References:
1. Veretennikova S.A., Familiarization of students with nature. T: Enlightenment,
2010
2. Vinogradova A.M., Moral and labor education of students – T: Enlightenment,
2017
3. V.G. Nechaeva. Education of a student at work. M: Enlightenment, 2003
4. Deryabo S.D., Yasvin V.A., Ecological pedagogy and psychology, T: Teacher,
1996
337
ФИО авторов: Jiyanov Sardor Shuxratovich
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi
Farrux Muzaffarovich Tashev
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
“Davlat boshqaruvi va huquq nazariyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi
Название публикации: «MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY
BAG’RIKENGLIK – O’ZBEK XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR»
Annotatsiya: Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarda diniy
bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan
islohotlar, shuningdek mamlakatning ushbu sohadagi tarixiy tajribasi hamda hozirda
mavjud bo’lgan dolzarb muommolar hamda ularning yechimlarini o’rganadi.
Kalit so’zlar: bag’rikenglik, mehmondo’stlik, millatlararo totuvlik, neofashizm, lokal
mojarolar, tolerantlik, diniy e’tiqod erkinligi, milliy ozchilik, diniy konfessiyalar,
prozelitizm, Harakatlar strategiyasi, vijdon erkinligi, diniy muttassiblik, ekstremizm,
terrorizm, virtuallashuv, globallashuv, davlat xavfsizligi
O’zbekiston. Ona Vatanimiz, biz tug’ilib o’sgan tuproq, ko’p millatli,
bag’rikeng, mehmondo’st mamlakat. Barchamizga ma’lumki buyuk va shonli
o’tmishga ega bo’lgan ushbu mamlakat aholisi butun tarixi davomida o’zining
bag’rikengligi, bolajonligi, mehmondo’stligi bilan tillarda doston bo’lgan. Bu yurtda
ko’p sonli millat vakillari aka-ukalardek bir xalq bo’lib istiqomat qilgan, bir nonini
teng bo’lib yeb, yovga qarshi birga jang qilgan. Barcha millatlar tenglik va totuvlik
asosida yashab kelishgan hamda yashashmoqda. Millatlararo totuvlik nima?
Millatlararo totuvlik – bu tinchlik va barqarorlikdir. Barcha etnik guruhlarning
hamkorlik, tenglik, o’zaro hurmat doirasida tinch-totuv istiqomat qilishidir.
Millatlararo totuvlik barcha elat va millatlarning ona tili, milliy urf-odatlari hamda
bayramlarining rivojlanishi hamda hurmat qilinishini talab etadi. Ayniqsa, bugungi
kunda turli xil sivilizatsiyalar o’rtasidagi to’qnashuvlar yuz berayotgan, neofashizm
338
g’oyalari bosh ko’tarayotgan bir vaqtda millatlararo totuvlik hamda diniy bag’rikenglik
har bir mamlakat, shu jumladan Ona Vatanimiz O’zbekiston uchun ham dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikda o’zbek xalqi o’z tarixida shonli
sahifalar bita olgan kam soni millatlardan hisoblanadi. Qadim-qadim ming yilliklardan
beri turli xil dinlar, ko’plab millat va elatlar zamini bo’lgan bu o’lka Yunon-baqtriya,
Xorazmshohlar davri-yu, Amir Temur Imperiyasi, Xonliklar davri-yu, ikkinchi jahon
urushi davomida o’zining qanchalar olijanob hamda saxovatpeshaligini ko’p marotaba
namoyon etdi. “Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonga 1 mln nafardan ortiq
kishi, jumladan, 200 000 bola evakuatsiya qilindi. Turli millatga mansub yetim
bolalarni o’zbek xalqi o’z farzandiday ardoqlab, ularni voyaga yetkazdi”
49
. “Ayniqsa
turli millatga mansub bo’lgan 15 bolani farzandlikka olgan temirchi usta Shoahmad
Shomahmudovlar oilasi yuksak insoniy fazilatlarni namoyon qilib ko’pchilikka ibrat
bo’ldi”
50
.
XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib butun dunyo etno-ijtimoiy, diniy
muommolar bilan to’qnash kela boshladi. Ayniqsa Afrika va Osiyo mintaqasi ushbu
muommolar, lokal mojarolarning markaziga aylandi. Shuningdek postsovet hududi va
Markaziy Osiyo mintaqasi ham bundan chetda qolmadi. “Jalolobod-O’sh” voqealari,
“Farg’ona vodiysi” dagi voqealar yovuz kuchlar yurtimiz xavfsizligiga tahdid solish,
xalqimiz hamjihatligiga putur yetkazish, urush chiqarish uchun hech qanday
usullardan, hattoki, milliy va diniy mansublikdan foydalanishdan ham tap tortmasligini
isbotladi. Shunga qaramasdan ushbu kuchlar birdam xalqimiz hamjihatligini buka
olmadi.
“Yer yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor yo’g’i 200 dan ortig’i o’z davlatiga
ega, xolos. Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun
ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o’rganib borish, siyosiy-ijtimoiy
hayotda buni doim e’tiborga olish zarur”
51
.
49
O’zbekiston tarixi(1917-1991-yillar). Q. Rajabov, A.Zamonov. 2017. – 94-bet.
50
O’zbekiston tarixi(1917-1991-yillar). Q. Rajabov, A.Zamonov. 2017. – 94-bet.
51
Ma’naviyat asoslari 10-11-sinf: V.Qo’chqorov, O.Mahmudov, 2017. – 101-bet
339
Mustaqillik yillari mamlakatimizda tolerantlik, diniy bag’rikenglik, millatlararo
hamjihatlik hamda o’zaro totuvlikni ta’minlash borasida ko’plab ishlar amalga
oshirildi. Milliy, diniy va etnik ozchilikning ona tili, milliy an’analari, urf-odatlari
hamda, diniy e’tiqod erkinligini mustahkamlashga qaratilgan ko’plab qonunlar ishlab
chiqildi, amaliy ishlar bajarildi.
“O’zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining
fuqarolari tashkil etadi”
52
. Konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan ushbu moddada
milliy ozchilikning manfaatlari tegishlicha aoslangan. Bugungi kunda yurtimizda 130
dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. “Bugun O’zbekistonda 138 ta milliy madaniy
markazlar millatlararo totuvlik g’oyasini tatbiq etmoqda.
Ruslarning “Maslennitsa”, tatarlarning “Sabanto’y”, uyg’urlarning “Sayil”
bayramlari, xitoylarning “Chunuze” yangi yili, koreyslarning “Soller” va “Ovol – tano”
bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida “Biz yagona oila
farzandimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “O’zbekiston – umumiy uyimiz”
shiori ostidagi festivallar o’tkazilmoqda”
53
.
Shuningdek, so’nggi yillarda mamlakatimizda diniy bag’rikenglik sohasida ham
qator muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz aholisining diniy va
vijdon erkinligi Bosh Qomusimizda ham belgilab berilgan. “Hamma uchun vijdon
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l
qo’yilmaydi”
54
. Bundan tashqari 1998-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tog’risida” gi qonunga
muvofiq “Davlat diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan
xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati
man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida
52
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 8-modda
53
O’zbekiston tarixi 11-sinf: N.Jo’rayev, A. Zamonov, 2018. – 61-bet
54
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 31-modda
340
belgilangan javobgarlikka tortiladilar”
55
. Ushbu qonun hujjatlari orqali shuni anglash
mumkinki mamlakatimizda diniy bag’rikenglik, tolerantlik borasida davlat tomonidan
yuksak e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda “2033 ta masjid, Islom
universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritmoqda”
56
. Bulardan
shuni anglashimiz mumkinki mamlakatimizda diniy bag’rikenglik, tolerantlik sohasida
ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan ham
yuksak e’tibor qaratilmoqda. 2017-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi
bilan
qabul
qilingan
“2017-2021-yillarda
O’zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 5-
yo’nalishi ham – Xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag’rikenglikni
ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarga bag’ishlangan.
Shunga qaramasdan mamlakatimizda ushbu sohada qilinishi kerak bo’lgan
ishlar, hal qilinishi kerak bo’lgan muommolar ham talaygina. Ayrim sohalarda hali-
hanuz o’z faoliyati hamda fikrlash doirasini yangi davrga moslashtira olmayotgan,
hozir ham Sobiq Ittifoq davridan meros qolgan mentalitet doirasida ish ko’rayotgan
talaygina mansabdorlar va davlat xizmatchilari faoliyat yuritmoqda. Bu esa ma’lum
doiralarda diniy erkinlik cheklanishiga sabab bo’lmoqda. Shuningdek huquqni
muhofaza qilish organlari sa’y-harakatlariga qaramasdan noqonuniy ravishda diniy
ta’lim berayotgan, yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib mamlakatizmiz osoyishtaligiga
putur yetkazishni o’z oldiga maqsad qilib olgan ayrim manfur shaxslar faoliyat
yuritishda davom etmoqda. Buning natijasi o’laroq din niqobi ostida diniy
muttassiblik, ekstremizm va terrorizm g’oyalari bilan sug’orilgan yosh avlod vakillari
paydo bo’lmoqda. Virtuallashuv, globallashuv ta’sirida buzg’unchi g’oyalar
dunyoning har bir burchagiga yetib bormoqda. Afsuski bundan bizning Vatanimiz ham
mustasno emas. Ijtimoiy tarmoqlar, OAV lar tomonidan berilgan yangiliklarda bu kabi
holatlarning tez-tez guvohi bo’lamiz. Ayniqsa yaqin qo’shnilarimiz bo’lgan
Afg’oniston Islom Respublikasidagi davlat to’ntarishi, qardosh Qozog’iston
55
www.lex.uz
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tog’risida”.Yangi tahrir. Oliy Majlis, 1998.
56
www.wikipedia.uz
341
Respublikasidagi yanvar oyi voqealari tolerantlik hamda totuvlikning qanchalar
dolzarbligi borasida saboq chiqarishimizga majbur etdi.
Xo’sh ushbu muommolarni hal qilishning iloji bormi? Qanday choralar orqali
ushbu muommolarni hal qilish mumkin?
Albatta bunday murakkab muommolarni hal qilish anchayin mushkul vazifa
hisoblanadi. Bu borada muallif sifatida o’zimning qator takliflarimni bildirib o’taman.
Birinchi navbatda eski tuzum doirasida fikrlaydigan rahbarlarni diniy bag’rikenglik,
diniy erkinlik borasidagi fikrini o’zgartirish lozim. Bu orqali mamlakatimizda davom
etayotgan keng islohotlarning, fuqarolar huquq va erkinliklarining to’siqlarga uchrashi
oldi olinadi.
Ikkinchidan Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek “Jaholatga
qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak”. Yoshlarni diniy mutaassiblik, eksterimizmdan
asrashning yagona yo’li ularni yoshlikdan ma’naviy va diniy jihatdan barkamol qilib
tarbiyalash lozim. Maktab, hattoki bog’cha davridan boshlab bolalar ongiga
millatlararo totuvlik, tolerantlik g’oyalarini singdirish lozim. Bundan tashqari oxirgi
paytlarda kuchayib borayotgan virtual tahdidlarning oldini olish maqsadida ijtimoiy
tarmoqlar faoliyatini tartibga solish, yoshlarning bo’sh vaqtini munosib ravishda
o’tkazishini ta’minlash zarur hisoblanadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda globallashuv davrida
vujudga kelayotgan ko’plab tahdidlar, yovuz kuchlar, manfur kimsalar tomonidan
davlat xavfsizligimizga qaratilayotgan hujumlarni bartaraf etishning eng muhim omili
– bu xalqimiz ongida diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkam
singdirish hisoblanadi. Zero, mafkuraviy jihatdan mustahkam yagona xalq irodasini
bukishga hech kimsa qodir emas!
Достарыңызбен бөлісу: |