Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет162/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar: 
1. Vohidov M.V. Maktabgacha tarbiya psixologiyasi. –T.: O‘qituvchi, 2013.
2. Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlari va pedagogik texnologiya. –T., 
2014.
3. G‘aybullaeva M., D.Gaybullaeva. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalar 
tarbiyasi. –T.: Ilm-ziyo nashriyoti, 2016.


474 
ФИО автора: Umurova Bexishtibonu Murodilloyevna 
Buxoro pedagogika kolleji 
Название публикации: «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING 
IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH» 
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida 
ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish usullari yoritilgan. Bunda didaktik 
o‘yinlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
 Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyalanuvchi, ijodiy fikrlash,
didaktik o‘yinlar.
Bugungi jadal texnologik rivojlanish davri sog‘lom, zamonaviy bilimga ega, 
muammoli vaziyatlarga moslashuvchan hamda bu vaziyatdan oqilona fikr va 
qarashlari bilan chiqib keta oladigan yangi avlodni tarbiyalash vazifalarini ilgari 
surilmoqda. Mana shu davr inson kapitalini rivojlantirishda yuksak maqsadli 
vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda. Chunki inson kapitali uchun yaratilgan 
shart-sharoitlar istiqboldagi orzularimizni ro‘yobga chiqaruvchi yosh avlodni voyaga 
yetkazadi. Bu 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion
rivojlantirish strategiyasida ham ilgari surilgan bo‘lib, jumladan ta’lim tizimini 
takomillashtirish va inson kapitalini rivojlantirish-mamlakatimizni jadal rivojlantirish 
omili sifatida ko‘rsatib berilgan.
Inson kapitali ham noyob boylik singari baholanadi. U odamning mehnatga 
yaroqlilik davrida ko‘rsata oladigan xizmatlari, layoqat, qobiliyat va fazilatlarining 
bahosiga teng bo‘ladi. Demak, inson bolalik, yoshlikda o‘rgangan bilim, 
ko‘nikmalarini ishlatib, o‘ziga va mamlakatiga ko‘rsatadigan xizmatlari turkumining 
bahosiga teng. Shu nuqtai-nazardan davlatimiz ham uzluksiz ta’lim tizimini tubdan 
isloh qilishni takomillashtirib bormoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish borasida bir qancha me’yoriy-huquqiy asoslar 
yaratildi. Bu asoslar bolaning barcha huquqlarini kafolatlaydi. Jumladan, har bir bola 
maktabgacha ta’lim va tarbiya olish huquqiga ega. Davlat har bir bolaning umumiy 
o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim 


475 
tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga 
bo‘lgan huquqini kafolatlaydi. Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir 
davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim
va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil 
shakllarini tashkil etish orqali ta’minlaydi.
Darhaqiqat, uzluksiz ta’limning bu bosqichi ijodkor, ijtimoiy faol va ma’naviy 
jihatdan barkamol bo‘lgan shaxsni shakllantiruvchi birinchi pog‘ona hisoblanadi. 
Shuning uchun biz bu davrda bolalarda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish 
masalalariga katta e’tibor qaratishimiz darkor.
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra esa inson o‘z umri davomida 
oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. 
Demak, biz bolalarning sog‘lom va bilimli, etuk kadr bo‘lib voyaga etishida 
maktabgacha ta’lim yoshidan ularni ijodiy fikrlashga yo‘naltirishimiz darkor ekan.
Buning uchun bolalar bilan ko‘proq o‘yinli mashg‘ulotlarni tashkil qilish kerak. 
O‘yin- buyumli-predmetli va ijtimoiy voqeylikda harakat qilish va uni anglashga 
yo‘naltirilgan jarayondir. Bu faoliyat bola uchun yorqin va o‘ziga jalb qiluvchi 
jarayondir. Chunki har bir bola o‘yin orqali o‘z xatti-harakatlarini erkin va hissiy 
ehtiyojlar asosida boshqaradi. Eng asosiysi, bu jarayonda bolalar o‘z ixtiyori bilan faol 
ishtirok etishadi. O‘yin jarayonida bolaning muayyan narsa yoki buyumni bilishiga 
shart-sharoit yaratiladi. Shu bilan birga uning irodasi, ehtiyoji va qiziqishlari,
jarayonga nisbatan ta’sirchanligi shakllanadi. Tarbiyachi bunda har bolaning qiziqishi 
va ehtiyojlarini o‘rganib, tahlil qilib borishi va shu yo‘nalishda ularni ijodiy fikrlashga 
hamda kasbga yo‘naltirish usullarini ham ishlab chiqsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunda tarbiyachi o‘yinli mashg‘ulotlarni tashkil etishda ko‘proq bolalarning 
ehtiyojlari va qiziqishlariga asoslanishi talab etiladi. Ijodiy o‘yinlar bu bolalarning 
mustaqil, ijodiy, o‘zlari o‘ylab topgan o‘yinlar bo‘lishi kerak. Shunda bolalarda ijodiy 
fikrlash doirasi kengayib boyib boradi. Bunda tarbiyachi ularni boshqarib, yo‘naltirib 
borishi talab etiladi.
Ijodiy o‘yinlar asosan bolalarning taassurotlari, borliq haqidagi tushunchalari va 
unga bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradi. Shu nuqtai-nazardan ijodiy o‘yinlarni biror 


476 
narsa buyumni yaratish yoki yasash, rolli o‘yinlar hamda tabiat materiallari bilan 
o‘ynaladigan o‘yinlarga ajratishimiz mumkin. Ijodiy o‘yinlarning o‘ziga xosligi 
shundaki unda bolalar faqat yasash yoki biror narsani yaratish bilan mashg‘ul bo‘lmay 
balki muayyan rollarni ijro etishadi yoki xayoliy vaziyatlarda o‘z o‘rnini topa oladi.
Ijodiy o‘yinlarda rollarning taqsimlanishi yoki xayoliy vaziyatlarning berilishi 
bola tafakkurini o‘stirib, ijodiy fikrlash qobiliyatini ro‘yobga chiqaradi. Faqatgina biz 
tarbiyachilar bu o‘yinlarni bolarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil 
etishimiz darkor. Ijodiy o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib 
boriladi. Bu jarayonda ular har tomonlama rivojlanadi, bilish jarayoni, sensor 
madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi.
Biz bolalarning hech bir savolini javobsiz qoldirmasligimiz, ularning har bir
qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashimiz darkor. Shu bilan birga ular qanday o‘yinlarga 
qiziqishini va uning oqibatlarini ham tahlil etishimiz darkor.
Yapon pedagoglari O‘zbekistondan boylik topishdi. Ular yosh yapon avlodini 
saqlab qolish vositasini qidirib-qidirib... O‘zbekistondan topishdi. Bizning ayrim 
odamlarimiz “zamonaviy emas”, deb o‘ynamay qo‘ygan harakatli o‘yinlarni to‘plab, 
olib ketib, o‘zlarining superzamonaviy bolalariga o‘rgatishayotgan ekan. Sababi-
zamonaviy bolalar o‘yinlari haddan ortiq texnokratlashib ketgan. Ularda insoniy ruh, 
joziba, zavq va tuyg‘ular kam. Demak, biz zamonaviy pedagogik texnologiyalari 
asosida ishlab chiqilgan didaktik o‘yinlar bilan birga qatorda ajdodlarimizdan meros 
bo‘lib qolgan milliy o‘yinlardan ham unumli foydalanishimiz kerak. Chunki bu 
o‘yinlar o‘ziga xos shunday xususiyatlarga egaki, u orqali bolalarda intimozlilik, 
uyushqoqlik, irodalilik kabi ijobiy fazilatlar muayyan harakatlar orqali shakllanadi. 
Albatta bunda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Bolalarni o‘yinlar orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda ularning 
o‘ynayotgan o‘yinchoqlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada birinchi 
prezidentimiz jonkuyarlik bilan shunday degan edi:-“ ... har qaysi go‘dak ilk bor 
olamni o‘z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan, o‘yinchoqlar orqali anglashini 
inobatga oladigan bo‘lsak, ularning inson tarbiyasidagi o‘rni beqiyos ekani ayon 
bo‘ladi. O‘yinchoqlar obrazi bolaning murg‘ak tasavvuriga bamisoli toshga o‘yilgan 


477 
naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go‘dakning ulg‘ayib, kasb 
tanlashi, kelajakda qanday yo‘ldan borishi, o‘zining hayot tarzini qanday axloqiy-
ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o‘yinchoqlar 
bilan oshno bo‘lib o‘sgani bilan belgilanadi. Bu fikr bugungi kunda ishlab 
chiqarilayotgan o‘yinchoqlarni ham tanlashga e’tiborni qaratishimiz lozimligini yana 
bir bor isbotlaydi.
Demak, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida ijodiy fikrlash 
qibiliyatini shakllantirishda o‘yinli mashg‘ulotlarni tashkil etish katta ahamiyat kasb 
etadi. Chunki o‘yin bolalarning kelajakdagi o‘quv va mehnat faoliyati, kishilarga, atrof 
tabiiy muhitga munosabatining qay darajada shakllanib borishini belgilaydigan eng 
asosiy texnologiya hisoblanadi. O‘yin faoliyati asosida bolaning bilish faoliyati 
rivojlanadi, u ijodiy, mustaqil fikrlashga o‘rganadi, qobiliyatlari shakllanadi va albatta 
uzluksiz ta’lim tizimidagi yaratilgan shart-sharoitlar asosida o‘qib, o‘rganib, istiqbolda 
el-yurtga nafi tegadigan inson bo‘lib voyaga etadi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет