Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет104/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

ФИО автораSobirova Irodaxon 
Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi 14-IDUMning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Название 
публикации: 
«BOSHLANG‘ICH 
SINF 
O‘QUVCHILARINI 
INTELLEKTUAL VA KREATIV RIVOJLANTIRISH» 
Annotatsiya: Maqolada o‘quvchilarning ilk maktab davridagi o‘qish faoliyati 
bilan bog‘liq ta’limiy va fiziologik jarayonlar uyg‘unligi, bu jarayonda bolaning idrok 
etish qobiliyatini to‘g‘ri rivojlantirish masalalari to‘g‘risida ilmiy-amaliy ma’lumotlar 
taqdim etilgan. 
Kalit so‘zlar: individual, qobiliyat, iqtidor, mantiq, tafakkur. 
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНО-ТВОРЧЕСКОЕ 
РАЗВИТИЕ 
УЧАЩИХСЯ 
НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ 
 
 
Аннотация: В статье рассматривается учебная деятельность 
школьников в младшем школьном возрасте. Cочетание учебного и 
физиологического процессов, способность ребенка воспринимать в процессе 
научно-практическая информация по вопросам правильного развития. 
 
Ключевые слова: личность, способности, талант, логика, мышление. 
INTELLECTUAL AND CREATIVE DEVELOPMENT OF PRIMARY 
SCHOOL STUDENTS 
Annotation: The article deals with students' learning activities in the early 
school years 
the combination of educational and physiological processes, the child's ability to 
perceive in the process scientific and practical information on the issues of proper 
development. 


302 
Keywords: individual, ability, talent, logic, thinking. 
Maktabga borish bolalarning hayotida juda-katta voqeadir. Maktab hayoti 
bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy 
faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy 
burchi o‘qish bo‘lib qoladi. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish 
ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishni talab etadi. O‘qish faoliyati 
uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik 
xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan 
bo‘lgan munosabatlarida ham bir muncha o‘zgarish yuz beradi. Birinchi sinf 
o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham bu ish 
xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha, ta’lim so‘z-mantiq xotirasini 
taqozo etadi. So‘z mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qolish 
jarayornining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi.
Iqtidor - bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati
bo‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori 
natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi. Psixologik lug‘atda 
“iqtidor” tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi: iqtidor bu - faoliyatning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qobiliyatlarning o‘ziga xos uyg‘unlashuvi, 
insonning imkoniyatlari doirasi, faoliyatlari darajasi va o‘ziga xosligini belgilaydigan 
umumiy qobiliyatlar. Ushbu tavsiflardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash 
mumkinki, iqtidor asosida umumiy intellektual va insonning bilish imkoniyatlarini 
belgilaydigan, tabiat tomonidan in’om etilgan qobiliyatlar, biror bir faoliyatda 
muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydigan maxsus qobiliyatlar yotadi. Iqtidorli bolalar 
bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Xorijiy 
tadqiqotchilar fikricha, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, maqsadga intilish, individual 
va guruhiy ishlari, hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va kollejdan tashqari 
ta’lim olish imkoniyatlarini ham yaratish, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy 
vazifasi bo‘lishi kerak. Fransuz olimi K. Allegr ta’kidlaganidek, o‘quvchilarda 


303 
mustaqil fikrlash, maqsadga intilish, ularning individual va guruhiy ishlarini, hamda 
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ham kasb-hunar o‘quv yurtlarining asosiy 
vazifasidir.
Psixologlarning tadqiqotlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarda bilimlarini 
shakllantirish o‘qituvchi rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida 
samarali rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini topadi. Faqatgina samarali 
tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchida o‘quv muammosini mustaqil hal qilish 
ko‘nikmasini rivojlantirish va o‘rganilayotgan bilimlar yuzasidan kelib chiqqan 
muammolarni ijodiy yechish imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun ham biz bugungi 
kunda zamonaviy ta’limning vazifasi, maqsadi, o‘rni va rolini yaqqol tasavvur qila 
olishimiz kerak.
Biz hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonida va pedagogik 
adabiyotlar va tadqiqot ishlarida, “mustaqil ta’lim”, “mustaqil ish” tushunchalarining 
mohiyatini yoritishga harakat qildik. Ba’zan mustaqil holda o‘qish va mustaqil ta’lim 
tushunchalari adashtiriladi. Mustaqil holda o‘qish rasmiy o‘quv jarayonidan 
tashqarida kechishi mumkin, ya’ni muayyan ta’lim muassasiga bormay turib, uyda 
o‘zi o‘quv materiallari asosida mustaqil, individual holda o‘qishi va o‘rganish. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет