Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет19/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

1 bosqich. Trening to’gridan - to’g’ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik 
guruhlarga bo’lishdan boshlanadi. Trener har bir guruh va uning har bir a’zosiga 
mustaqil o’rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma 
tarqatma material beradi (tarqatma materialda) trener tomonidan tanlangan umumiy 
mavzu bo’yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va 
tinglovchilar soniga bog’liq.  
 2 bosqich.Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolariga yakka tartibda alohida 
o’rganishlari, tekstni eslab qolishlari, keyin esa kerak bo’lsa boshqalarga yoki trenerga 
gapirib berishlari, iloji boricha tekstni o’zlashtirib olishlari karekligini trener uqtiradi, 
va tayyorgarlik uchun matanni katta kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. O’zi 
esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini kuzatadi. 
3 bosqich.Trener oldindan tayyorlab qo’yilgan raqamlar yozilgan kichik qog’ozlar 
bilan har bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog’ozlarni bittadan raqam 
tortib olishlarini so’raydi.Guruhlardagi barch atinglovchilar raqamlar yozilgan 
qog’ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo’lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab 
raqamlar yozilgan qog’ozlar tayyorlashadi.  
4 bosqich. Raqamlar bo’yicha yangi guruhlar tuzilganida har bir yangi guruhda avvalgi 
guruhlardan bittadan vakillar o’z-o’zidan to’planib qoladi, ya’ni 4 ta guruhda 4 xil matn 


82 
o’rganilgan bo’lsa, bu yangi guruhda har bittadan vakil to’planadi, umumiy mavzu 
bo’yicha 4 tinglovchi va 4 xil matn to’planadi. 
5 bosqich. - yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o’ziga 2 ta vazifa, ya’ni 
o’qituvchi va o’quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko’rsatadi: 
1. O’qituvchi (o’rgatuvchi) sifatida, o’zi avval o’rgangan materialni gapirib beradi, 
tushuntiradi, o’zi mustaqil o’rgangan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini 
jalb qiladi, boshqa guruh a’zolarning tushunish va o’zlashtirish qobiliyatlarini 
tekshiradi. 
2. O’quvchi sifatida, guruh a’zolarini navbatma-navbat so’zlab, tushuntirayotgan, 
gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga
harakat qiladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет