Литература
1. Андреев Л.Н. Драматические произведения: в 2 т. Л.: Искусство, 1989. Т.
2.
122
2. Гоголь Н.В. Собр. соч. в 4 т. Т.2.М., 1968.
3. Манн Т. Собр. соч. в 10 т. Т.4.М.,1961.
123
ФИО автора: Abduraximova Gulmira Olimjonovna
Namangan Davlat Universiteti,
Pedagogika nazariyasi va tarixi
(faoliyat turi bo‘yicha) fakulteti
1-kurs magistranti
Название
публикации:
«TA’LIMIY
FAOLIYATLAR
JARAYONIDA
BOLALARNING
NUTQIY
KOMPETENSIYASINI
INNOVATSION
YONDASHUV ORQALI RIVOJLANTIRISH. KATTA VA TAYYORLOV
GURUXLAR MISOLIDA»
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
rivojlantirishning o’ziga xos psixologik xususiyatlari haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: tovush xususiyati, nutqning ifodalanishi, tovush, nutqiy nafas
olish, nutq me’yori, tarbiyachining nutq madaniyati.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi,
jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual
salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq
hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat
qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun
jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar
zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar
ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib
kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor
qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy
jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.
Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham beshikdanoq,
hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab
bo‘ladi.
124
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda
yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z zimmasiga
olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir.
Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik
qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va
intellektual jihatlari rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-
tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari»
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini
oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining,
shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy
rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan
darajada optimal tashkil etish yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar.
Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy
qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa
zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan
hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual
xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak,
xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti
tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining
xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha
komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini
hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
125
-nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga
asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o‘qitish muammosini
ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik,
pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida
markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p
omilli jarayonidir;
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda
tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu
jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini
bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning
individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali
yo‘llarini tanlashi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini
rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlarni mavzu jihatidan guruhlarga
quyidagicha bo‘lish mumkin:
-
ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, tengdoshlar bilan bog‘liq so‘zlar;
-
maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar;
-
bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalarni anglatadigan
so‘zlar;
-
hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlarni
anglatadigan so‘zlar;
-
hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarni anglatadigan
so‘zlar;
-
jonsiz tabiat obyektlarini anglatadigan so‘zlar;
-
inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va
hokazo)ni anglatadigan so‘zlar;
126
-
buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va
hokazolarni anglatuvchi so‘zlar;
-
pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, qadriyat)
kabilar bilan bog‘liq so‘zlar;
-
ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ayrim
so‘zlarni o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham
talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir
ko‘rsatar ekan.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish
faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
-
tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
-
badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
-
savod o‘rgatishda;
-
o‘yin faoliyatida;
-
ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida.
Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakllarini, ya’ni:
otlarni turlash, eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni tuslashni bilishi lozim. Harakat
belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan
foydalanadilar, buning uchun bolalar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar:
tez yurdi, sekin gapirdi, chapga burildi va boshq.
Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida,
balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar
dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo
bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old
ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning
sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab
ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin
(qo‘rqanidan qichqirib yubordi, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi).
127
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy
gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi,
ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa
turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan
foydalanadi: qo‘shimcha gaplar - «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli
gaplar - «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar -
«Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq
shaklidan foydalanishi lozim.
O`yinlar xalq pedagogikasining tarbiya vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar
davomida o`yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. O`yin faoliyati bola hayotida,
uning jismoniy, ruhiy, aqliy kamolatga etishida muhim vositalardan biri hisoblanadi.
O`yin orqali bolalar tafakkur, tasavvur, xotira, diqqati kabi barcha psixik jarayonlari
rivojlanadi va atrof - muhit haqidagi bilmi yanada kengayib boradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida o`yin faoliyatidan to`g`ri va unumli
foydalanish, har bir o`tkaziladigan mashg`ulotlar va sayr faoliyatining samaradorligini
oshirib boradi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida o`yin faoliyati turli xil shaklda
voqeaband - ijroli, harakatli, ta'limiy, musiqiy-ta'limiy kabi yo`nalishda olib boriladi.
O`yin bolalar uchun qiziqarli, mazmunli bo`lishi uchun tarbiyachi o`yin qoidasi bilan
yaqindan tanish bo`lishi kerak.
Hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim
muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari bilan
jihozlanmoqda. Bunda tarbiyachi pedagoglarning o‘z mehnati faoliyatiga yangicha
yondashuvni, mashg‘ulot o‘tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni tushunarli va qiziqarli shaklda tashkil
etishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali
foydalanishlari zaruriyati paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter
va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi, pedagog-
tarbiyachilarning axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va
128
ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularning mashg‘ulotni tashkil etish
jarayonidagi maqsadi, vazifalari va tutgan o‘rnini o‘zgartiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda axborot
texnologiyalaridan foydalanish murakkab masala hisob- lanib, ko‘plab bahs-
munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Lekin shunga qaramay, maktabgacha yoshdagi
bolalarni tarbiyalash va ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishida
kompyuter texnologi- yalari vositalaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini
bermoqda.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
bir vaqtning o‘zida bolalarning kompyuter savodxonligi shakllanishiga ham olib
keladi. Animatsiyali ma’lumotlarning insonga ta’siri katta bo‘lib, undan. MTMlari
ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini ko‘proq jalb qilish xususiyatiga
ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o‘zida ham ko‘rish, ham eshitish orqali bilim
olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon isbotlangan.
Достарыңызбен бөлісу: |