Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет160/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalanilgan adabiyotar
1. Usmonxujayev T.S., Meliyev X.A. Bolalarning asosiy harakat faoliyatiga oid 
mashqlar va ularni o’rgatish ulubiyoti. Tosh. O’z.MKB. 2011 - 52 b. 
2.Ishmuhammmedov R. Ta’limda innovatsiya. – Toshkent: «Fan», 2070.


465 
ФИО автора: Shukrullayeva Zulfiya Nasrullayevna 
Buxoro pedagogika kolleji 
Название 
публикации: 
«MAKTABGACHA 
YOSHDAGI 
BOLALAR 
MUSTAQIL FIKRLASHI VA NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ERTAKLAR 
BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI» 
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’limning bilimlar poydevori ekanligi 
ta’kidlangan holda, bolalarning kelajakdagi hayoti, aqliy salohiyati uning bevosita 
maktabgacha davrdagi olgan bilimlari, tajribasiga asoslanishi haqida fikrlar berilgan. 
Bu davrda tarbiyachi pedagoglar bolalarning fikrlash jarayoniga alohida e’tibor berish 
zarurligi, chunki bolaning har tomonlama komil inson bo‘lib tarbiyalanishi uning 
mustaqil fikrlash darajasiga bog‘liq ekanligi haqidagi yo‘nalishlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: mustaqil fikrlash, tarbiyachi kompetentligi, psixik jarayonlar, 
nutq.
Ruxshunoslarning ta’kidlashicha, fikrlash, ya’ni tafakkur – odam miyasida 
sodir bo‘ladigan jarayon. Sezgi organlari etarli bo‘lmagan o‘rinlarda odam va 
olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi. Tafakkur – aqliy faoliyatning, ongli 
xatti-harakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy muhitni bilish 
quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti 
hisoblanadi. Kishi fikrlash orqali o‘zi o‘qigan, ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur 
etgan narsa va hodisalarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa 
munosabatini aniqlaydi.
Aynan mustaqil fikrlash orqali inson dunyo sir-sinoatlarini o‘rganishda o‘zidan 
oldin hosil bo‘lgan qarashlar, tushunchalar, farazlar, insoniyat tomonidan chiqarilgan 
xulosa hamda kelingan qarorlarning qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlaydi. 
Mulohaza yuritib, narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik, xossal-xususiyatlar, 
ularni bir-biri bilan bog‘lab yoki ajratib turuvchi vositalarning faoliyat mexanizmlarini
anglab etadi.
Har qanday hayotiy yoki badiiy hodisa yuzasidan o‘z fikru qarashlariga ega 
bo‘lgan, o‘z xulosalarini chiqarib, ularni asoslay bilgan odam hech qachon o‘zgalarga 


466 
qaram bo‘lmaydi. Muhim masalalar hal etilayotganda beparvolik, loqaydlik qilmaydi, 
taqdirini o‘zgalarga topshirib qo‘yolmaydi. Fikr kishisi biror faoliyatni boshlashdan 
oldin atroflicha o‘ylab ko‘radi, tahlil qiladi.
Tafakkur masalasida, eng avvalo, uning shakli va mazmunini ajratar ekan, L. 
Vigotskiy odamdagi fikrlash mexanizmi, uning shakl va darajalari, kishining 
intellektual rivojlanishiga qarab o‘sib borishini ta’kidlaydi. Fikrlashning mantiqqa 
tayanishi esa bola 12-14 yoshga etganda, u o‘z tafakkuriga egalik qilib, uni boshqara 
bilganda yuzaga keladi. Vigotskiyning ta’biricha, mantiqiy fikrlash – ongli ravishda, 
o‘z-o‘zini nazorat qilgan holda ilmiy-nazariy asoslarga tayanib fikrlash demakdir. 
Uningcha, fikrlashda mantiqning yo‘qligi fikrlash jarayonida mustaqillikning, 
erkinlikning, onglilikning yo‘qligi demakdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ta’lim mazmuni va 
metodlari bola shaxsining shakllanishi, uning bu bilimlarni singdirilishi lozim bo‘lgan 
ob’ektlikdan ularning barchasini o‘z ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘zi 
o‘zlashtirishga moyil bo‘lgan sub’ekt darajasiga ko‘tarilishi, mustaqil shaxs sifatida
tan olinishi muhitida tashkil etilishi kompetentli shaxs shakllanishida katta ahamiyat 
kasb etadi.
Bolalarni o‘z ona tilida nuqsonsiz so‘zlashishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, 
tafakkurini rivojlantirishga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular 
tug‘ilganidan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan
sari o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat hodisalarini 
bilgilari keladi. Bu borada ota-onalar yoki tarbiyachilar atrof-muhit, tabiat haqida 
tushunchalar berib borishlari, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tanishtirishlari, 
mustaqil fikrlashi va fikrini erkin bayon qilishlari uchun shart-sharoit yaratib berishlari 
bolalarning nutqini, dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qiladi.
Ko‘pincha muammoli vaziyatlar savolni to‘g‘ri qo‘yilmaganligi sababli 
qiyinchiliklar bilan hal etiladi, bunday holatlarda boshqa yo‘llarini izlab topish kerak 
bo‘ladi. Ba’zi ertak qahramonlari bo‘y-basti, gavdasi bilan farqlanib turadi, lekin hal 
etuvchi vaziyatda aql yoki ayyorlik, jasurlik yoki uddaburonlik ustun keladi (bu juda 
hayotiy holatligiga shubha yo‘q). Xalq ertaklarida shunga o‘xshash ko‘plab epizodlarni


467 
ko‘rish mumkin, masalan , birovlar uchun qo‘ygan qopqoniga o‘zi tushgan salbiy 
qahramon. Bunday misollar bolalarni osongina boylik to‘plash uchun bosilgan 
noto‘g‘ri qadam qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi, har qanday vaziyatda chuqur 
mushohada qilib, keyin ish tutish kerakligiga o‘rgatadi.
Yuzaga kelgan turli masalalarni oqilona hal etish uchun inson tevarak atrofdagi 
voqea-hodisalarni idrok etishi, o‘z aqli va fikriga tayanib xulosa chiqarishni bilishi 
zarur.
Qadimgi odamlar hayot va o‘limni, aqllilik va nodonlikni, qo‘rqinchlilik va 
kulgigilikni, ijobiy va salbiy qahramonlar vositasida ertaklarda aks ettirishgan. Xalq 
ertaklari ilm ahli tomonidan har tomonlama o‘rganilganligi ma’lum. Mana insoniyat 
voyaga etdi, endi uning qiziqishlari o‘zgardi: e’tiqod, ilm, san’at. Ertaklarchi? Ular 
uzoq o‘tmishda qolib ketdimi? Yo‘q, ertaklar hamon yashamoqda, qayta-qayta chop
etilmoqda (eski va yangi ko‘rinishlarda), ularni nafaqat bolalar, balki kattalar ham jon 
dili bilan sevib o‘qiydilar. Ertaklar – bolalarni mustaqil fikrlash jarayonini 
rivojlantirish uchun bebaho boylikdir.
Ertaklarni o‘qib berish uchun maxsus dasturlar kerak emas dersiz? Tasavvur 
qiling muzey xodimisiz eksponatlarni aylanib yurishni! Muzey xodimlari hikoyasidan 
keyin esa, har bir eksponat jonlanib, tilga kirgandek, taassurotlaringiz jo‘shqin va 
unutilmas bo‘ladi. Ertaklarni jozibador va ta’sirli o‘qib berish jarayoni pedagoglardan 
mahoratni talab etadi. Tajribali tarbiyachilarning fikricha, oddiydek ko‘ringan ertaklar 
bolalar bilan muhokamadan so‘ng butunlay boshqacha natijani beradi, ochilmagan 
qirralar, nazardan chetda qolgan vaziyatlar batafsil yoritiladi., Inson qanchalik 
dunyoqarashi keng bo‘lsa, hayotning yangi- yangi qirralarini ko‘ra oladi, hayotdan 
zavq olish qobiliyati charxlanadi, ilmsiz odam uchun kunlar bir- biridan zerikarli 
bo‘lib, hayoti nolish bilan o‘tadi. Bolalarga zavqlanishni ham o‘rgatish kerak! Xalq
ertaklarida inson va hayot munosabat-lari, muammoli vaziyatlarni oqilona echish 
usullari o‘z aksini topadi.
Tarbiyachi ertakni aytib berish jarayonida ishni shunday olib borishi kerakki, 
bolalar ertak qahramonlari bilan birgalikda muammoli vaziyatlarni echsinlar, asosiy 


468 
qahramonlar munosabatlarini tahlil qilsinlar. Xalq ertaklarida voqealar rivoji turli 
ko‘rinishlarda ro‘y beradi, unda qiyofani o‘zgartirish, vaqtni
orqaga qaytarish va boshqa real hayotda mavjud bo‘lmagan ishlarni amalga oshirish 
mumkin. Qizig‘i shundaki, bolalar ertakning davomini kutilmagan tarzda 
yakunlashlari, ehtimoldan yiroq bo‘lgan xulosalarni aytishlari mumkin.
Ularning kattalarni hayron qoldiradigan xulosalari aynan ertakni eshitib 
bo‘lganlaridan keyingi bahs munozaralarda yuzaga keladi. Ertaklar esa o‘z sirli jilosini 
zig‘irchayam yo‘qotmaydi, bolalar shunday muhokamalarni o‘z ota-onalari bilan uyda 
tahlil qiladilar, ertak mazmuniga mos rasmlar chizadilar, o‘zlarining yangi ertaklarini 
to‘qiydilar. Mohir tarbiyachi bilan birgalikda hatto barchaga yod bo‘lib ketgan
“Zumrad va Qimmat” ertagining ham kutilmagan sirli qirralarini topish mumkin.
Bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish uchun ertakni o‘zlashtirish jarayonida 
ular asar mavzusiga oid rasmlar chizishlari, ertakdagi voqealar rivojini o‘zlari 
hohlagandek davom ettirishga urinishlari juda muhimdir. Bu mustaqil fikrlashga 
o‘rgatish dasturining asosiy qismlaridan biridir: bolalar ertaklardan ijodiy fikrlashni 
o‘rganadilar.
Rivojlantiruvchi ta’lim kattalardan ko‘p narsani talab qiladi: tarbiyachi 
savollarni aniq qo‘yishni, bolalarning kutilmagan javoblariga tayyor turishni, bolalarni 
munozara qilishga undashni, asosli misollar keltirishni, o‘ylab topishga usta bo‘lishi, 
bolalar yaratgan kashfiyotlardan quvonishni bilishi kerak va h.k. Bunday malakalarga 
ega bo‘lish o‘qishni, kasbiy kompetentlikni, izlanuvchanlikni talab qiladi, axir
tarbiyachi jiddiy tusda ilmiy-nazariy uslubiyotini qo‘llash niyatida bolalar oldiga kirib, 
bosim ostida mashg‘ulot o‘tmoqchi bo‘lsa, bundan ish chiqmaydi.
Muhimi, bolalarga topshiriqlarni bajarishda erkinlik berish, o‘z kashfiyotlaridan, 
aqlli munozaralaridan zavq olishlariga, xulosalaridan quvonishga imkoniyat 
yaratishdir. Mashg‘ulotlarda ijodiy izlanishga muhit yaratilsa, bolalar kattalar 
majburlagan yo‘nalish bo‘yicha ketmasdan, xatolardan qo‘rqmay mustaqil harakat 
qilishlarga sharoit yaratilsa, fikrlash jarayoni ishga tushadi. Maqsad – ana shu. 
Qolganlari – vositalar.


469 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет