Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет252/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar: 
1. Abdessamad Saidi. The Importance Of Phonetics And Phonology In The 
Teaching Of Pronunciation // EFL Magazine - The magazine for English language 
teachers. 2017. 09/06/2017. 
2. Finding and creating resources // // Til va adabiyot ta’limi, 2014-yil, 4-son. 
– 24-bet. 
3. Kaziyeva T. Bo‘g‘inning til va nutqdagi o‘rnini o‘rgatishda o‘quvchining 
kreativ tafakkurini rivojlantirish// Til va adabiyot ta’limi, 2019-yil, 9-son. – 16-18-
betlar. 
4. Pennington, M., & Richards, J. (1986). Pronunciation Revisited. TESOL 
Quarterly, XX(2), 207-225. 
5. Wendy Arnold. Phonics – Part 2 – Digraphs/diphthongs and 
trigraphs/triphthongs // Til va adabiyot ta’limi, 2015-yil, 4-son. – 31-32-betlar. 


759 
ФИО автора: Xalillayeva Nodira Ikrom qizi, 
Xorazm viloyati, Gurlan tumani 26-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot 
fani o'qituvchisi 
Название публикации: «ONA TILI TA’LIMINI TASHKIL ETISHDA AMALIY 
METODLAR» 
Annotatsiya – Ushbu maqolada ona tili ta’limini tashkil etishda amaliy metodlar ilmiy 
bayon etiladi. Ilmiy qarashlar faktlarga asoslanib xulosalanadi. 
 
Kalit so‘zlar – O‘quvchi, ta’lim, til, nazariya, amaliyot, fan, integratsiya, 
grammatika, bog’lanish, malaka. 
 
Ona tili darslarida o'quvchilarga beriladigan bilimlar keyingi yillarda asosan 
nazariy asosga qurilayotganligi amaliy malakalarning sayozlashuviga olib kelmoqda. 
Darsda asosan o'rganilayotgan qoidani yod oldirish va unga darslikdan misol keltirish 
va mashq ishlash bilan cheklanilmoqda. Dars davomida faqat darslik bilan 
ishlanmoqda. Oqibatda o'qituvchi darslik o'qituvchisi, o'quvchi darslik o'quvchisi 
bo'lib qolmoqda. Shu sababli o'quvchilar darslikdan tashqari talablarni bajara 
olmayaptilar, hayotning o'zi misol va qoida ekanligini anglab yetmayaptilar.[1] 
Shunday ekan, amaliy bilimni shakllantirish asoslarini ishlab chiqishga diqqat qaratish 
lozim. Buning uchun darsda faqat mashqlar bilan cheklanmay, o'quvchilarning lug'at 
boyligini oshirish, lug'at ustida ishlashga o'rgatish, ularda to'g'ri talaffuz normalarini 
shakllantirish hamda fikrlash, tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan 
topshiriqlar berish kerak. 
Hozir o'quvchilarni har bir darsda faol ishtirok etishga undovchi noan'anaviy 
dars metodidan foydalanilyapti. Bu dars metodi hozirda turli joylarda o'zining ijobiy 
ta'sirini ko'rsatyapti. Ona tili darslarida eng ko'p qo'llanadigan metod o'qituvchining 
bayoni metodi hisoblanadi. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o'quvchilarga 
oldindan ma'lum bulmagan mavzular izohlanadi. Shuningdek, grammatik ta'rif 


760 
mohiyatini 
tushuntirish, 
o'quvchilarga 
qo'shimcha 
ma'lumot 
berish, 
ularning 
savollariga 
javob 
berishda 
bayon 
metodidan 
foydalaniladi.[2] Ona tilidan o'rganiladigan material o'quvchilarga qisman oldingi 
sinfda tanish bo'lsa yoki yangi mavzu biror tomoni bilan oldin o'tilgan materialga 
bog'lansa, darsda suhbat metodidan foydalaniladi. 
Suhbat o'quvchilar faolligini oshiradi. Ular o'qituvchi rahbarligida berilgan 
dalillarni kuzatadilar, o'zaro qiyoslaydilar va muhokama qiladilar, so'ng umumlashgan 
xulosa chiqaradilar. Suhbat o'quvchilarning nutq madaniyatini o'stirishda muhim 
omillardan biridir. Suhbat 3 xil bo'ladi: axborot xarakteridagi suhbat, evristik suhbat, 
o'tilgan temani mustahkamlash maqsadida o'tkaziladigan suhbat. O'tilganlarni 
mustahkamlash darslarida ko'proq bir bo'lim o'rganilsa yoki chorak yakuni, yil 
yakunida, ko'proq o'quvchilarning o'zlari ishlagan holda darslarni tashkil qilinadi. 
O'tilganlarni mustahkamlash maqsadida test savollarini yechish ham aytiladi. Yil 
yakunidagi takrorlash darsida deyarli barcha o'quvchi test savollari va o'zaro savollar 
tuzadilar. Dars yanada jonli, qiziqarli chiqadi.[3] 
Til dalillarini kuzatish metodida grammatika, orfografiya yozuvchi tilini 
o'rganishda ko'p foydalaniladi. Til faktlarini tahlil qilinganda, uch yo'nalish asos qilib 
olinadi. 
Til dalillarini kuzatish. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar til hodisalarining 
biror tomoni bo'yicha muayyan reja asosida kuzatish ishlari olib boradilar. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет