Maqsad va vazifalar:
Yangi qabul qilingan qo’shimchalar bilan tanishar ekansiz, ularning ustida
ishlashda huquqshunos-mutaxassislar blog o’zi nima va uning mazmun-mohiyati
nimadan iborat ekanligini puxta o’rganib chiqmaganligi ayon bo’ladi. Shu sababli,
avvalo, bloger o’zi kim ekanligiga qisqa to’xtalib o’tamiz.
Bloger deb blogi bo’lgan kishiga aytiladi. Blog bu shaxsiy veb-sayt yoki veb-sayt
sahifasi bo’lib, unda shaxs (ba’zan bir guruh shaxslar) ma’lum mavzu bo’yicha o’z
fikr-mulohazalarini bildiradi. Masalan, Muallifning ishtirokiga ko‘ra, bloglar turli xil
bo‘ladi:
1.
Shaxsiy blog – blog egasi orqali yuritiladi masalan,
muxrim.livejournal.com,yusupov.uz, abror.uz, foziljonov.uz, nasimov.uz,
gulruxsor.blogspot.com.
2.
Jamoaviy yoki ijtimoiy blog – bir nechta kishidan iborat guruh tomonidan
yuritiladi:opennet.uz, playboys.uz.
3.
Korporativ blog – bir tashkilotning xodimlari tomonidan yuritiladi: ilike.uz.
Shaxsiy bloglar, asosan, xususiy xarakterga ega bo‘ladi, lekin shaxsiy, jamoaviy,
korporativ bloglar ichida shunday maxsus bloglar ham borki, hayotning ma’lum bir
sohasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bloglar mavzular bo‘yicha xam turlicha bo‘lishi
mumkin, masalan:
•
siyosiy (blog.kremlin.ru – Demetriy Medvedovning blogi),
•
maishiy (oshxona.uz, pazanda.uz, voqea.uz),
619
•
sayohat
(mytashkent.uz,
www.nomadicmatt.com/travel-blog,
www.traveldudes.org),
•
ta’lim (orbita.uz, www.ziyouz.uz),
•
moda (www.afisha.uz/fashion),
•
musiqa (www.sayyod.uz),
•
tahliliy va axborot (albl.ru),
•
sport (uff.uz sayti tarkibidagi bloglar: uff.uz/blogs hamda stadion.uz sayti
tarkibidagi bloglar:stadion.uz/blogs),
•
kino (moviesblog.mtv.com, themovieblog.com, kamilburanov.com),
•
san’at (dna.uz, art-blog.uz),
•
salomatlik
(tibbiyot.zn.uz,
well.blogs.nytimes.com,
tib.islom.uz,
thehealthcareblog.com) va boshqa ko‘pgina mavzular bo‘yicha tashkil etilgan bloglar
mavjud.
Bloglar so’z erkinligidan foydalanishning eng zamonaviy va o’ziga xos usulidir.
Fikrlash va so’z erkinligi esa konstitutsiyaviy huquqdir. Mazkur huquqqa ko’ra, har
kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega bo’lib, faqatgina
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan
belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir (Qarang: O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
,29-modda).
82
Ammo blogerlik, blogerlarning ba’zilari jurnalist bo’lsa ham, jurnalistika emas.
Shuning uchun ularga jurnalistlarga qo’yiladigan talablarni qo’yish noto’g’ri.
Blogerlar, asosan, turli mavzular haqida o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Buning
82
http://www.lex.uz/ pages/getpage.aspx?lactjd=2456411 sayti
620
uchun professional jurnalist bo’lish talab qilinmaydi. Jurnalist esa materialni
tayyorlashda, iloji boricha, ishonchli manbalardan foydalanishi, ularning to’g’riligini
tekshirib ko’rishi kerak (Qarang: “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi
Qonun
, 11-modda).
Jurnalistdan xolislik va masalani imkoniyat doirasida kengroq yoritish talab qilinadi.
Blogerlardan esa bularning birontasi talab qilinmaydi, talab qilish esa so’z
erkinligining jiddiy buzilishiga sabab bo’ladi. Chunki jurnalistikaning asosiy maqsadi
ma’lumotni tarqatish, blogerlikda esa o’z fikrini ifoda etishdir.
83
Достарыңызбен бөлісу: |