345
tasvirlangan asarlar Meri Frensis Zembreno va Diana Uins Jons kabi fentezi
yozuvchilari tomonidan yozilib, omma e’tiboriga taqdim qilingan bo`lsa-da, ularning
hech biri Joan Rouling asaridek kitobxonlar e’tirofiga sazovor bo`la olmadi.
59
XX asr
oxiri va XXI asr boshlariga kelib ham ma’lum ma’noda Roulingning ko`magi bilan
fentezi janri hamon bolalar adabiyotida yetakchi janrlardan biri bo`lib kelmoqda.
1997-yil iyun oyida “Harry Potter and the Philosopher’s stone” (“Garri Potter va
falsafa toshi”) 1000 nusxada bosib chiqariladi, shundan 500 nusxasi kutubxonalarga
tarqatiladi. Besh oy o`tgach, kitob birinchi mukofot “Nestle Smarties Book Prize”ni
qo`lga kiritadi, fevral oyida esa “British Book Award”, keyinroq “Children’s Book
Award” kabi kitob taqdimotlarda “Yil kitobi” nominatsiyasi bo`yicha mukofotlanadi.
1998-yilda o`tkazilgan auksionda Scholastic Inc. nashriyoti 105.000 dollar pul tikib,
kitobni AQSHda nashr etish huquqini qo`lga kiritadi. Oktabr oyida kitob “Harry Potter
and the Sorcerer’s stone” (“Garri Potter va sehrgar toshi”) nomi bilan nashrdan chiqdi.
Birinchi kitobda muallifning o`z ismi Joanna Rouling to`liq yozilgan edi. Ammo o`g`il
bolalarning
ayol
yozuvchilar
tomonidan
yozilgan
kitoblarni
o`qishni
xushlamasliklarini hisobga olib, noshirlar adibadan ismi o`rniga ikkita initsial
ishlatishini maslahat berishdi. Shuning uchun Rouling keyingi kitoblarni J.K.Rouling
taxallusi ostida nashr ettirdi.
Asarning davomi “Harry Potter and the chamber of secrets” (“Garri Potter va
maxfiy xona”) 1998-yil iyul oyida dunyo yuzini ko`rdi. Bu safar ham Rouling kitobi
uchun “Nestle Smarties Book Prize” mukofotini qo`lga kiritdi. Oradan bir yil o`tib
chop etilgan uchinchi kitob “Harry Potter and the prisoner of Azkaban” (“Garri Potter
va Azkaban mahbusi”) ham yuqoridagi mukofot bilan taqdirlangach, Rouling
mukofotni uch marotaba ketma-ket qo`lga kiritgan birinchi yozuvchi bo`ldi. “Garri
Potter”ning to`rtinchi kitobi “Harry Potter and the goblet of fire” (“Garri Potter va
olovli jom”) Buyuk
Britaniya va AQSHda bir kunda, 2000-yil 8-iyulda sotuvga
chiqarildi. Buyuk Britaniyada birinchi kuni 400 mingga yaqin, AQSHda esa 48 soat
ichida 3 million nusxada sotilgan kitob eng tez sotilgan kitoblar rekordini yangiladi.
59
D’ammassa, Don. Encyclopedia of Fantasy and Horror Fiction. – New York: Facts on File, 2006. p.165.
346
Ammo yozuvchi to`rtinchi qismni yozish davrida ijodiy inqirozga duch kelganini tan
oladi: “To`rtinchi kitobning yarmiga kelganimda, syujetda jiddiy xatoga yo`l
qo`yganimni angladim. Shunda bitta bobni o`n uch marta qayta yozishimga ham to`g`ri
kelgan. Biroq kitobni o`qiganlar u aynan qaysi bob ekani va menga nechog`lik
qiyinchilik tug`dirganini bilishmaydi”.
60
Aynan shu kitob uchun 2000-yilda Rouling
British Book Awardsda “Yil yozuvchisi” unvoni bilan taqdirlandi. Kitobning beshinchi
qismi “Harry Potter and the order of phoenix” (“Garri Potter va qaqnus ordeni”) oradan
3 yil o`tib, 2003-yilda nashrdan chiqdi. 2005-yil iyulda oltinchi kitob “Harry Potter and
half-blood prince” (“Garri Potter va shahzoda tilsimi”) sotuvga chiqqach, birinchi
kuniyoq 9 million nusxada sotildi va yana rekord natija o`rnatildi. Asarning so`nggi
yettinchi kitobi “Harry Potter and the deathly hallows” (“Garri Potter va ajal tuhfalari”)
2007-yil 21-iyulda Buyuk Britaniya va AQSHda sotuvga chiqdi, bu galgi natija avvalgi
rekordlarni yana yangiladi: kitob bir kunda 11 million nusxada sotildi.. Hozirda “Garri
Potter” ommaviy brend sanalib, uning qiymati 15 milliard dollar deb baholangan.
Kitobning oxirgi to`rt qismi eng tez sotilgan kitoblar sifatida rekord o`rnatgan.
Достарыңызбен бөлісу: