Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Pdf көрінісі
бет22/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. 
Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y 
2. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 
2003 y. – 171 b. 
3. U. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. 
T. “Fan”. 2005. 
4. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. 
T. “Fan”. 2005 y.-205 b. 


88 
ФИО автора: Musayeva Gulnora Shkurullayevna
Toshkent shahar Shayxontohur tumani
180-A maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Название публикации: «BOSHLANG`ICH SINFLARDA SIFATLI TA`LIM-
TARBIYA BERISHNING ZAMONAVIY USULLARI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda sifatli ta`lim-tarbiya 
berishda qanday muammolar mavjudligi, ularni bartaraf etish usullari hamda 
darsliklarga kiritilish lozim bo`lgan samarali ko`rsatmalar bosqichma-bosqich 
yoritilgan.
Kalit so`zlar: boshlang`ich ta`lim, bunyodkorlik, “Boshlang`ich ta`lim 
konsepsiyasi”, pragmatik yondoshuv.
Ilm-fan taraqqiy etishi jadal suratlarda o`smoqda. Boshlang`ich ta`lim har 
qanday sohaning rivojlanishi uchun mustahkam poydevordir. Chunki unda biz orzu 
qilayotgan kelajak bunyodkorlari kamol topadi. Ayniqsa, bolaning butun umrlik hayoti 
davomida xotirasida qoladigan taassurotlar ham ayni boshlang`ich sinf davriga to`g`ri 
keladi. Uning murg`ak qalbi, shuuri rang-barang orzularga limmo-lim to`lib-
toshayotgan bu vaqtda o`ziga ishonch, qat`iyatni his qilishi, mustahkam bilim olishi 
uchun biz ustozlar bor mehrimiz bilan, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib saboq 
berishimiz muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Boshlang`ich ta`limni 
rivojlantirish uchun ko`plab salmoqli ishlar olib borilmoqda. ―Boshlang`ich ta`lim 
konsepsiyasi‖ qoidalar jamlanmasi, boshlang`ich sinflar uchun yaratilayotgan 
zamonaviy darsliklar, turli janrlarga oid qiziqarli asarlar, mantiqiy masalalar, qimmatli 
ma`lumotlar mavjud mavzular, mavzular uchun multimedia ilovalari, matnlar uchun 
ishlangan rasmlar, turli topshiriqlarning barchasi bugungi kun bilan hamohang va 
mukammalligi quvonarli holat, albatta. Ammo jonajon dilbandlarimiz yanada sifatli 
ta`lim-tarbiya olishlarida nimalarga ahamiyat berish kerak?, qanday samarali rejalar 
ishlab chiqish kerak? kabi savollarga dolzarb hamda aniq maqsadli rejalar tuzib olish 
zarur hisoblanadi.


89 
Joriy yilning 6-noyabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF48/84-
sonli qarori 1-bandida maktabgacha ta`lim muassasalarida 6 yoshli bolalarni majburiy 
bepul maktabga tayyorlov hamda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini keng yo`lga 
qo`yish; 5-bandida ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot 
laboratoriyasini tashkil etish‖ kabilar siyosat darajasiga olib chiqilganligining o`zi 
boshlang`ich ta`lim rivojlanishini kafolatlovchi yana bir pog`onaga ko`tarilish edi.
Demak, maktabgacha ta`limda boshlang`ich 1-sinflar uchun 6 yoshli bolalarni 
bepul majburiy tayyorlov guruhlariga jalb etish, o`zbek tilimizning alifbosidagi 
harflarni o`qish hamda harf elementlarini yozishlarini shakllantirish, o`quvchilarga 
tayyorlovda tahsil olganligi to`g`risidagi sertifikatlar taqdim qilish maqsadga muvofiq. 
O`quvchilarning 1-sinfga tayyor holda kelishi natijasida rus tili, ingliz tili alifbosini 
osongina o`rganish imkoniyati tug`iladi.
Keyingi yana bir reja multimedia ilovalari bilan bog`liq. Darsliklar uchun 
ishlangan ilovalar bolalarni quvontirish bilan birga dars samarali chiqishida 
o`qituvchiga yordamchi vazifasini o`taydi[2]. Ammo bu ilovalarni namoyish etish 
uchun hamma vaqt ham texnik jihozlarning yetarli bo`lmasligi mumkin. Shuning 
uchun darsliklarda multimedia ishlangan mavzular tagiga ilovaning elektron manzili 
aniq ko`rsatilib ketilsa, har bir o`quvchi uyda o`tirib ham onasi bilan hamkorlikda 
miriqib berilgan topshiriqlarni tayyorlashi, mavzuni mukammal qayta o`rganib olishi 
mumkin bo`ladi. Bu o`z-o`zidan pragmatik yondoshuvni hosil qiladi. Bola o`qituvchi 
tushuntirgan mavzuning qaysidir joyi xayolidan ko`tarilishi, tushunmagan holatlari 
uchun uyda darsdan so`ng mustaqil ishlash uchun ayni muddao bo`ladi. O`quvchilarda 
kitoblarni asrab-avaylash, ularga nisbatan hamisha do`stona munosabatda bo`lish 
tuyg`ulari kamol topadi.
Darsliklarimizda ko`zda tutilgan nazariy bilimlarning amaliyot bilan chambarchas 
bog`liqlikda ish olib borish davri yetib keldi. Hozir hammaning uyida mobil telefon 
mavjud. U doimo bola e`tiborida turadi. Chunki telefonda bola uchun qiziqarli o`yinlar, 
turli quvnoq ilovalar bor.[3] Ko`p hollarda ota-onalar farzandlarining mobil o`yinlarni 
tinimsiz o`ynayotgani, kitob o`qitish yoki vazifasini tayyorlatish eng murakkab 
jarayonga aylanib borayotganidan shikoyat qilishadi. Demak, 1-4-sinflar kesimida 


90 
yosh-psixologiyasi, bilim darajasidan kelib chiqib, o`zbek tilidagi mobil ilovalarni 
yaratish hamda ommaga taqdim etish lozim. Masalan, ertak qahramonlari, voqealari 
aks etgan ilovani olaylik. O`quvchi shu ertakka qarab uning nomini harflardan terib 
topadi. Bunda harflar sakrab, aylanib yoki turli harakatlar bilan kelishi mumkin. So`z 
to`g`ri yozilgan bo`lsa, ―Balli!‖, ―Ofarin!‖ deb rag`batlantirishni ham inobatga olish 
kerak. Bu orqali ota-ona bilan bolani hamkorlikda savodxonligini oshirishda esda 
qolarli o`yin tashkillanadi. Shunday qilib ham bolaning ehtiyojini qondirish imkoniyati 
tug`iladi. Bundan tashqari, xalq og`zaki ijodi mahsuli hisoblangan ―Alpomish‖, 
―Rustamxon‖, ―Ravshan‖ dostonlari, ―Shiroq‖, Najmiddin Kubro to`g`risidagi 
hikoyalari aks etgan mobil ilovalar yaratish bugungi kunning ehtiyojidir. Xususan, 
Alpomishni qutqarish uchun Qorajonning yordam berishi, Yosuman kampirning 
o`g`illari qanchalik kurashsa-da ezgulik ustidan g`alaba qozonolmasliklari aks etgan 
o`yinlar bolada milliy qadriyatlarimizni, chinakam o`zbeklarga xos mentalitetimizni, 
xalqimizning boy tarixini amaliy yorqin ranglarda ko`rsatib beradi.
Matematika darsliklarida ham masalalar uchun ―uch tomonlama tasvir‖ 
ilovasini yaratish kerak. O`quvchi darsda tushunmay qolgan masalasini uyga kelib, 
ota-onasi yordamida sayti ko`rsatilgan manzil orqali masala ilovasini bemalol 
telefondan o`rganishni nazarda tutadi. Ya`ni ―masalaning jonli harakati‖ desak ham 
bo`ladi. Shunda masalaning mazmuni va mohiyatini chuqurroq anglab yetadi. Keyingi 
darslarga ham oldindan tayyorlanib borishga harakat qiladi. Ko`rib turibsizki, internet, 
mobil telefon, o`quvchi, ota-ona o`rtasida dars samaradorligini oshirishga xizmat 
qiluvchi zanjir hosil bo`ladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет