Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет271/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar: 
1. Uzoqova G.S., Tursunov. Q. Sh., Qurbonov M. Fizika o’qitishning nazariy 
asoslari.–T., O’zbekiston, 2008. 
2. Azizxо‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.–T., 2006. 
3. Yusupov A., Saidov T. Ta’limda innovatsion texnologiyalarni qо‘llash.–T., 2006. 


809 
ФИО автора: Qurbonova Ra'noxon Tursunaliyevna, 
Farg'ona viloyati, Quvasoy shahar kasb-hunar maktabi tarix fani o'qituvchisi 
Название публикации: «TARIX FANINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY 
METODLARI» 
Annotatsiya: Ushbu ishda yangi o‘quv materialini o‘rgatishning zamonaviy 
usullari borasida ma’lumotlar beriladi. 
Kalit so‘zlar: Analitik bayon, Syujetli hikoya, Tasviriy bayon, ma’naviy va 
jismoniy qiyofas, dehqonlar qo’zg’oloni, xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayoti. 
 
Tarixiy materialni muammoli va muammosiz bayon qilish jarayonida o’qituvchi 
og’zaki nutqning: syujetli hikoya, tasviriy bayon, tarixiy hodisa va tarixiy shaxslarga 
tavsif berish, qisqacha bayon, tushuntirish kabi har xil turlaridan foydalanadi. 
Syujetli hikoya – ko’pincha dramatizm xususiyati bilan ajralib turgan, muayyan 
tarixiy syujetga ega bo’lgan, his – tuyg’ularga ta’sir ko’rsatadigan, batafsil bayon 
qilinadigan hikoyadir. Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixidagi eng katta va dramatik 
voqealar, masalan, Salamin jangi, Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni, Uot 
Tayler boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloni, Yan Gus, Janna d’ Arkning chiqishlari 
va fojiali halokati, Konstantinopolning olinishi hikoya tarzida bayon qilinadi. 
Syujetli hikoyada tarixiy voqealarning yorqin epizodlari, tafsilotlari bayon 
qilinadi, shuningdek, bu voqealarning ishtirokchilari bo’lgan tarixiy shaxslarning 
tavsifi beriladi. Dramalashtirish usuli, voqeada ishtirok etgan shxslarning dialog va 
monologlarini kiritish syujetli hikoyada keng qo’llaniladi. Shu maqsadda tarixiy 
arboblarning tarixiy hujjatlardagi ma’lumotlardan keng qo’llaniladi. 
Tasviriy bayon – o’qituvchining tarixiy hodisalarni muhim xususiyatlari va 
detallari bilan birga yaxlit, bir butun manzara ko’rinishida obrazli qilib 
gavdalantirishidir. Tasviriy bayon syujetli hikoyaga o’xshaydi, lekin aniq – tarixiy 
syujetga ega emasligi bilan undan farq qiladi. Tasviriy bayon kishilik jamiyatining 


810 
xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida ko’p marta takrorlanadigan tipik 
hodisalarni ko’z oldiga keltirish, shuningdek, ayrim mamlakatlarning tabiati va 
ulardagi xalqlarning ijtimoiy hayoti manzaralarini gavdalantirib berish uchun 
qo’llaniladi. 
Tasviriy bayon vaqtida madaniyat yodgorliklarining rasmlari texnik vositalar 
yordamida slaydlar ko’rinishida yoki oddiy surat ko’rinishida ko’rsatilsa, o’quvchilar 
quldorlar va oddiy kishilarning qanday sharoitda yashaganliklarini ravshan tushunib 
oladilar, qadimgi dunyoning g’oyat ulug’ madaniy merosi bilan tanishadilar. 
O’qituvchi o’z hikoyasida tarixiy hujjatlar va badiiy asarlar matnidan parchalar o’qib 
bersa yoki ularni darslik matni bilan birga qo’shib gapirib bersa, uning hikoyasi obrazli, 
aniq va emotsional bo’ladi. Materialning yorqin bayon etilishi o’quvchilarning 
materialga diqqat – e’tiborini va qiziqishini oshirsada va ularning ijodiy tasavvurini 
o’stirsada, lekin bu hali bilmlarning yaxshi o’zlashtirilishini hamma vaqt ham 
ta’minlay olavermaydi. Shuning uchun o’qituvchi materialni bayon qilayotganda 
o’quvchilarning bilim olish faolligini kuchaytiradigan, yuqorida qisman aytib o’tilgan 
maxsus usullarni qo’llashi zarur bo’ladi. 
Analitik bayon – o’rganiladigan hodisalarning asosiy elementlarini ularning 
muhim belgilarini ajratib ko’rsatgan holda bayon qilishdir. Analitik bayon o’tmishdagi 
ijtimoiy hayotning yaxlit manzaralarini yaratmaydi va shu jihati bilan tasviriy 
bayondan farq qiladi. Analitik bayon VI – VII sinflardagi tarix darslarida biror 
mamlakatning geografik muhiti, ijtimoiy munosabatlari, davlat tuzilishi ta’riflab 
berilayotganda, turli davrlar va xalqlarning moddiy madaniyat yodgorliklari 
(ko’pincha – bir – biriga taqqoslab) o’rganilayotganda qo’llaniladi. Ko’p hollarda, 
masalan, Misr piramidalariga, gotik soborga xarakteristika berishda tasviriy bayon 
bilan analitik bayonni bir – biridan ajratish qiyin bo’ladi. O’quvchilarning ishini 
faollashtirish uchun analitik bayondan oldin o’quvchilarga mamlakat siyosiy 
tuzumining sxemasini yoki urushning borishi sxemasini chizish, o’rganiladigan 
hodisaning asosiy belgilarini ko’rsatish va shu hodisaga baho berish to’g’risida vazifa 
topshirish ma’quldir. Tarixiy voqea yoki hodisaga ta’rif berganda shu voqea va 


811 
hodisaning eng muhim xususiyatlari ochib beriladi. Bu ta’rif, ko’pincha mavzuning bir 
yoki bir necha darsda o’tilgan qismi yuzasidan chiqarilgan asosiy xulosalardan iborat 
bo’ladi. Bunday ta’rif analitik bayonga o’xshasa ham lekin hodisaning asosiy 
belgilarini ancha aniq ko’rsatib berishi va ko’proq darajada umumlashtirishi bilan 
undan farq qiladi. O’qituvchi uzoq vaqt mobaynida davom etadigan jarayonlarni, 
masalan, hunarmandchilikning qishloq xo’jaligidan ajralib chiqishi va shaharlarning 
paydo bo’lishi jarayonini, feodalizmning tushkunlikka tushishi va yemirila borishi 
jarayonini, odatda butun mavzuga doir kirish darslari va yakunlovchi darslarda 
umumlashtirgan holda, qisqacha ta’riflab o’tadi. Tarixiy arboblarga ta’rif berish – shu 
arboblar faoliyatining sinfiy xarakterini hamda ularning shaxsiy xususiyatlarini ochib 
berishda qo’llaniladigan o’qituvchi og’zaki bayonining alohida bir turidir. Tarixiy 
arboblarga beriladigan ta’rif qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini 
A.I.Strajev quyidagicha ifodalagan: 
“1. Tarixiy arbob o’zi yashagan davr muhitida, shu shaxs o’z faoliyati va maslak 
– qarashlari bilan o’zini namoyon qilgan tarixiy sharoit bilan chambarchas bog’langan 
holda ko’rsatilishi kerak… 2. Tarixiy arbob qaysi sinf yoki sinfiy guruhning 
manfaatlarini ifodalasa, o’sha sinf yoki sinfiy guruh bilan yaqindan bog’langan holda 
ko’rsatilishi kerak; bu ishni tarixiy shaxsning o’z faoliyati, fikr – mulohazalari bilan 
bog’lash lozim… 3. Tarixiy arbob “jonli shaxs” qilib ko’rsatilishi, uning individual 
xususiyatlari, o’ziga xos ma’naviy va jismoniy qiyofasi ta’riflab berilishi kerak…” 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет