Kalit
so’zlar:
elektron
hukumat,
innovatsiya,
blokcheyn,
biznes
fakultet,
telekommunikatsiya, aqlli texnologiyalar, elektron xizmatlar, IT texnologiyalar, Alibaba.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron
hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash
O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu,
birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat
xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-
bosqich
ravishda
elektron
shaklga
o‘tkazish
vazifalariga
tegishlidir.
Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi. Raqamli
iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar
tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar,
hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga
korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi,
shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi.
Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo
bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan
209
Murojaatnomasida 2020 yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va
yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini
belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash
mumkin. Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish
mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz
daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni
naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-
ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor
iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan
muhim qadam ifodasidir. Ta’kidlash lozimki, so'nggi yillarda iqtisodiyotni
rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalaming ahamiyati oshib bormoqda.
Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini
oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari
va sohalariga kirib borishi bilan an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo'lishi va tarqalishi
global iqtisodiyotga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, yangi bir hodisa - raqamli iqtisodiyot
paydo bo'ldi. Аqlli texnologiyalari ta'siri ostida odamlaming turmush tarzi o'zgara
boshladi, foydalanuvchilar o'rtasidagi aloqalar o'zgardi - turli jug'rofiy mintaqalar,
faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar o'rtasida aloqa o'rnatish imkoniyati paydo
bo'ldi. Bu raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan axborot aloqalarining jadal o'sishi.
Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham
seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlaming kombinatsiyasi sifatida
global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir. Yangi texnologiyalar yaxshi
tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba'zi jihatlariga
o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni - aloqa
vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga
almashtirish, shuningdek ulami yanada modernizatsiya qilishdan iborat. Raqamli
iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan
210
bir qator bozorlaming o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi
bosqichida va bozorlaming hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad
sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib
chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va
boshqaruv mexanizmlarini o'zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o'zgartirish
zarurligini ta'kidlaydi.
Yaqin yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti tub o'zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot
ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon
iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning
keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish
qiyin. Afsuski, Respublikada bu sohada ikkita katta muammo mavjud:
telekommunikatsiya
infratuzilmasi
va
mutaxassislarning
yetishmasligi.
Bu
Respublikamiz iqtisodiyotining raqamli aylanishiga jiddiy to'sqinlik qilishi va natijada
raqamli iqtisodiyot sohasidagi sustlashishi mumkin.
• Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlami yaratish,
shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-
tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ - 3832-sonli Farmoni.
• O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modemizatsiya qilish chora-tadbirlari
to'g'risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ - 4022-son qarori.
• O’zbekiston O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.03 yildagi PQ-3832-
sonli «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari
to'g'risida»
hamda
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalangan holda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan blokcheyn texnologiyalarini
ishlab chiqish va ulardan foydalanishda malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiq quyidagilar qabul qilindi:
• An'anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish
uchun malakali kadrlar tayyorlashsiz muammoli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shuning
uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning
211
2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli Qarori asosida Toshkent davlat iqtisodiyot
universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot fakulteti ochildi va
Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida raqamli
iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha magistratura ochildi.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 oktyabr kuni “Raqamli O‘zbekiston –
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, unda ko’ra quyidagilar tasdiqlandi:
• “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha
“yo‘l xaritasi”;
• 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish
dasturlari.
Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish
dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli
sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy
mahsulotlar joriy etiladi.
Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin:
a)Raqamli
iqtisodiyot
deganda,
faqatgina
Blokcheyn
(Blockchain)
texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki
kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi,
kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot
(Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib
boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish
vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar
elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa,
ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va
xizmatlarning tannarxi pasayadi.Jahon bankining “Raqamli dividendlar” nomli
tadqiqoti xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning
naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, internet tezligining
10 foizga o‘sishi mamlakat YaIM o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu
ko‘rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng.
212
Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo‘lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga
erishish mumkin.
b)Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli
iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar
uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd
dollardan ziyod bo‘lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to‘g‘ri
yo‘naltirilganini isbotladi.
Xulosa o’rinida aytish mumkinki,
Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston
iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini,
qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro
maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik,
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.Bu inqilobiy
yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini
oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash — haqiqiy
xalqparvar yetakchiga xosdir.
Достарыңызбен бөлісу: |