87
Usullarni ma’lum bir uslubda qo'llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan
maqsad ko'rsatkichlariga bo'ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish
jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi.
Ta’lim uslubi — o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchilar orasida bilim berish va
uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik
tadbirdir. O'qitish uslublari o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli
uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo'lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish
va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazmali va amaliyga
bo'linadi. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning ta’lim faoliyatiga munosib
ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon,
xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo'llaniladi.
Pedagogik texnologiya uslublari dastlab ta’lim berishning namunaviy
vaziyatdagi o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor, ya’ni reproduktiv darajasi uchun
ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta’lim har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi
hisoblanadi, u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish
bilan bog'liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalarning ma’lum «poydevori» hosil
qilingandan keyingina, ta’limning natijali, ya’ni produktiv va ijodiy yondashish
uslublariga o'tish mumkin.
Достарыңызбен бөлісу: