228
Ayniqsa hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ilg’or islohotlar o’zining yorqin
natijasini bermoqda. Ikkinchi o’n yillikda jamiyatimizning turli sohalariga kirib borgan
axborotlashtirish jarayoni ta’lim sohasida ham keng imkoniyatlar eshigini ochdi. 2014
– yil 5 – sentabrda O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi
qonunning qabul qilinishi ana shu imkoniyalarning bir qismiga aylandi. Bu qonun
asosida axborot resurslariga nisbatan qarashlar o’zgardi. Axborotlashtirishning ta’lim
sohasiga kirib borishi ko’plab imkoniyatlar bilan bir qatorda o’qituvchi va o’quvchilar
zimmasiga bir qancha ma’suliyatli vazifalarni ham yukladi. Shu jumladan quyida
hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ko’plab qonun va
qarorlarni aytish mumkin. 2015 – yil 18 – noyabrda qabul qilingan va 2015 – yil 3 –
dekabrda Senat tomonidan maqullangan O’zbekiston Respublikasining “Elektron
hukumat to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
2015-yil 10-apreldagi 87-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston
Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to’g’risida”gi
nizomi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomilashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”
2018 – yil 19 – fevraldagi PQ – 5349 – son qarori, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil
etish to’g’risida”gi 2017 – yil 29 – noyabrdagi PF – 5263 – son farmoni va boshqalar.
Ishlab chiqilgan va qabul qilingan qonunlar bugungu axborotlashgan jamiyatda turli
axborot hurujlaridan saqlanish, axborot texnologiyalaridan to’g’ri maqsadlarda
foydalanishga zamin yaratadi.
Asrmizning ikkinchi o’n yilligi bizga misli ko’rilmagan yangiliklar va
o’zgarishlarni tortiq etdi. Bu yangilanishlar asrimizning uchinchi o’n yilligini shiddat
bilan boshlanishiga va o’tgan davr mobaynida tugatilmagan ishlarni yuqori natijalar
bilan tugatishga imkon bermoqda. O’tgan o’n yillikdagi amaliy ishlar bugun yana
yangi qarashlar bilan davom etishini yurtimizda bo’layotgan yangidan – yangi
islohotlar bilan aytishimiz mumkin. Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasiga
ehtiyoj juda yuqori ekanini va bu soha yurtimizni yanada rivojlanishi uchun xizmat
qiladigan eng asosiy sohalardan biri ekanini hukumatimiz tomonidan qilinayotgan
229
ishlar orqali ham bilish mumkin. Jumaladan 2019 – yilning 21 – noyabr sanasida start
olgan “ Bir million o’zbek dasturchisi” loyihasi ana shu ishlarning eng samarali
yo’llarini ochib bermoqda. Bu loyiha xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
2020 – yil 24 – yanvarda Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ham alohida to’xtalib
quyidagi fikrlarni aytib o’tdilar: “ Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “bir million dasturchi”
loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu juda katta marra. Agar biz mana shu loyihani
amalga oshirib, yoshlarga sharoitlarni yaratsak, albatta bu 3 – 4 yilda katta natija
bo’ladi. Bu loyiha barcha soha uchun drayver bo’ladi. Bular barcha sohalarga kiradi.
Bular jamiyatimizni, islohotlarimizni tezlashtirishga juda katta turtki beradi.”
Darhaqiqat ushbu isohotlar o’zining ilk natijalarini berishni boshladi va “Bir million
o’zbek dasturchisi” loyihasida ishtirik etuvchilar soni kundan kunga ko’paymoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun turli mutaxassisliklar bo’yicha eng malakali
kadrlarni tanlab olish maqsadida ta’lim dargohlarida turli tanlovlar o’tkazilmoqda.
Ushbu loyihada saralanib olingan mutaxassislarga dunyodagi eng katta IT
kompaniyalar tomonidan tan olinadigan Nanodegree diplomlari topshiriladi. Alohida
shuni aytish kerakki, bu loyihadan qatnashib sertifikat olgan o’qituvchi va o’quvchilar
uchun davlatimiz tomonidan munosib rag’batlantirilayotgani sohaga bo’lgan
e’tiborning yana bir isboti desak adashmaymiz. Bu e’tibor va qo’llab quvvatlashlar
aynan axborot texnologiyalarini barcha sohalar uchun yanada keng imkoniyatlar
ochishiga sabab bo’ladi.
Достарыңызбен бөлісу: