Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G‘oziev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2011.
2. Vigotskiy L. S. Voobrajenie i tvorchestvo v detskom vozraste. –Moskva:
Prosveshenie, 1991; Vo‘gotskiy L. S. Mishlenie i rech. –Moskva: Pedagogika, 2012.
3. Tixomirov O. K. Psixologiya mishleniya. – Moskva: MGU, 2015.
470
ФИО автора: Shukurova Gulnoz Muxammadovna
Buxoro pedagogika kolleji
Название публикации: «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARDA
O‘YIN FAOLIYATINING AHAMIYATI»
Annotatsiya: maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan
o’yinlarning ahamiyati haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: o’yin, psixik taraqqiyot, shaxs, kamolot.
Jamiyatning ma’naviy takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya
ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog‘liqdir. Shu boisdan ham ta’limdagi
yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta’lim
tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash
zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o‘yin, har bir yosh bosqichda bolaning
tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama
bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati
mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib
turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga,
kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl
jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning
turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari
o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati
shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat namoyon
bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o‘zlashtiriladi.
Shuning uchun psixologik nuqtai nazardan oqilona, ya’ni, to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin
bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik
jarayonlarida – sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam
rivojlanishiga yordam beradi. O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti-
harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda
471
ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib
olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi.
Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini
bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha 4 sifatlarni namoyon qilishga intiladi.
Ular o‘yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik
samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir
chegarasi yo‘q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini
o‘z o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib
kamolotga yetishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda
bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib olishni
ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o‘z-o‘ziga munosabati
o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish
(xavas)lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi
narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini
beradigan faoliyatdir.
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy
faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida
shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-
psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini
o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir.
Bola psixikasining taraqqiy etishida o‘yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning
psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o‘yin orqali bola faqat
jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O‘yin orqali
bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o‘rganibgina qolmay,
balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga, hayol qilishga, ijod qilishga, muomala
madaniyatiga o‘rganadi. Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning
psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol
toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun
472
voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha
qiziqarlidir.
Psixologlar adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning
o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritadilar:
1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro
muomalasiga qiziqadi;
2) bola rolli o‘yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi, ifodali, jo‘shqin xis-
tuyg‘uli jihatlarini aks ettiradi;
3) rolli o‘yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda
yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;
4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida
namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldiradi.
Psixolog J.Piaje o‘yinda jismlarga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan
qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga
keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ekanligini
bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tafakkur va
aql-zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida, narsalarni qayta
nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o‘zgartirish bolaning aqliy
o‘sishiga sezilarli ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda
harakatning yangi ko‘rinshi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo‘ladi va shuning
uchun o‘yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining
dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kamol topishida yoki uning
umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali
o‘z ifodasini topadi.
Rus pedagogi A.S.Makarenko “Bola o‘yinda qanday bo‘lsa, o‘sib ulg‘aygach
ishda ham ko‘pincha, ko‘p jihatdan shunday bo‘ladi” - deb to‘g‘ri aytgan edi.
A.M.Gorkiy “O‘yin bolalar yashayotgan va o‘zgartirishi lozim bo‘lgan dunyoni bilish
yo‘lidir”, - deb bejiz aytmagan.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yin faoliyati bilan
birga ta’limiy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya yoshi
473
davridagi ta’limiy mashg‘ulotning asosiy mazmuni bolani atrof hayotdagi narsa va
hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og‘zaki nutqni lug‘at boyligi,
tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to‘g‘ri so‘zlashlikka o‘rgatish,
bog‘lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega
bo‘lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki
plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish materiallar bilan ishlash, musiqa va boshqa
mazmundagi mashg‘ulotlarga qaratilgan bo‘ladi, bu esa bolani aqliy jihatdan maktab
ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi.
Достарыңызбен бөлісу: |