Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет158/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar ro‘yxati: 
1.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim 
muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
2.Ishmuhamedov R., va boshq. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim 
muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: 2016 


456 
ФИО автора: Salomova Nargiza Sattorovna 
Buxoro pedagogika kolleji
Название публикации: «MTМDA BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA 
TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR» 
Annotatsiya: Bugungi kunda maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga 
erishishga kompentensiyaviy yondashuv, guruhlarni har bir yosh guruhiga mos 
adabiyotlar bilan boyitib borish, bolalarning kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli 
tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash 
va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va 
manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish 
maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Kalit so‘zlar: bola, kompetensiya, tarbiyachi, pedagog, texnologiya, metod,
hamkorlik, maktab, ta'lim sifati, mashg‘ulot, markazlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv 
o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni 
hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa 
insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat 
usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va ahloq subyekti 
sifatida yaxlit rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish 
jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga hos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik 
asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda 
bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va 
o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni 
maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydilar, aksincha ularni
tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirishda o‘ziga xos 
metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarlik bilan ishlash davr taqazosiga aylandi. 
Chunki maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish keng ma’noli tushuncha 


457 
bo’lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkiloti binosining holati, 
tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda bolalarning ta’lim 
jarayonidagi ishtiroki innavatsion bo‘lishi lozimligini talab etadi. “Ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” 
Davlat o‘quv dasturi asosida kompentensiyaviy yondashuv jarayonida pedagogik- 
psixologik, metodik, badiiy adabiyotlar soni va sifati, har bir yosh guruhiga mos va xos 
adabiyotlar bilan boyitib borish ham muhim masaladir. Bolalarni o‘ynab turib 
o‘ylashga undovchi muammoli vaziyatlarni o‘yinlarda aks ettiruvchi ta’limiy 
rivojlantiruvchi o‘yin markazlari tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirishda 
ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha 
ta’lim mazmunini oshiradi. 
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda 
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, 
bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos 
hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan 
muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish 
mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan 
bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun 
foydalanish.
Maktabgacha ta’limning sifat va samaradorligiga erishishda bolalarning 
kundalik faoliyatini mazmunli va qiziqarli tashkil etish, bo‘sh vaqtlardan unumli 
foydalanish, qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab jarayonga ijodiy yondashish, 
bolalar uchun o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va manbalarni bolalar va jamiyat ehtiyojlariga 
javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko‘zda 
tutadi. Buning uchun innovatsion usullardan biri bo’lgan “Keys-stadi”
texnalogiyasidan maktabgacha ta’lim tashkilotida ham foydalanish bolalarni faol 


458 
ta’lim olishga undaydi. Bu usulni qo‘llash orqali tarbiyachi bolani berilgan savolga 
to‘g‘ri javob berishga o‘rgatadi. Bolalarga ko‘proq kitob o‘qib berish yoki kitob 
sovg‘a qilish ularni so‘z boyligini oshirish bilan bir qatorda xotirasi va tafakkurini 
o‘stiradi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tomonidan ilgari surilgan 2019-yil 20-martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish 
va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi 5 muhim tashabbusning 4-
chisi “Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish”ni MTTdan boshlash zarurligini ta’kidlash
lozim. Tarbiyachilar vazifasi bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan va ularning ijodiga keng 
erkinlik beradigan ta’lim imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib qoladi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim 
tashkilotining ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikdagi ishlari ham muhim sanaladi. 
Bunda:
• ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga 
olish;
• ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
• ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
• ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini 
qo‘llab-quvvatlashdan iborat .
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad 
mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq 
va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin 
asta-sekinlik bilan ularning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-
atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish 
lozim. Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning tayyorgarligi qanday bo‘lishi 
kerak? degan muhim savol yuzaga keladi.
Bolalarni maktabga muvoffaqiyatli o‘qishi uchun ularni fanlar bo‘yicha 
mazmunli tayyorgarligi muhim emas. Chunki uni haddan ziyod yuklatish o‘qishga 
bo‘lgan xohishni susayishiga olib keladi. Asosiysi, uni psixologik jihatdan maktabga 
tayyorgarligi, bilishga qiziqishi, o‘zini nazorat qila olish malakalarini, kommunikativ 


459 
va ijodiy qobilyatlarini, nutqini, xotirasini, diqqatini, tafakkurini rivojlanishining 
ma’lum darajasini shakllantirishdir.
Ko‘rib turibmizki, bolalarni maktabga tayyorlash katta yoki tayyorlov 
guruhlarida emas, balki bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgan kunidanoq 
boshlanishi lozim. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, uni oldinroq ham boshlash 
mumkin. Chunki bolaning diqqati, qiziquvchan va ba’zi bir topshiriqlarni mustaqil 
qilishi qiyin bo‘lganidek, uni qisqa muddat ichida birgalikda qandaydir vazifalarni 
yechishga kelishishga o‘rgatish ham mushkul bir vazifadir. Bu borada, maktabgacha 
ta’lim tashkiloti tarbiyachisining savodxonligi muhim sanaladi.
Shuni ta’kidlash lozimki tarbiyachi rivojlanmasa, maktabgacha ta’lim 
rivojlanmaydi. Tarbiyachining rivojlanishi esa, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, ta’lim-
tarbiyani uyg‘unlashtirgan holda yangiliklar yarata olish, xalq pedagogikasini chuqur 
bilishi bilan xorij tajribasi yangiliklarini o‘zlashtirib, o‘z faoliyatini boyitib borishi va 
ularni amaliyotda qo‘llay olishi bilan ahamiyatlidir. Maktabgacha ta’lim boshlang‘ich 
ta’limning poydevori sanaladi. Poydevor mustahkam bo‘lsa imorat uzoq yillar qad 
ko‘tarib turadi. Shunday ekan kelajagimiz davomchisi bo‘lgan yosh avlodga har 
tomonlama komil inson qilib, ta’lim- tarbiya berish bugungi kun pedagogining oldida 
turgan dolzarb vazifalardan biri ekanligini anglamog‘imiz zarur.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет