Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


zo‘rlab (kiritish) yo‘qdir. (Zero), Haq yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi”



Pdf көрінісі
бет198/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

zo‘rlab (kiritish) yo‘qdir. (Zero), Haq yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi”,[4] deb 
marhamat qilgandir. Ushbu oyatdan murod Alloh ta’oloning tavhidi (yagona iloh 
ekanligi)qur’oni karim oyatlari orqali ochiq oydin bayon qilindi. Endi insonlarni 
majburlab dinga kiritishning hojati yo‘qdir. Haq yo‘ldan murod islom dinidir. Demak 
ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki islom dini ta’limotida biron bir kishini majburlab bir 
dinda ushlab turish yoki boshqa bir dinga majburiy targ‘ib qilish yo‘qdir.Alloh ta’olo 
Qur’oni Karimning Hud surasi 118-oyatida: “Agar Robbingiz xohlaganida edi, 
barcha odamlarni bir ummat (bir xil dinga tobe) qilgan bo‘lar edi. (Ular) mudom 
turlicha (har xil e’tiqodda) bo‘lib boraveradilar”,[5] deb marhamat qilgan. Demak 
ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, dunyo hayotida insonlarning turli millat va elat, 
hamda turli din vakillari bo‘lib hayot kechirishlari, Alloh ta’oloning ilohiy irodasi 
ekanligi va yana shu bilan birgalikda, dunyo hayotida insoniyat dini, millatidan qat’iy 
nazar bir-birlari bilan tanishib, go‘zal aloqalar o‘rnatib, o‘zlariga makon qilib berilgan 
zaminni obod qilishi ham Allohning ilohiy irodasidir.Bugungi kunda yurtimiz 
musulmonlari diyorimizdagi boshqa dinlarning vakillari bilan birgalikda yagona 
maqsad- Vatanimizning yanada gullab yashnashi yo‘lida harakat qilayotganligi ham 
dinimizdagi e'tiqod erkinligiga dalildir.E’tiqod (arabcha i’taqada) ishonch, imonli 
bo‘lish degan ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa e’tiqod inson faoliyati uchun 
ma’naviy asos, yo‘l yo‘riq va aql, his vositasida anglangan bilim, g‘oya va shu asosda 


591 
shakllanadigan maqsadlar majmuini ifodalaydi. Shunday ekan jamiyatda shaxsning 
komil inson bo‘lib shakllanishida, hamda farovon yashashida e’tiqod muhim omildir. 
Tadqiqot natijalari:Xalqimiz ichida hozirgi kunda irqchilikka, millatchilikka va 
tarafkashlikka juda kam duch kelamiz.Chunki yurtimizdagi millatlarning asosiy qismi 
qardosh millatlar hisoblanadi.Barchamizga ma'lumki qardosh millatlarda o'zaro 
bog'liqlik mavjud bo'ladi.Qardosh millatlarda o'zaro turmush qurishlari ham ko'p 
uchraydi.Bizning mamlakatimizda ham turli millat vakillarini turmush qurishi ham tez-
tez uchrab turadi.Hozirgi kunda O'zbek-Tojik, O'zbek-Qoraqalpoq, O'zbek-turk va 
boshqa millatlarning o'zaro turmushi sezilarli darajada oshdi.O'rta osiyo davlatlari 
orasida o'zaro birlashuv yuzaga kela boshladi.Bugungi kunda mamlakatimizda milliy-
madaniy markazlar soni 138 ta bo'lib, ular nodavlat notijorat tashkilotlari maqomida 
samarali faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar. O'zbekistonda yashab kelayotgan 
ozarbayjonlarning milliy madaniy markazi o'z xalqi an'analari va urf-odatlarini 
hurmatlab, ularni asrab-avaylab kelmoqdalar. O'zbekistondagi Ozarbayjon milliy-
madaniy markazi - "Gardashlik" ("Qardoshlik") birinchilardan bo'lib, 1989 yili 
Toshkent shahrida tashkil etilgan edi. Keyinchalik, Samarqand va Buxoroda ham 
ozarbayzon milliy madaniy markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. 2003 yilda esa - 
Ozarbayjon milliy-madaniy markazlari respublika uyushmasi tashkil etildi.Bularning 
barchasi O'rta Osiyo mamlakatlari orasida o'zaro qardoshlik aloqalarini yanada 
mustahkam bo'lishiga olib kelmoqda. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет