329
ФИО автора: Muhammadiyeva Gulandon Abdivaliyevna
223 maktab ingliz tili fani o`qituvchisi
Название публикации: «KUNDALIK.COM NING DARS O`QITISH
JARAYONIDAGI ROLI VA AFZALLIKLARI»
Annotatsiya
Ushbu maqolada , avvalambor, masofaviy ta`lim tizimida internet va yangi dasturlarning roli, uning afzalliklari
va an`anaviy ta`lim tizimidan farqli jihatlari haqida so`z yuritiladi. Xususan, hozirgi kunda maktablarda
yuritilayotgan kundalik com dasturining dars o`qitish jarayonidagi roli haqida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar
Masofaviy ta`lim, an`anaviy ta`lim, kundalik com, ta`lim tizimi, online video dars.
Zamonaviy texnologiyalar yaratilishi bilanhar bir jabhada yangi imkoniyatlar paydo bo`ldi. Shu jumladan, u
ta`lim tizimiga ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolmadi. Elektron kutubxonalar paydo bo`lib o`qishda
qulayliklar yanada oshdi. Birgina tugmani bosib, butun kitob ko`z o`ngingizda soniyalar ichida paydo
bo`lishi internetning naqadar katta kuchga ega ekanligini va bu kuch har birimizga yangi imkoniyatlar
eshigini ochishini ko`rsatib bermoqda.
Insonlar shu bilan cheklanib qolmasdan, yanada yangi qulayliklarni yaratishdan charchamayaptilar, yanada
yangi texnologiya va dasturlar yaratmoqdalar.
Достарыңызбен бөлісу: