Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет242/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

“Kamalak jilosi” metodini boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham 
foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda 
qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq, katta, kichik, to‘qqiz kabi so‘zlarni 
turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k rangli chiziqqa 
joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so’zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish vazifasi 
beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu 
metodni qo‘llash mumkin. Ya’ni, kamalakning birinchi rangini bir xonali son deb 
oladigan bo‘lsak, ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo‘la oladi. 
“Kamalak jilosi” metodi orqali bolalarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va 
sifatlar shakllanadi: 
- o‘quvchi ranglar orqali so‘zlarning qaysi turkum doirasiga kirishini eslab qoladi; 
- o‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ladi, ularda atrofmuhit va 
tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylash ko‘nikmalari shakllanadi; 


733 
- o‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni jamlash, 
fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi. 
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi 
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod 
alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 

O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar 
tizimini shakllantirish; 

hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli 
bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish; 

o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan 
chiqarish vazifasini topshirish; 

o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash 
maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib 
o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim). 
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan 
tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay 
olishni talab etadi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining 
yuksak darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi 
texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish 
darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish 
jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson va qiziqarli bo‘lgan usullarni tanlashi 
va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan 
tеxnik vositalarni tadbiq qilishi, ta’lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, 
pedagogik texnologiyalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir. 


734 
Adabiyotlar: 
1. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 
2007. 
2. Shadrikov, V.D. Qobiliyatlarning rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. -№5, 2004 
yil. 
3. Davydov, V.V. Ta'limni rivojlantirish muammolari / V.V. Davydov. - M., 2016 
yil. 


735 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет