklar yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilarida
O’zbek va jahon xalqlari ertaklari qahramonlari va undagi voqea-hodisalar orqali
mehr-shafqat, ezgulik, mardlik, go’zallik hissini uyg’otish.
Kalit so’zlar: ertak, yaxshilik, ezgulik, xayoliy uydirma.
Ertak atamasi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi
va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi.
Xalq og‘zaki ijodida eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir.
Ertaklar xalq hayoti, milliy ma’naviyati, urf-odatlari, udumlari, an’analari, orzu-
umidlarini aks ettirib, bolalarga ma’naviy, axloqiy va badiiy oziqa beradi.
Xalkimiz “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” deb bejiz aytmagan. Ular har bir
xalqqa xos va mos bo‘lgan hikoyatlardir. Xalk ertaklari tarbiyaviy jarayonni
yaxlitligicha tashkil etish, ya’ni axloqiy, ma’naviy, ekologik, estetik va aqliy
rivojlanish chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Ayni paytda ular
tinglovchining ko‘pgina yaxshi xotiralarini yodiga soladi. Inson bolaligidan boshlab
yaxshilikka, ezgulikka doimo intilib yashaydi. Har bir bola ertak tinglayotgan chog‘ida
qahramonlardan biriga o‘xshashni, ularga taqlid qilishni orzu qiladi. Kitoblardagi
rasmlarni qiziqish bilan tomosha qilish, kattalarning nutqini qanday maroq bilan
tinglash bolalarning ertaklarga ijobiy munosabatda ekanligidan dalolat beradi.
Ertaklardagi obrazlar his-hayajonga boy, rangdor va shu bilan birga kichkintoylarning
tushunishlari uchun sodda bo‘lib, haqiqatga yaqinligi bilan ularni o‘ziga rom etadi.
Ertaklar yordamida bolalarning xotirasi, diqqati, tafakkuri rivojlantiriladi, tasavvur va
fantaziyalari uyg‘otiladi. Fantaziyaning uyg‘otilishi har xil hayvonlarning kesilgan
tanalarini birlashtirish orqali turli ajoyibotlarni yaratishda yaqqol ko‘rinadi. Shu bilan
birga bolaning nutqi, tafakkuri o‘sishi bilan bir qatorda dunyoqarashi ham kengayib
48
boradi. Ertaklar tinglash, o‘qish - ona tilida til va nutqning taraqqiy etishini belgilab
beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertakning
paydo bo‘lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim
o‘rin tutgan.
Hayot haqiqat bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga
qurilgan didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba’zi bir
viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand,
Farg‘onada — matal, Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda -
varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi.
Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular o‘ziga xos qurilishi
bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil
topadi. Ba’zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan
ekan», «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa,
ba’zi boshlamalar ancha uzun bo‘ladi. Ertaklar mavzu jihatidan hayvonlar haqidagi
ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar kabi turlari bor. Bu
ertaklar orasida hayvonlar haqidagi ertaklar ham o‘z o‘rniga ega.
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan va o‘qiydigan fantastik
hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari
hayvonlar bo‘lsa-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi
ertak personajlari - bo‘ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlar xuddi odamlarday
harakat qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda Tulki — ayyorlik va munofiqlik. Ayiq
— go‘l, laqmalik, Bo‘ri — qonxo‘rlik, Chumchuq — chaqimchilik ramzi sifatida
xayolimizda muhrlanib qolgan. Xalqimizda birovning salbiy qilig‘i, muomalasi
hamisha ham yuziga aytilmaydi, aniqrog‘i. birovning aybini ko‘rsatib tanbeh berishdan
ko‘ra, uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish millatimizga xos xususiyatdir.
Bema’ni xulqli odamni yaxshi yo‘lga boshlash, tarbiyaga muhtoj insonni ezgu ishlarga
undashda xuddi shu hayvonlar haqidagi ertaklar, ulardagi majoziy qahramonlar (bo‘ri,
tulki, eshak, xo‘roz kabi) qo‘l keladi
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarixida ertaklarning badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi
49
va bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi
o‘g‘li, Haydar Baychi o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Husanboy Rasul o‘g‘li kabi
ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og‘zidan yozib olingan o‘zbek
xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma’naviy zavq berib kelyapti.
O’quvchilar ijodiy ishining yaratuvchilik jihati shundaki, ijodkorlik faoliyatida
bolalar o’rganilayotgan material mazmuniga mustaqil ravishda chuqurroq kirib
boradilar, tahlil qilishda, xulosalar chiqarishda erkin bo’ladilar. Ularning bilim
olishdagi yaratuvchanligi va ijodkorligi ta’limda bir-birini rad etmaydi, faqat har xil
darajada aks etadi. O’quvchilarning bilim olishdagi yaratuvchanlik xarakteri milliy
ta’lim tizimiga endi kirib kelayotgan hodisa. O’quvchilar tomonidan bilimlarning
ijodiy va yaratuvchanlik shaklda o’zlashtirilishi ta’lim samaradorligi uchun ham,
tafakkurining mustaqil bo’lishi uchun ham muhim.
O’quvchilarning ijodkorlik va yaratuvchanlik ishlari ularni bir-biriga qarshi
qo’yish yoki birini ikkinchisi bilan almashtirish maqsadida emas, balki ular orasidagi
umumiy xususiyatlar, farqli jihatlar, munosabatlar, aloqalarni ta’minlash maqsadida
yo’lga qo’yilishi kerak. O’quvchilarning yaratuvchilik faoliyatida ijodkorlikning
belgilari yashiringan bo’lsa, ularning ijodiy ishlarida yaratuvchilik faoliyatining
belgilari mavjud bo’ladi. Har ikkala holat asosida ham o’quvchilarning mustaqil fikri
yotadi. O’quvchi mustaqil ravishda ishlar ekan, demak u bu jarayonda o’z-o’zidan
mustaqil fikr yuritadi. Bu ishlarning har ikkisi ham bugungi adabiy ta’lim va bu
jarayonda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish uchun o’ta dolzarb usullardan
sanaladi.
Достарыңызбен бөлісу: |