Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет199/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Xulosalar:Bag‘rikeng yurtda yashayotgan o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq yoki boshqa 
millatga mansub bo‘lsa ham, barchasi bir diyorning farzandlaridir. Shu vatanda tug‘ilib 
o‘sgan har bir inson ota-bobolari, buvilari ahil, birdam yashash naqadar ulug‘ fazilat 
ekanligini ongiga bolalikdanoq singdirib ulg‘aytirganlar. Shunday ekan, yurtimizdagi 
tinchlik va xotirjamlikni asrab-avaylashga siz yoshlar ham o‘z hissangizni 
qo‘shmog‘ingiz lozim.Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va 
insonparvarlik 
madaniyatini 
rivojlantirish, 
millatlararo 
va 
konfessiyalararo 
hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga 
millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh 


592 
avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga 
muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim 
ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan 
anglaganinggizdek, jonajon vatanimizda turli millat vakillari va turli dindagi insonlar 
uchun hech qanday ta'qiq to'siq va muammolar yo'q.Har bir inson dunyoga kelar ekan 
u o'zini qaysi zamonda, qaysi millatda va qaysi ota-onadan tug'ilishini o'zi hal 
qilmaydi.Hech kim o'z istaklariga binoan kelib chiqishini o'zgartira olmaydi.Ushbu 
omillarni hisobga olgan holda odamlarni millati va e'tiqodini kamchilik sifatida ko'rish, 
nohaqlikdir.Shunday ekan vatanimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillariga 
namunali axloqda va xushmuomala bo'lishimiz lozim.Jamiyatimizdagi turli millat 
vakillarining qonuniy huquqlarini va o'z majburiyatlarimizni his qilgan holda, ularni 
har tomonlama qo'llab quvvatlashimiz insoniylik burchimizdir.Ta'kidlab o'tganimdek 
millatchilik, irqchilik va tarafkashlik bo'lmagan davlat rivojlanishga yuz 
tutadi.Shunday ekan mamlakatimizda azaldan mavjud bo'lgan, millatlararo totuvlik va 
diniy bag'rikenglik an'analarni saqlab qolsak, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa 
qo'shgan bo'lamiz. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет