Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет272/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar: 
1. Nishonov A, Xaydarov B, Nuriddinov B. va boshqalar. Baholash metodlari. 
O’quv metodik qo’llanma. T., 2003. 190 bet. 
2. The program "history of Uzbekistan". Tashkent. 1980-1990. 
3. Farberman B.L, Musina R.G, Jumaboyeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida 
o’qitishning zamonaviy usullari. O’quv-uslubiy qo’llanma. T., 2002. 124 bet. 


812 
ФИО автора: Qosimjonova Gulnoza Kenjaboyevna, 
Farg'ona viloyati, Quvasoy shahar kasb-hunar maktabi biologiya fani o'qituvchisi 
Название публикации: «BIOLOGIYA DARSLARIDA OʻQUVCHI SHAXSIGA 
YOʻNALTIRILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI ISHLAB CHIQISH 
VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISHNING SAMARASI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada biologiya darslarida oʻquvchi shaxsiga 
yoʻnaltirilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy 
etishning samarasi borasida ma’lumotlar keltirib o‘tiladi. 
Kalit so‘zlar: mustaqil, ijodiy, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmalarini 
rivojlantirish, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirish. 
Ta'lim jarayonida o'quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta'lim mazmuni, 
metodlari, vositalari va shakllari yordamida organik olarnning qonuniyatlari, hodisa va 
voqealarning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma hamda 
malakalarni egallaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar uchun o'quv jarayoni 
bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir. O'qituvchi ta'limjarayonida 
o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va 
o'qitishdan ko'zda tutilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga 
oshirish orqali shaxsning har tomonlarna rivojlanishiga zamin yaratadi. O'qituvchi 
uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur 
jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan 
ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish 
faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil 
etilgandagina 
o'qitishdan 
ko'zda 
tutilgan 
maqsadlarga 
erishish 
mumkin. 
O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish dars strukturasining 
asosini tashkil etadi. Shu sababli bu masalani chuqurroq o'rganish maqsadga muvofiq. 


813 
Biologiyani o'qitishda maqsadga muvofiq ta'sir ko'rsatish va qulay ijtimoiy-
psixologik muhitni vujudga keltirishi o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan pedagogik 
texnologiyalarga bog'liq bo'ladi. Didaktikada ishlab chiqilgan har qanday texnologiya 
o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta'lim samaradorligini oshirishga 
xizmat qiladi, lekin quyidagi texnologiyalarda mazkur masala asosiy g'oyani egallaydi: 
I. Didaktik o'yin texnologiyalari. 
2. Muammoli ta'lim texnologiyalari. 
3. Modulli ta'lim texnologiyalari. 
4. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi. 
5. Loyihalash texnologiyasi. 
O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta'lim samaradorligini 
oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi 
bilan birgalikda, ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, 
ijodiy faoliyatga yo'llovchi, kommunikativ, mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini 
shakllantirish, o'z faoliyatini tahlil qilish, kasbga yo'llash, mo'ljalni to'g'ri olishga 
o'rgatish, hamkorlikni vujudga keltirish kabi funksiyalarni bajaradi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет