Ommaviy axborot vositalarida axborot xavfsizligini ta'minlashdagi eng
samarali usullardan foydalanish va ularni keng yoritish
Sattorxonova Xonzodaxon Sardorxon qizi
O'zJOKU, xalqaro jurnalistika yo'nalishi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ommaviy axborot –cheklanmagan doiradagi
shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual
hamda boshqa xabarlar va materiallar; hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish
imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;
maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan
hujjatlashtirilgan axborotlar berilgan.
Kalit so’zlar: OAV, apparat, dasturiy, vositalar, foydalanib, axborotni o‘qish,
yozish, Reuters, France Press, BBC, The Economist.
624
Bugungi kunda OAV jamiyat hayotida asosiy rolni o‘ynamoqda. Shu jumladan,
OAV ning O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni ham tezlik bilan
mustahkamlanib bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining mamlakatimizdagi
faoliyatining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991-yili mamlakatimizda bor yo‘gi
395 ta OAV faoliyat yuritgan. 2016- yilga kelib ularning soni 1437 taga yetgan
bo‘lsa, bugun ularning soni 2 mingga yaqinlashdi va ularning aksariyati xususiydir.
O’zbekistondagi ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy mutaxassislarni
Tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyushmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy
assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini
qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Xalqaro press klub kabi
tashkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. O’zbekistonda yetakchi xorijiy OAV
vakillari, jumladan Reuters, France Press, BBC, The Economist, Xinhua, «Amerika
Ovozi», «Fergana.Ru», Eurasianet muxbirlari erkin ishlamoqdalar.
85
Xavfsizlik- har kuni biz to‘qnashadigan hayotimizning jihati: eshikni qulflaymiz,
qimmatbaho narsalarni begona ko‘zlardan berkitamiz va hamyonni duch kelgan joyda
qoldirmaymiz. Bu «raqamli dunyoga» ham rasm bo‘lishi shart, chunki har bir
foydalanuvchining kompyuteri qaroqchi hujumi obyekti bo’lishi mumkin. Tijorat
tashkilotlari xavfsizlikni ta’minlash o‘zining birinchi galdagi vazifasi emas, balki uni
ta’minlashga sarf etiladigan xarajatlami muqarrar balo deb hisoblab kelganlar.
Qandaydir darajada bu «oqilona ish»: nihoyat, usiz ham ish bajarishda to'siqlar to’lib-
toshib yotibdiku?! Ammo firmaning barcha korporativ binolariga kecha-kunduz
kirishga ruxsat berishga jur’at etuvchi aqii joyida «sanoat kapitanlari»ni ko‘rganmisiz?
Albatta, yo‘q! Hatto kichkina kompaniya binosining kirish yo’lida sizni qorovul, yoki
85
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-
2021-00192 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
FAOLIYATI, O'ZGARISH VA MUAMMOLAR 257-BET
625
kirishni chegaralovchi va nazoratlovchi tizimi qarshi oladi. Axborotni himoyalash esa
hali ko‘ngildagidek emas. Axborotni qanday yo‘qotish mumkinligini va bu qanday
oqibatlarga olib kelishini barcha ham tushunavermaydi.
Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash,
buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim.
Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va
me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra
tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun
muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini
takomillashtirish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi
№439-II-sonli «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida
86
axborot va uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta’riflar keltirilgan: axborot – manbalari
va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar
va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi
xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-
tadbirlari;
Ommaviy axborot –cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan
hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va
materiallar; hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi
rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot; maxfiy axborot –
foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan hujjatlashtirilgan
axborot. Ushbu ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini
amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296-sonli qarorida
quyidagicha ifodalangan: maxfiy axborot – O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud
86
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – Т., 2003 – №1. – 2-м.
626
bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot.
87
Konfedensial axborot – hujjatlashtirilgan
axborot, undan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi
88
. Saqlash,
o‘zgartirish, uzatish va ma’lum maqsadlar uchun foydalanish obyekti bo‘lgan tevarak
olam haqidagi ma’lumotlarni, keng ma’noda axborot deb tushunish mumkin. Bu
tushunchaga ko‘ra inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta’sir etuvchi doimiy
o‘zgaruvchi axborot maydoni ta’sirida bo‘ladi. Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy,
harbiy, iqtisodiy,
ilmiy-texnik, ishlab chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy,
konfedensial yoki nomaxfiy bo‘lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks
yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy,
ma’muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‘llaniladi. Bugungi kunda
axborot xavfsizligini ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud:
– ma’lumotlar butunligi – axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan,
shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q
qilishdan himoya qilish;
– axborotning konfedensialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi
va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning
(nusxa ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi;
– foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan
foydalana olishliklari.
Ta’kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya institutlari, axborot
tarmoqlari, davlat boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzulmalar) ularda
ko‘riladigan masalalarning muhimligi va xarakteriga ko‘ra, ularning axborot tizimlari
faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va xavfsizlik bo‘yicha maxsus
choralar ko‘rilishini talab etadi.
87
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Т., 2011 – №45- 46 – 472-м.
88
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасида ахборот хавфсизлиги: Атамалар ва таърифлар.
Тармоқ стандарти: TSt 45-010:2010.
627
Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni. XXI asrda shaxs, jamiyat
Va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi
natijasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida
qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash
tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‘rin egallashini belgilaydi:
– milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va
axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi.
– inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish –
bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha
xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlari hamdir;
– axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy
xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;
– milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega.
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy
xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda
axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir
butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy
xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy
manfaatlarini, ularga erishishning strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish
tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini
anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki
siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini
qamrab oladi. Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi axborot xavfsizligini
ta’minlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy
nuqtai nazarlar majmuini bildiradi.
Xulosa
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari keltirilgan:
− axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma’lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va
boshqa turdagi tarqatilishi chegaralangan ma’lumotlarni qo‘riqlash ma’nosida);
− kompyuter xavfsizligi yoki ma’lumotlar xavfsizligi – kompyuter tarmoqlarida
628
ma’lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruxsat etilganligini va konfedensialligini
ta’minlovchi apparat va dasturiy vositalar to‘plami, axborotdan ruxsatsiz
foydalanishdan himoya qilish choralari;
− axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‘llab
quvvatlovchi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy
xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan ta’sir etishlardan axborot va uni qo‘llab
quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganligi;
− fuqarolar, alohida guruhlar va ijtimoiy qatlamlar, umuman olganda aholining
yashash faoliyati, ta’lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan sifatli axborotga
bo‘lgan talablarining himoyalanganligi. Axborotni muhofaza qilish – axborot
xavfsizligining (ma’lumotlarning butunligi, foydalana olish va zarur bo‘lganda,
ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi axborot va
uning zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan
tadbirlar majmuidir. Xavfsiz tizimda tegishli apparat va dasturiy vositalardan
foydalanib, axborotni o‘qish, yozish, hosil qilish va o‘chirish huquqiga ega shaxslar
yoki ular nomidan amalga oshiradigan jarayonlar orqali axborotdan foydalana olish
boshqariladi. Ma’lumki, absolut xavfsiz tizimlar mavjud emas, lekin «ishonish
mumkin bo‘lgan tizim» ma’nosidagi ishonchli tizimlardan foydalaniladi. Yetarlicha
apparat va dasturiy vositalardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida turli maxfiylik
darajasidagi ma’lumotlarni foydalanuvchilar guruhi tomonidan foydalanish
huquqlarini buzmagan holda qayta ishlash imkonini beruvchi tizim ishonchli
hisoblanadi. Ishonchlilikni baholovchi asosiy mezonlar – bu xavfsizlik siyosati va
kafolatlanganlik. Xavfsizlik siyosati – xavfsizlik obyektlari va subyektlarining berilgan
ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash protseduralari va mexanizmlarini belgilovchi
qoidalar to‘plami.
89
Tizim xavfsizligini ta’minlashning aniq mexanizmlarini tanlash
qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Kafolatlanganlik
89
Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасида ахборот хавфсизлиги. Атамалар ва таърифлар:
Тармоқ стандарти. TSt 45-010:2010.
629
himoyaning passiv qismi bo‘lib, tizimdan foydalanishda unga bo‘lgan ishonch
darajasini ifodalaydi. Ishonchli tizimda xavfsizlikka taalluqli barcha jarayonlar
ro‘yxatga olib borilishi kerak.
Достарыңызбен бөлісу: |