Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет73/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Kalit so`zlar: matematika, muammo, yechim, monitoring. 
 
UDC: 378.2 
CHALLENGING PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS IN 
TEACHING MATHEMATICS 
Amanov Azamat Kushnazarovich 
School-27 of mingbulak district of Namangan region 
 mathematics teacher  
Annotation. In general secondary schools, the teacher needs to constantly work on 
himself, increase his knowledge and skills in order to increase the interest of students 
in mathematics, the effectiveness of knowledge, the desire to learn science and 
technology. 
Keywords: mathematics, problem, solution, monitoring. 
Matematika fanidan o‘tkazilgan ta’lim sifati monitoringi natijalarini tahlil qilgan 
holda, o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzularni aniqlash, bu mavzularni 
multimedia vositalari, pedagogik texnologiyalar yordamida o‘tish yo‘llarini izlab 
topishimiz lozim. 5-sinfda “Ko‘p xonali sonlarning yozilishi va o‘qilishi”, “Harakatga 
doir masalalar”, “Tenglamalar yordamida masalalar yechish”, “Qoldiqli bo‘lish” 
mavzulariga oid vazifalarni bajarishda ko’p xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kuzatilgan. 
O‘quvchi ko‘p xonali sonlarning o‘qilishini bilish uchun asosan sonning tuzilish 


223 
jadvali ustida ishlashi, sonlarni sinflarga ajratish ko‘nikmasini hosil qilishi zarur. 
Hayotiy masalalar yordamida harfli ifodalar bilan ishlash malakasi oshirilsa, masalalar 
yechish muammosi tenglamalar yordamida hal etiladi. Aralash kasrlarga oid misollar 
amaliyotdan olinib, og‘zaki bajartirilsa, qoldiqli bo‘lishga doir masalalar yechimini 
topishda yordam beradi. 6-sinfda “Kasrlar ustida amallar”, “Matnli masalalar”, 
“Ko‘paytirishning taqsimot qonuni” mavzularida o’quvchilar qiyinchiliklarga duch 
kelmoqdalar. Guruhlarda ishlash usuli bilan bo‘laklarga doir masalalar ustida misol 
namunalari berilib, ko‘rgazmali darslar tashkil etilsa, o‘quvchi kasrlar ustida amallar 
bajarish ko‘nikmasini o‘zlashtiradi. Matnli masalalar hayotiy masalalar yordamida 
yechim topadi. Taqsimot qonuni asosan oiladan boshlanadi. Ya’ni, oila budjeti va 
farzandlarga vazifalarning taqsimlanishi asosida sodda va oson tushuntiriladi. Qulay 
usul bilan ko‘paytirish asosan karrali sonlar ustida amallar bajarish orqali amalga 
oshiriladi. 7-sinfda “Algebraik kasrlar ustida birgalikda bajariladigan amallar”, 
“Matnli masalalarning shartiga mos bo‘lgan harfiy ifodalar tuzish”, “Natural 
ko‘rsatkichli darajaning xossalari”, “Sonni berilgan nisbatda bo‘lish”, “Davriy kasrni 
oddiy kasrga aylantirish”, “Sonning foizini topishga doir murakkab masalalarni 
yechish” mavzusidagi misol va masalalarni yechishda qiyinchiliklar kuzatimoqda. 5-
sinf darsligidan olingan harfli va sonli, o‘rniga qo‘yishga doir misollar ko‘proq 
takrorlansa, yuqoridagi algebraik kasrlar va matnli masalalarga oid mavzularni 
o‘quvchi ongiga singdirish birmuncha yengillashadi. “Daraja” mavzusini 
tushuntirishda karra jadvalidagi istalgan bir sonni o‘ziga o‘zini ko‘paytirish usulidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет