ФИО автора: Gulishod Abdiyeva
О‘zbekiston davlat xoreografiya
akademiyasi о‘qituvchisi
Название публикации: «О‘ZBEK MEROSIY RAQS SAN’ATI TARIXI»
Annotatsiya: Ushbu maqolada о‘zbek milliy merosiy raqslarining ilk shakllanish
tarixi yoritilgan. Shuningdek, raqsshunos olimlarning tadqiqotlari haqida ilmiy
asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit sо‘zlar: tarix, afsona, yodgorlik, raqs, qaxramon, harakat, ijod.
О‘zbek merosiy raqs san’ati tarixi uzoq о‘tmishga borib taqaladi. Mehnat jarayoni
inson uchun g‘ayrioddiy bо‘lmay qolgan tarixiy davrdir, aynan shu davrda inson
insonga yanada kuchliroq qiziqish bilan qaray boshladi, fazoviy jarayonlani
tushunishga intildi, insonni koinot, tiriklik va о‘lim masalalari qiziqtira boshladi.
Ushbu jumboqlar, yuqorida qayd etilganidek, keyinchalik diniy qarashlar va dinning
shakllanishiga olib kelgan fantastik taxminlarni paydo qildi...
Shunda raqs dunyoni anglash, hayotga bо‘lgan falsafiy munosabatni ifodalash
vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, ushbu raqslaming dastlabki mualliflari borliqni
anglashga, hayotni tushuntirishga intilganlar, ya’ni ibtidoiy kohinlar bо‘lgan.
San’atshunos olimlar qadimgi ustalar tomonidan Yunon-Baqtriya podsholigi
(miloddan avvalgi IV—III asrlar) davridan milodiy VII—VIII asrlargacha О‘rta Osiyo
moddiy yodgorliklarida ifodalangan raqs tushayotgan barcha figuralami о‘rganib
chiqish jarayonida ularning О‘rta Osiyoning son-sanoqsiz panteonlarida
(sag‘analarida) mavjud bо‘lgan diniy marosimlar ishtirokchilari bо‘lmish kohin yoki
qohinalar ekanligini aniqlashgan. Antik davr yoki ilk о‘rta asrlar davriga (VII—VIII
asrlar) murojaat qilar ekanmiz, О‘rta Osiyoning qadimgi xudolari panteoni turli-
tumanligi hamda О‘rta Osiyo, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Sharqiy Turkiston,
Kavkaz, Sibir, Volgabо‘yi, Vizantiya xalqlari madaniy aloqalari keng rivojlanganligini
kо‘rishimiz mumkin.
Mahalliy ilohlar ellenizm davrida yunon xudolari bilan qо‘shilib, ellenizmga xos
599
belgilar О‘rta Osiyoga kirib kela boshladi. Masalan, xudolarning birida dengiz va
ummonlar hukmdori bо‘lmish Neptunning uch ayrili hassasi paydo bо‘ldi, osiyolik ona
Anaxita shaharlar homiysiga aylanib, yunonlar nazarida shaharlar “bekasi” bо‘lgan
g‘alaba xudosi Nika va baxt xudosi Tixeyga о‘xshab qoldi. Sharqona libosdagi
mahalliy soqolli Dionisning tasvirlaridan birida yelkasiga sher terisini yopinib olib,
raqs tushayotgan yalang‘och Gerakl unga hamroh qilib tasvirlangan. Yunon-Baqtriya
davlatining kо‘p hukmdorlari tangalarda Dionisga о‘xshatib tasvirlangan, ayni paytda
shu davrga oid tangalarda Dionisga bag‘ishlab raqsga tushayotgan kohin ayollarni
kо‘rishimiz mumkin, ular sharqona libos — “uzun shalvar kiygan va osilchoq ziraklar
taqib olgan” va h.k.
Barcha Sharq xalqlariga tanish bо‘lgan Ulug‘ Ona zardushtiylik dinida (miloddan
avvalgi birinchi mingyillikning birinchi yarmida 0’rta Osiyoda paydo bо‘lgan) —
boshqa xalqlardagidek, jimо‘siz homilador bо‘lgan ona sifatida tasvirlanadi. О‘rta
Osiyoning qadimgi Quyosh xudosi — eroniy Hrmuzd xudosining о‘zginasidir; er-xotin
xudolar Mitra va Ona hindlarning oy va quyosh xudolari Some va Surega, shuningdek,
Merkuriy va Veneraga о‘xshaydi; hind xudosi Shivaning zulmkor jahli ramzi bо‘lgan
qо‘rqinchli Kirtimukxa obrazi О‘rta Osiyoda yomon kо‘zdan asrovchi ramzga aylandi
va h.k.
Eramizning birinchi mingyilligida ellenizm davrining insoniylashtirilgan ilohlari
yarim xudoga va keyinchalik afsonaviy qahramonlarga aylanadi. Mitra о‘z
xususiyatlarini qahramon Rustamga о‘tkazgan bо‘lsa, Ona Anaxita eposlar
qahramonlari — Sindot va Rudobaga, Dionis Sabaziy — yosh, о‘lib-tirilayotgan yarim
xudo Siyovushga о‘z xususiyatlarini bergan va h.k. X asrda buyuk shoir Firdavsiy xalq
tomonidan qadimiy rivoyatlarga aylantirilgan qadimiy dinlar kо‘rinishlari asosida
“Shohnoma” asarini yaratdi. Unda tarixiy shaxslar bilan bir qatorda qadimda yarim
xudolardan afsonaviy qahramonlarga aylantirilgan tarixiy shaxslar obrazlari
yaratilgan.
Mahalliy xalqlar bir necha asrlar davomida qadimiy afsonalarni xalq rivoyatlariga
aylantirishiga misol tariqasida har doim о‘lib-tiriluvchi barhayot tabiat haqidagi
afsonalarni, о‘rta asrlarning dastlabki davrida О‘rta Osiyoning asosiy dinlaridan biri
600
bо‘lgan zardushtiylikning tarkibiy qismiga aylangan Siyovush haqidagi rivoyatni
keltirish mumkin.
Ma’lumki, ilk о‘rta asrlarda bu e’tiqod shahar va qishloqlarning butun aholisi
ishtirok etadigan kо‘p kunlik bayramga aylandi. Rivoyatlarga kо‘ra, Siyovush
Eronning mashhur shohi Kaykovus topib olgan gо‘zal qizdan tug‘ilgan farzanddir.
Taxmin qilinishicha, qiz dastlab о‘rmon ilohiysi qilib tasvirlangan. Kaykovusdan о‘g‘il
kо‘rgach, u vafot etadi. Siyovush afsonaviy bahodirlar kabi kun sayin emas, soat sayin
о‘sib, atrofdagilarni о‘z chiroyi va oliyjanobligi bilan hayratga soladi. Qadimgi
rimliklarning afsonaviy qahramoni Ippolit kabi, Siyovush о‘gay onasi Sudobaning
qabih maylini rad etadi va uning tuhmatiga uchraydi. Yigit о‘zining haqligini olovdan
tirik chiqish orqali isbotlaydi. Sо‘ngra u Turon shohi Afrosiyobning qiziga uylanadi,
biroq bu yerda ham tuhmatga uchrab, Afrosiyob yо‘llagan qotillarning qо‘lida halok
bо‘ladi. Siyovushning о‘chini uning о‘g‘li oladi va bunda unga о‘rmon xudosi bо‘lgan
ayolning о‘g‘li halokati uchun qasos olinishini istagan о‘simliklar xudosi Xaoma
yordam beradi. Siyovush haqidagi afsona Old Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar va
Yunoniston xalqlaridagi afsona о‘lib tiriladigan о‘simliklar xudolari — Oziris, Attis,
Adonis, Ippolit haqidagi afsonalarni eslatadi. Shubhasiz, Siyovush haqidagi afsonada
olovbardor Mitra, tabiat kuchlari homiysi Buyuk Ona va shu kabilar singib ketgan.
Raqs san’ati barcha san’at turlari ichida о‘zining jozibasi bilan ajralib turadi.
Hozirgi kunda har bir millat о‘z dini, о‘z tili , о‘z san’ati, о‘z madaniyati urf-odati va
shular qatorida о‘z milliy raqsiga ega. Har bir millat о‘z raqsida о‘z hayotini turmush
tarzini va madaniyatini aks ettiradi.
О‘zbek raqs san’ati ham - boy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi.
Raqslardagi har bir harakat, nazokat mutanosibligi: jilo, kо‘z qarashlari, ohista va
yengil qadamlar, liboslar, bularning barchasi milliy qiyofani aks ettiradi va
millatimizga, madaniyatimizga xos tarzda namoyon bо‘ladi.
San’atshunos L.Abdeyeva о‘zbek raqs san’ati tarixiga nazar solar ekan “Raqsni
teatr va tasviriy san’atni undirgan ildiz deyish mumkin” deydi, “musiqa esa raqs bilan
601
birga yashaydi, raqqoslar tasviri goyo uchta san’atni о‘zida jamlagandek. Musiqani
о‘zida ifoda etgan raqs tasviri ”
77
deya ta’rif keltirib о‘tadi.
О‘zbek xalq raqs san’ati azaldan tо‘yu- ma’rakalarda, bayram- tantanalarda
shodiyona damlarning avji sifatida ijro etib kelingan. Xalqimizning jon tomiridan
paydo bо‘lgan bu san’at tirik bir vujud kabi rivojlanishda davom etmoqda. U yozma
ravishda о‘z aksini topmaganligi sabab turli davrlarda unutilib ketar, ma’lum vaqt
о‘tgandan sо‘ng esa mohir san’at ustalari ijrosida yana jonlanardi va shu tariqa
ustozlardan shogirdlarga о‘tib, keyingi avlodlarga qisman yetib kelgan. Bu holat esa
raqs haqidagi manbalarning yozilishiga katta turtki bо‘ldi.
“Arxeolog san’atshunoslar о‘zlari topgan raqqos figuralarni tasvirlar ekanlar, ular
qaysi asrda yaratilganligini kо‘p sonli manbalar asosida aytib beradilar, hamda mazkur
tasvir va raqsning о‘zi ham paydo bо‘lishiga qanday hayotiy hodisa sabab bо‘lganligini
izohlaydilar. Agar tasvirlar san’atshunoslik shartlari bilan oddiy ketma-ketlikda qoyib
chiqilsa, eng qadimiy raqs san’ati tо‘g‘risida tarixiy ocherk bо‘lar edi”
78
deydi
L.Abdeyeva
Raqs musiqa bilan uzviy bog‘liqdir, shuningdek u musiqa mazmunini obrazlar
vositasida ochib berishda ham katta ahamiyatga ega. Xalq raqslarida ritm muhim
bо‘lib, u musiqada о‘z ifodasini topadi, oyoq, qо‘l, bosh va tana harakatlari umumiy
ritmga boysunadi, bir-biri bilan bog‘lanadi. О‘zbek raqslari ma’zmunini ifodalashda
ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar rо‘mol, piyola, qadah
kabi buyumlar bilan ham ijro etiladi, ba’zan ijrochi xalq cholg‘u asboblarida о‘ziga
о‘zi jо‘r bо‘ladi. G‘arbiy Yevropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim
bо‘lib, qо‘l va tana harakatlari unga jо‘r bо‘ladi. Sharqda esa qо‘l va tana harakatlari
plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy raqs xalq ijodiga tayanadi, uning
merosi va о‘ziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. Raqs dastavval
Yunoniston, Hindistonda va asta sekin boshqa mamlakatlarda paydo bо‘la boshlagan.
Yillar о‘tgani sayin xalq raqslari asosida tarkib topgan professional raqslar yuksak
77
L.Abdeyeva “O’zbek milliy raqs tarixidan” – T., 2001
78
L.Abdeyeva “O’zbek milliy raqs tarixidan” – T., 2001
602
darajada rivojlandi va turli raqs tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz raqslari)
qaror topdi.
XVII asrga kelib, balet raqs spektakllari yuzaga keldi va raqs san’ati yangi
texnika bilan boyidi. XX asr boshida esa "modern" (ritmoplastik) raqsi paydo bо‘ldi.
40 - 60 - yillarda Yevropa va AQShda konsert ijrochiligiga mо‘ljallangan kichik
xoreografik asarlar, estrada raqslari rivojlangan.
Markaziy Osiyo, jumladan, О‘zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari
arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Oʻzbek raqs
san’atining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz dehqonchilik va
hunarmandchilik bilan shug‘ullanganidan dalolat beradi. Zardushtiylarning muqaddas
kitobi "Avesto" da ham raqsning ikki yo’nalishda – xalq va professional raqs
yo’nalishlarida shakllananayotgani keltirib о‘tilgan. Yunon — Baqtriya podsholigi
davrida (mil. av. IV-III asrlar) Turon raqs san’atining darajasi Yunoniston, Vizantiya,
Hindiston va Xitoy raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining
rivojlanishi tufayli bu san’at yanada mazmundor va rang-barang bо‘lib borgan. IV-VII
asrlarga kelib О‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi
shaharlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yo’llari boylab Rim, Misr, G‘arb о‘lkalarigacha,
Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, о‘z san’atlarini namoyish
etganlar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuan" raqsi mashhur bо‘lgan.
Yevropa professional raqs san’atini rivojiga Yunoniston Rim raqs san’ati salmoqli
hissa qо‘shgan bо‘lsa, Xitoyga yuborilgan san’atkorlar qatorida raqqos va raqqosalar
о‘z san’ati bilan Xitoyliklar san’ati rivojiga hissa qо‘shganlar.
Xitoyda shuhrat
qozongan raqslardan biri bu “choch raqsi”dir. Bu raqs Milodiy 1-ming yillik о‘rtalarida
xitoyda shuhrat qozongan raqs turi “chjechji” nomi bilan atalgan, choch raqsini asosan
qiz-juvonlar ijro etgan. Raqsga avval bir kishi tushgan, ya’ni yakka о‘yin hisoblangan.
Millodiy 5-6 asrlarda esa 5 kishi, keyingi asrlarda esa 24 kishi о‘ynagan. Choch raqsi
davra qilib aylanib ijro etilgan, u milliy musiqa va xonanda ashulasi bilan ham qо‘shib
yuborilgan. Raqqosalardan biri davraning markazida о‘ynab boshqarib borgan. U
xususan gulning markazi atalgan.Raqqosalar qimmatbaho matolardan tikilgan, dur va
javoxirlar,chiroyli kashta nusxalari bilan tikilgan, bezalgan liboslarda chiqishgan.
603
Choch raqsi xitoyliklarni о‘ziga maftun etgan. О‘sha davrlarda yozilgan musiqa
risolalarida bu о‘yinga juda yuqori baho bergan. Masalan Chuyan Yan о‘zining
“Musiqa kitobi” asarida “Xitoyliklar “chjechji” raqsini ijro etishda xorijiylar (xuslar)
bilan tenglasha olmaydilar” deb yozgan. Xitoy shoirlari choch raqsiga maftun bо‘lib,
unga bag‘ishlab 29 ta she’r va qasida yozganlar. Shuningdek
729-yildagi yozuvlarga
kо‘ra Maymur {Sо‘g‘diyona shaharlaridan biri} elchisi Xitoy Imperatoriga
“Xusyunu” raqsini ijro etuvchi uch Turkistonlik raqqosa qizni sovg‘a qilgani haqida
hikoya qilgan. Yunon Baqtiriya podsholigi davrida Turon raqs san’atining darajasi
Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan bellasha olgan. Shu bilan birgalikda
Markaziy Osiyo raqslari Buyuk Ipak yо‘li orqali Misr, Rum – arab о‘lkalarigacha yetib
borgan.”
79
Raqs, musulmonlik davrida ham О‘zbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot
bosqichlarida paydo bо‘lgan. Raqslar, oyinlar bir-biriga ta’sir kо‘rsatib, yonma-yon
yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda о‘tkazilgan toy, bayram va turli
marosim va tantanalarda "Beshqarsak" kabi qadimiy oyinlar ham, "Katta oyin",
"Lazgi", "Kema oyin", "Ashshadaroz" singari raqslar ijro etilgan.
IX - XII - asrlardagi Uyg‘onish davrida raqs san’atida ham chinakam kо‘tarilish
yuz berdi, kо‘pgina qadimiy raqslar tiklanib, navrо‘z, mehrjon va sada bayramlarida
namoyish qilingan.
Xorazmda Abul Abbos Ma’mun hukmronligi davrida (1003—1017) raqs san’ati
yaxshi rivojlangan.
Raqs san’ati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda
xotin-qizlarning о‘rni katta bо‘lgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar raqsda yaqqol
kо‘zga tashlangan. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" raqslari ham aynan shu davrda
malakali ijrochilar dasturidan mustahkam о‘rin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr
boshlarida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik
Moh laqabli raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda raqs san’ati xalq raqsi va malakali
raqs yo’nalishida rivojlandi.
3. M.Raxmonov “O’zbek teatri” 169-bet
604
Buxoro amirligi, Xiva va Qо‘qon xonliklari vujudga kelgach, raqs san’atida ham
о‘ziga xos uslublar paydo bо‘la boshladi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani
sababli raqs san’atida о‘smir bolalar va yigitlar yetakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa
sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Farg‘ona vodiysida) deb
yuritilgan ayol san’atkorlardan iborat ixcham tо‘dalarning teatrlashgan dasturlarida
rivojlanib, ziyofat va bazmlarda kо‘rsatib kelingan.
Достарыңызбен бөлісу: |