Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun



Pdf көрінісі
бет74/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun: 
5 sinfda o’nli kasrlar qatnashgan tenglamalarni yechish malakasini hosil qilish 
uchun o’yin tarzida xalq ertaklaridan foydalanish mumkin, bunda o’quvchilar 
qiyinchiliklarni yengib o’tishda tenglamalar yechadilar.Iqtisodiyot, ishlab chiqarish va 
bozorga oid masalalarni yechish o’quvchilarni foiz haqidagi masalalarni tushinishga 
va foizlarni hisoblashni bilishga o’rgatadi. Shuningdek, o’rtacha ish xaqini hisoblash, 
harakatga doir masalani echishga oid formula tanlash, turli turdagi sayoxat narxlari 
farqini hisoblash, poyezdda, samolyotda, avtomobilda harakat qilishda vaqtini 


224 
farqini hisoblashga doir masalalarni ko’proq yechishga e’tibor qaratish lozim. Bu 
mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, xususan, 
“Blis so‘rov”, “Klaster”, “Muammoli-mantiqiy metod”, “Hamkorlik metodi”, 
“O‘xshashini top” usullaridan to‘g‘ri foydalanish, savollar berish, masalalar yechish 
algoritmi (ketma-ketligi)ni aniq ko‘rsatish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun 
mavzuga doir hayotiy masalalar yechish yuzasidan fikrlashish va aniq tavsiyalar ishlab 
chiqishga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. O’quvchilarning bilim olishga qiziqshlarini 
rivojlantirishda taffakkur asosiy rol o’ynaydi. Taffakkur bilan bir vaqtda va uning bilan 
bog’liq ravishda barcha bilim olish jarayonlari rivojlanadi. Tafakkurning rivojlanishi 
bilan birgalikda “fikran, yodda ishlarni rejalashtirish”, o’zining harakatlarini baholash 
xususiyatlar rivojlana boradi. Matematika tafakkurni rivojlantirish uchun asosiy zamin 
bo’lib xizmat qiladi. Tafakkurni rivojlantirishning konkret usullari mavjud emas. Biz 
o’quvchilar tafakkurini umuman o’stiramiz, matematika o’rgatish va h.k.lar orqali. 
Dastlabki matematik bilimlarni o’quvchilar o’zlarining oldingi bilimlariga mos 
ravishda bir-biri bilan bog’liq holda o’zlashtiradilar. Bunda ular tafakkurning ular 
bilimlari-ga mos darajasidagi amallari: analiz, sintez, taqqoslash, abstraktlashtirish, 
konkretlashtirish, induksiya va deduksiyadan foydalanishadi, mulohazalar yuritishadi. 
Matematik bilimlarni o’zlashtirish o’quvchilarning fikrlashini rivojlantiradi. Tafakkur 
amallarini bilib olish esa o’z navbatida yangi bilmlarni o’zlashtirishni 
yengillashtiradi.Matematikaning har qanday bo’limini o’rgatishda ham analiz va sintez 
amallaridan keng foydalaniladi. Bu amallar vaqt, masofa va tezlikka doir masalalarni 
yechishda ham ishlatiladi.O’qituvchi rahbarligida o’quvchi masalaning mazmunini 
analiz qiladi, uni sonli ma’lumotlarga ajratadi, berilgan qism va topilishi kerak bo’lgan 
noma’lumlarni aniqlaydi. Harakatga doir masalalarda harakat tekis yo’lda, ko’lda 
(turg’un suvdagi harakat), daryo oqimi bo’ylab, oqimga qarshi qiyaliklar bo’ylab 
bo’lishi mumkin. Har bir holat uchun masala mazmunidan va berilganidan kelib chiqib 
savollar beriladi. Masalalar arifmetik usulida yechiladi. Oldin sodda masalani 
yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to’xtalamiz. Bu malaka birinchi 
sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o’quv yiilarida yanada rivoj 
toptiriladi, ya’ni ba’zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi 


225 
o’zgartiriladi. Murakkab masalani yechishda masalani tahlii qilish maiakasi asosiy 
ahamiyatga ega. Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalarda 
masalani tahlii qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Masalaning sintetik 
tahlili deyilganda, mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son 
ma’lumotni birlashtirish natijasida bu ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligi 
aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma’lumot bilan boshqa ma’lumot 
birlashmasiga o’tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom 
ettirilaveradi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет