Foydalanilgan adabiyotar:
1. Usmonxujayev T.S., Meliyev X.A. Bolalarning asosiy harakat faoliyatiga oid
mashqlar va ularni o’rgatish ulubiyoti. Tosh. O’z.MKB. 2011 - 52 b.
2.Ishmuhammmedov R. Ta’limda innovatsiya. – Toshkent: «Fan», 2070.
465
ФИО автора: Shukrullayeva Zulfiya Nasrullayevna
Buxoro pedagogika kolleji
Название
публикации:
«MAKTABGACHA
YOSHDAGI
BOLALAR
MUSTAQIL FIKRLASHI VA NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ERTAKLAR
BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI»
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’limning bilimlar poydevori ekanligi
ta’kidlangan holda, bolalarning kelajakdagi hayoti, aqliy salohiyati uning bevosita
maktabgacha davrdagi olgan bilimlari, tajribasiga asoslanishi haqida fikrlar berilgan.
Bu davrda tarbiyachi pedagoglar bolalarning fikrlash jarayoniga alohida e’tibor berish
zarurligi, chunki bolaning har tomonlama komil inson bo‘lib tarbiyalanishi uning
mustaqil fikrlash darajasiga bog‘liq ekanligi haqidagi yo‘nalishlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: mustaqil fikrlash, tarbiyachi kompetentligi, psixik jarayonlar,
nutq.
Ruxshunoslarning ta’kidlashicha, fikrlash, ya’ni tafakkur – odam miyasida
sodir bo‘ladigan jarayon. Sezgi organlari etarli bo‘lmagan o‘rinlarda odam va
olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur – aqliy faoliyatning, ongli
xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish
quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti
hisoblanadi. Kishi fikrlash orqali o‘zi o‘qigan, ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur
etgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa
munosabatini aniqlaydi.
Aynan mustaqil fikrlash orqali inson dunyo sir-sinoatlarini o‘rganishda o‘zidan
oldin hosil bo‘lgan qarashlar, tushunchalar, farazlar, insoniyat tomonidan chiqarilgan
xulosa hamda kelingan qarorlarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlaydi.
Mulohaza yuritib, narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik, xossal-xususiyatlar,
ularni bir-biri bilan bog‘lab yoki ajratib turuvchi vositalarning faoliyat mexanizmlarini
anglab etadi.
Har qanday hayotiy yoki badiiy hodisa yuzasidan o‘z fikru qarashlariga ega
bo‘lgan, o‘z xulosalarini chiqarib, ularni asoslay bilgan odam hech qachon o‘zgalarga
466
qaram bo‘lmaydi. Muhim masalalar hal etilayotganda beparvolik, loqaydlik qilmaydi,
taqdirini o‘zgalarga topshirib qo‘yolmaydi. Fikr kishisi biror faoliyatni boshlashdan
oldin atroflicha o‘ylab ko‘radi, tahlil qiladi.
Tafakkur masalasida, eng avvalo, uning shakli va mazmunini ajratar ekan, L.
Vigotskiy odamdagi fikrlash mexanizmi, uning shakl va darajalari, kishining
intellektual rivojlanishiga qarab o‘sib borishini ta’kidlaydi. Fikrlashning mantiqqa
tayanishi esa bola 12-14 yoshga etganda, u o‘z tafakkuriga egalik qilib, uni boshqara
bilganda yuzaga keladi. Vigotskiyning ta’biricha, mantiqiy fikrlash – ongli ravishda,
o‘z-o‘zini nazorat qilgan holda ilmiy-nazariy asoslarga tayanib fikrlash demakdir.
Uningcha, fikrlashda mantiqning yo‘qligi fikrlash jarayonida mustaqillikning,
erkinlikning, onglilikning yo‘qligi demakdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta’lim mazmuni va
metodlari bola shaxsining shakllanishi, uning bu bilimlarni singdirilishi lozim bo‘lgan
ob’ektlikdan ularning barchasini o‘z ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘zi
o‘zlashtirishga moyil bo‘lgan sub’ekt darajasiga ko‘tarilishi, mustaqil shaxs sifatida
tan olinishi muhitida tashkil etilishi kompetentli shaxs shakllanishida katta ahamiyat
kasb etadi.
Bolalarni o‘z ona tilida nuqsonsiz so‘zlashishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish,
tafakkurini rivojlantirishga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular
tug‘ilganidan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan
sari o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat hodisalarini
bilgilari keladi. Bu borada ota-onalar yoki tarbiyachilar atrof-muhit, tabiat haqida
tushunchalar berib borishlari, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tanishtirishlari,
mustaqil fikrlashi va fikrini erkin bayon qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berishlari
bolalarning nutqini, dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qiladi.
Ko‘pincha muammoli vaziyatlar savolni to‘g‘ri qo‘yilmaganligi sababli
qiyinchiliklar bilan hal etiladi, bunday holatlarda boshqa yo‘llarini izlab topish kerak
bo‘ladi. Ba’zi ertak qahramonlari bo‘y-basti, gavdasi bilan farqlanib turadi, lekin hal
etuvchi vaziyatda aql yoki ayyorlik, jasurlik yoki uddaburonlik ustun keladi (bu juda
hayotiy holatligiga shubha yo‘q). Xalq ertaklarida shunga o‘xshash ko‘plab epizodlarni
467
ko‘rish mumkin, masalan , birovlar uchun qo‘ygan qopqoniga o‘zi tushgan salbiy
qahramon. Bunday misollar bolalarni osongina boylik to‘plash uchun bosilgan
noto‘g‘ri qadam qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi, har qanday vaziyatda chuqur
mushohada qilib, keyin ish tutish kerakligiga o‘rgatadi.
Yuzaga kelgan turli masalalarni oqilona hal etish uchun inson tevarak atrofdagi
voqea-hodisalarni idrok etishi, o‘z aqli va fikriga tayanib xulosa chiqarishni bilishi
zarur.
Qadimgi odamlar hayot va o‘limni, aqllilik va nodonlikni, qo‘rqinchlilik va
kulgigilikni, ijobiy va salbiy qahramonlar vositasida ertaklarda aks ettirishgan. Xalq
ertaklari ilm ahli tomonidan har tomonlama o‘rganilganligi ma’lum. Mana insoniyat
voyaga etdi, endi uning qiziqishlari o‘zgardi: e’tiqod, ilm, san’at. Ertaklarchi? Ular
uzoq o‘tmishda qolib ketdimi? Yo‘q, ertaklar hamon yashamoqda, qayta-qayta chop
etilmoqda (eski va yangi ko‘rinishlarda), ularni nafaqat bolalar, balki kattalar ham jon
dili bilan sevib o‘qiydilar. Ertaklar – bolalarni mustaqil fikrlash jarayonini
rivojlantirish uchun bebaho boylikdir.
Ertaklarni o‘qib berish uchun maxsus dasturlar kerak emas dersiz? Tasavvur
qiling muzey xodimisiz eksponatlarni aylanib yurishni! Muzey xodimlari hikoyasidan
keyin esa, har bir eksponat jonlanib, tilga kirgandek, taassurotlaringiz jo‘shqin va
unutilmas bo‘ladi. Ertaklarni jozibador va ta’sirli o‘qib berish jarayoni pedagoglardan
mahoratni talab etadi. Tajribali tarbiyachilarning fikricha, oddiydek ko‘ringan ertaklar
bolalar bilan muhokamadan so‘ng butunlay boshqacha natijani beradi, ochilmagan
qirralar, nazardan chetda qolgan vaziyatlar batafsil yoritiladi., Inson qanchalik
dunyoqarashi keng bo‘lsa, hayotning yangi- yangi qirralarini ko‘ra oladi, hayotdan
zavq olish qobiliyati charxlanadi, ilmsiz odam uchun kunlar bir- biridan zerikarli
bo‘lib, hayoti nolish bilan o‘tadi. Bolalarga zavqlanishni ham o‘rgatish kerak! Xalq
ertaklarida inson va hayot munosabat-lari, muammoli vaziyatlarni oqilona echish
usullari o‘z aksini topadi.
Tarbiyachi ertakni aytib berish jarayonida ishni shunday olib borishi kerakki,
bolalar ertak qahramonlari bilan birgalikda muammoli vaziyatlarni echsinlar, asosiy
468
qahramonlar munosabatlarini tahlil qilsinlar. Xalq ertaklarida voqealar rivoji turli
ko‘rinishlarda ro‘y beradi, unda qiyofani o‘zgartirish, vaqtni
orqaga qaytarish va boshqa real hayotda mavjud bo‘lmagan ishlarni amalga oshirish
mumkin. Qizig‘i shundaki, bolalar ertakning davomini kutilmagan tarzda
yakunlashlari, ehtimoldan yiroq bo‘lgan xulosalarni aytishlari mumkin.
Ularning kattalarni hayron qoldiradigan xulosalari aynan ertakni eshitib
bo‘lganlaridan keyingi bahs munozaralarda yuzaga keladi. Ertaklar esa o‘z sirli jilosini
zig‘irchayam yo‘qotmaydi, bolalar shunday muhokamalarni o‘z ota-onalari bilan uyda
tahlil qiladilar, ertak mazmuniga mos rasmlar chizadilar, o‘zlarining yangi ertaklarini
to‘qiydilar. Mohir tarbiyachi bilan birgalikda hatto barchaga yod bo‘lib ketgan
“Zumrad va Qimmat” ertagining ham kutilmagan sirli qirralarini topish mumkin.
Bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun ertakni o‘zlashtirish jarayonida
ular asar mavzusiga oid rasmlar chizishlari, ertakdagi voqealar rivojini o‘zlari
hohlagandek davom ettirishga urinishlari juda muhimdir. Bu mustaqil fikrlashga
o‘rgatish dasturining asosiy qismlaridan biridir: bolalar ertaklardan ijodiy fikrlashni
o‘rganadilar.
Rivojlantiruvchi ta’lim kattalardan ko‘p narsani talab qiladi: tarbiyachi
savollarni aniq qo‘yishni, bolalarning kutilmagan javoblariga tayyor turishni, bolalarni
munozara qilishga undashni, asosli misollar keltirishni, o‘ylab topishga usta bo‘lishi,
bolalar yaratgan kashfiyotlardan quvonishni bilishi kerak va h.k. Bunday malakalarga
ega bo‘lish o‘qishni, kasbiy kompetentlikni, izlanuvchanlikni talab qiladi, axir
tarbiyachi jiddiy tusda ilmiy-nazariy uslubiyotini qo‘llash niyatida bolalar oldiga kirib,
bosim ostida mashg‘ulot o‘tmoqchi bo‘lsa, bundan ish chiqmaydi.
Muhimi, bolalarga topshiriqlarni bajarishda erkinlik berish, o‘z kashfiyotlaridan,
aqlli munozaralaridan zavq olishlariga, xulosalaridan quvonishga imkoniyat
yaratishdir. Mashg‘ulotlarda ijodiy izlanishga muhit yaratilsa, bolalar kattalar
majburlagan yo‘nalish bo‘yicha ketmasdan, xatolardan qo‘rqmay mustaqil harakat
qilishlarga sharoit yaratilsa, fikrlash jarayoni ishga tushadi. Maqsad – ana shu.
Qolganlari – vositalar.
469
Достарыңызбен бөлісу: |