Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет9/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   328
Adabiyotlar: 
1. Matchonov S, Qurboniyozov M. Bolalar adabiyoti. Ijodiy uslubiy izlanishlar. 
O‘quv qo‘llanma. –T.: 2019. 63-72.
2. Normatov U. Sarguzasht tashvishlari. -//: Talant tarbiyasi. –T.: YOsh 
gvardiya. 2015. 154-172.


50 
ФИО автора: Ablajonova Ma'mura Abdurazzaqovna
Andijon viloyati, Andijon shahar
39- maktab Boshlang'ich sinf o' qituvchisi 
Название публикации: «BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA 
MISOLLAR YECHISHNING QULAY USULLARI» 
Annotatsiya: maqolada matematika darslarida arifmetik amallar va ularning 
xossalarini o’rganish jarayonida matematik metodlarni qo`llab mashqlar va 
misollardan foydalanish asosida o’quvchilarning qiziqishlarini va ko’nikmalarini 
tarkib toptirish texnologiyalari haqida fikrlar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf, matematika, bilim, misollar yechish. 
Hozirgi davrda yangilanayotgan talim tizimida yakuniy natija, bevosita talim- 
tarbiya jarayonini amalga oshiradigan o’qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga 
borib taqalaveradi. Talim zimmasiga qo’yilayotgan ulkan vazifalar esa talim berishga 
munosabatni, yondoshuvni o’zgartirishni taqozo etmoqda. Shu munosabat va 
yondoshuvni o’zida mujassam etishi lozim bo’lgan yangi pedagogik texnologiya 
xususida bir qancha maqsadlar elon qilindi. Shu sababli ham birinchi navbatda 
umumtalim maktablarida talim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish va 
chuqurlashtirish, xususan, bu mazmunga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki 
umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasini kiritish g’oyasi 
kun tartibi qo’yildi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun 
o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur 
o`zlashtirib olmog`i lozim.
O’qituvchining kasb mahorati, quruq andozalardan kechib, davr talablari
darajasida ishlay olishi, ma’naviy yetuklik darajasi xalq ta’limi oldiga ulkan
vazifalarni hal etishda yordam beradi. Har tomonlama ma’naviy etuk shaxs vatanimiz 
istiqloli mohiyatini chuqur his etadi, uni mustahkamlash, Vatan millati shuhratini 
olamga etish uchun bor kuch va bilimini ishga soladi.


51 
Har xil metodlar orqali misol, masala va topshiriqlarni yechish o’quvchilarni
kasblarga bo’lgan qiziqishlarini ortiradi. O’quvchilar bu masalalarning mohiyatini
tushunib etish orqali ularda ijodkorlik, tadbirkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik 
va tejamkorlik xislatlari shakllanadi.
Matematika darslarida matematik metodlardan o`rinli foydalanish o’quvchilar 
mantiqiy tafakkuri va hisoblash madaniyatini o’stirish uchun keng imkoniyatlarni 
yaratadi. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika 
darslarida ko’pgina asosiy metodlarni kiritish ko’rgazmali va qiziqarli tarzda bayon 
etilishni ta`minlaydi, o’qitish mazmuni va ketma-ketligi, ikkinchidan, tushunchalar, 
qoidalar va ularni kuzatishlar, mashq va misollar asosida ko’rgazmali bayon etishda 
ularning qo’llanilishi, uchinchidan, mashq va misollar va ularni yechishda 
o’quvchilarda fanga bo’lgan qiliqishlarning oshirish zarur imkoniyat va sharoitlar 
paydo bo’ladi. Shuning uchun boshlang’ich sinflar matematika darslarida turli 
matematik metodlar asosida qiziqarli misol va masalar yechish, turli o’yinlarni tashkil 
etish orqali fanga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqish va ularni 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo’llash usullarini o’rganish dolzarb 
vazifa hisoblanadi.
Matematika darsida turli tuman tarbyaiviy vazifalar ham hal qilinadi 
O`quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda 
tashabbuskorlikni, mas`uliyatni va sof vijdonlilikni, to`g`ri va aniq so`zlashni 
hisoblash, o`lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni 
yengish xislatlarini tarbiyalaydi.
O`quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi.
Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga
olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish
uchun xizmat qiladi. O`qitish jarayonida har bir o`quv materiali rivojlantirlgan
holda olib boriladi, bu o`quv materiali o`zidan keyin o`qitiladigan materiallarni
tushunish uchun poydevor bo`ladi. Boshqa tushunchaning o`zlashtirilish jarayonini


52 
qarasak, u bir nechta darslarning o`zaro bog`liqligi o`qitilishi natijasida hosil bo`ladi. 
Shunday qilib matematik tushunchalarni hosil qilish birgina darsning o`zida hosil 
qilinmasdan, balki o`zaro aloqada bo`lgan bir qancha darslarni o`tish
jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o`qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni
mantiqiy ketma ketlikda joylashtirishi kerak.
Eng katta talab darsning o`quv tarbiyaviy maqsadini e`tiborga olish, o`qitish
tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu
bo`yicha yaxshi o`ylangan darslar tizimining o`quv vaqtini mavzularga to`g`ri
taqsimlashga bog`liq. Unda o`quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy 
misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga 
olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, 
mustaxkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta`minlashi kerak. Undan 
keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek hosil qilingan 
bilimlarni doimo bir tizimda keltirish va umumlashtirishni ham ta`minlash 
kerak.Matematika o`qitish jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirish va 
matematikaga bo`lgan qiziqishini rivojlantirsh omillaridan biri o`quvchilar bilan olib 
boriladaigan mustaqil ishlardir.
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o`rganishga
tayyorgarlik ko`rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va
malakalarni mustahkamlashda, shuningdek bilimlarni nazorat qilishda amalga
oshiriladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет