Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


O’qish darslarni tashkil e’tishda va o’quvchilarning darsda faolligi



Pdf көрінісі
бет103/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

O’qish darslarni tashkil e’tishda va o’quvchilarning darsda faolligi, 
qiziqishlarini oshirishda quyidagilarni hisobga olishni tavsiya qilaman: 
- Yangi g’oyalar qabul qiling, bir xillikdan qoching, bu darsni boshlashingizdan tortib, 
o’tilgan mavzuni mustahkamlashda, yangi mavzuni bayon qilishingizda o’z aksini 
topsin. O’quvchi uchun yangilik bo’lsin. Bu o’quvchida a’lo kayfiyatni va darsga 
bo’lgan qiziqishini oshiradi. 


299 
- Sinf xonasi o’quvchiga yoqadigan bo’lishi kerak. Sinf xonasining o’quvchiga 
yoqadigan qilib bezatilishi uning o’zini erkin va qulay his qilishiga yordam beradi. 
- Darsni audio va videolardan foydalanib o’tish kerak. 
- Darsni hayotga bog’lab o’tish kerak. Oquvchi faqat sinfda o’tirishi kerak emas, vaqti 
bilan tashqariga olib chiqib dars o’tish ham yaxshi samara beradi. O’quvchi o’zi 
hayotida ana shu o’rganganlarini qo’llaydi. 
- Darslarda sahna ko’rinishlardan foydalanish kerak. O’quvchi keng doirada o’zini 
tutishni o’rganadi.
- Mavzuni o’rgatishda rasmlardan foydalaning. Masalan, bitta hikoya uchun 5 ta rasm. 
O’quvchi hikoyaning mazmuniga qarab rasmlarni o’rniga qo’yadi. 
- Darslarda topishmoq o’yinlardan foydalaning. O’rganish jarayoni xursandchilik bilan 
o’tadi. O’quvchini qiyinchiliklarni yengishga tayyorlaydi. 
- Ijodkorligini oshirish uchun o’quvchi mavzuga mos ko’rgazmalarni ko’rib tursin, 
mavzudagi voqea-hodisani tasavvur qila olsin. Bu o’quvchining mavzuga bo’lgan 
qiziqishini oshiradi. 
- O’quvchining diqqatini jalb qilishda ko’rgazmalardan keng foydalanish kerak. 
Masalan, prezidentasiya qilib ko’rsatish. Darsda o’quvchida oxirgi taassurotni 
qoldirish bu juda muhim. 
- Darsni ertak sifatida olib borish, qiziqarli hikoyaga bog’lab o’tish, o’quvchining 
yoqtirgan filmiga bog’lab o’tish ham o’quvchining darsga qiziqishini oshiradi. 
- Darsda o’quvchilarni turli xil g’oyalarga undang. O’quvchi fikrini erkin aytsin. Bunda 
guruhlar bilan ishlash metodidan foydalanish yaxshi natija beradi.
- Toqatli bo’lish kerak. Bu o’quvchiga darrov baho berib qo’yishdan saqlaydi. Yana 
kechirimlilik, mehribonlik, mas’uliyat va o’quvchini eshita olish-bu o’quvchini fanni 
sevishi va yaxshi o’zlashtirishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi. 


300 
Buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy “bolani hamma narsaga o’rgatish”, tabiat 
ko’rsatmalariga asoslanish, bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish zarurligini 
va bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan ta’limgina uyg’un 
bo’lishini aytadi. Shu maqsadda har tomonlama tarbiya berishni ta’minlaydigan, 
hamma bosqichlarda izchillik va o’zaro bog’lanish bo’ladigan yagona tizim asosida 
ta’limni tashkil etadigan shaklda mehnat qilish o’quvchi ongini yanada charxlaydi, 
kamol toptiradi va uni kamolga yetkazadi. 
Xulosa qilib aytganda, to’g’ri tashkil qilingan dars o’quvchining ijodiy va mustaqil 
fikrlash qobiliyatlarini, keng dunyoqarashini, barkamol shaxs sifatida kamol topishini, 
uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Tolipov O. Pedagogik texnologiya. Toshkent. Fan, 2005 
2. Yoldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya yonalishlari, muammolari.
Xalq talim, 1999.
3. Boshlangich talim jurnallari. 


301 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет