Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет255/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Kalit so'zlar: O’zbek tili, audiovizual materiallar, yangilik dasturlari, maqolalar, 
podkastlar, til o’tganish ko’nikmalari.
 
Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib, xalqaro 
maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgani uchun dunyo xalqlarining o‘zbek 
tiliga bo‘lgan qiziqishlari ham ortib bormoqda. Jahonning qator nufuzli oliy ta’lim 
muassasalarida o‘zbek tili xorijiy til sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 


764 
o‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, 
Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, 
Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi 
davlatlarning 60 ga yaqin universiteti va 100 dan ziyod maktabida o‘rganilmoqda. 
O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va 
tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda. 
Natijada, o‘zbek tili chet tili sifatida 
o‘qitiladigan xorijlik talabalarga o‘zbek tilida sifatli ta’lim berish, ularning o‘zbek tilini 
tez va oson o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida o‘zbek tilida ilmiy metodik bazani 
shakllantirish va uni boyitish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Bu esa ayni vaqtda o‘zbek 
tilini o‘qitishdagi ustuvor masalalardan biriga aylandi va metodik ta’minot – 
kontentlarni yaratishni shart qilib qo‘ydi.
Biz yangi o‘ta rivojlangan texnologiyalar dunyosida yashayapmiz. Bugungi 
kunda sun’iy aqlga ega turli-uman yangidan yangi qurilmalar, texnik vositalar 
yaratilmoqda. Ular nafaqat ishlab chiqarishga, balki xonadonlarimizga, hatto 
zamonaviy ta’lim tizimiga ham jadallik bilan kirib kelmoqda. Ta’limning boshqaruv 
tizimi, ta’lim jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilmoqda – o‘qitishning yaxlit elektron 
tizimi yaratilmoqda. Dunyo ta’lim tizmida zamonaviy texnika va texnologiyalar 
yordamida audio-video va media-axborot mahsulotlarini yaratish va ulardan samarali 
foydalangan holda til o‘rgatish ham allaqachon kafolatli ta’limning ajralmas qismiga 
aylanib ulgurdi.
Darslarda audio-video va media-axborot materiallardan foydalanish ta’limda 
audiovizual metod deb ham yuritiladi. Audiovizual (murakkab tarkibli) metod 
ta’limning audiovizual vositalari (diafilmlar, o‘quv filmlari, kinofilmlar, animatsion 
filmlar, videoroliklar, slaydlar, kliplar)dan va texnik vositalar (radio, televideniye va 
axborotning elektron vositalari: kompyuter, planshet va smartfonlar)dan keng 
foydalanishni nazarda tutadi. 
Audiovizual materiallardan til o‘rgatish darslarining istalgan bosqichlarida, 
nutqiy faoliyatning barcha turlarini shakllantirishda, ayniqsa, nutqni eshitib tushunish 
va gapirishga o‘rgatishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Shunisi xarakterliki, 
darslarda qo‘llanadigan audiovizual materiallar, xususan, videolar tilni jonli 


765 
kontekstda taqdim eta oladi. Darsni real dunyo bilan bog‘lay oladi va tilni harakatdagi 
muloqot vaziyati bilan ko‘rsatadi. Bu esa talabalarning arsenalida mavjud bo‘lgan til 
materiallarini boyitishga xizmat qiladi. Video materiallar talabalarga nafaqat ona tilida 
so‘zlashuvchilarning jonli nutqini taqdim etadi, balki ular muloqotga kirishgan til 
egalarining imo-ishoralarini va yuz ifodalarini ko‘radi, xullas, til o‘rganuvchilarni 
o‘rganilayotgan til vaziyatiga olib kiradi. Shuningdek, videolar til o‘rganishdagi 
madaniy to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi. 
Yaratilajak darsda qo‘llanishi nazarda tutiladigan audio-video va media-axborot 
materiallar o‘tilishi rejalashtirilgan darslarning mavzusi va mazmuniga mos kelishi, 
ulardan tizimli va oqilona foydalanish texnikasini ishlab chiqish o‘ta muhimdir. 
Shundagina ular darsning uzviy mazmuniy qismiga aylanadi va ularning samarad
orligi 
yanada oshadi. Shuningdek, audiovizual materiallarning samarasi til o‘rganuvchi 
talabalarning kommunikativ madaniyati 
va intellektual salohiyati qay darajada 
shakllantiri
lganiga ham qarab belgilanadi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamlar mavhum va yangi tushunchalarni og'zaki 
va vizual shaklda taqdim etilganda osonroq o'rganadilar. Boshqa tadqiqotlarga ko'ra, 
vizual axborot vositasi odamlarga matnli axborot vositalariga qaraganda tushunarli 
bo'ladi va keyinchalik eslashga yordam beradi. 2009-yilda o'tkazilgan Willingham 
tadqiqotida u o'z fikrini bildirish uchun oddiy savolni so'raydi: "Nega talabalar 
televideniyedagi hamma narsani eslashadi va biz o'rgatgan narsalarni unutishadi?"
"Chunki vizual media o'quvchilarga tushuncha va g'oyalarni saqlab qolishga yordam 
beradi",. - deb javob beradi amerikalik tadqiqotchi Willingham. Shuningdek, filmlar, 
hujjatli filmlar, teleko'rsatuvlar va musiqa kabi bir tomonlama aloqa vositalarining 
imkoniyatlarini kengaytiradigan o'quv muhitini yaratish uchun texnologiyaning hal 
qiluvchi rolini qayd etadi.
Audiovizual materiallardan nutqning to’rtala ko’nikma shakllarida ham 
foydalanish mumkin. Buning uchun me’yor va yosh-xususiyatlarini chegaralab, bilim 
darajasini ham aniqlab olish muhimdir. Masalan, biz boshlang’ich sinf yoshidagi 
o’quvchilarga siyosiy yangiliklar haqidagi videoni qo’yib ko’rsatolmaymiz. 


766 
Shuningdek, universitet talabasini ham bolalar uchun mo’ljallangan kichik 
ko’rsatuvlarni tomosha qilishga majburlay olmaymiz. Shunday ekan, har bir audio-
vizual materialni taqdim etishdan oldin uni kimga namoyish etmoqchi va qanday 
uslubda yetkazmoqchi ekanligimizni belgilab olishimiz lozim. 
Tinglab tushunish (Listening skill) ko’nikmasini rivojlantirish uchun biz 
o'quvchilar bilan audio materiallar, jumladan radioeshittirishlardan, turli mavzulardagi 
podkastlar, estrada qo’shiqlar
i, monolog va dialoglardan foydalanishimiz mumkin. 
Bunda ular eshitish orqali raqamlarni, joy nomlarini, ismlarni, soat vaqtlarini topishlari 
yoki bo’sh kataklarni, tushirib qoldirilgan so'zlar bilan gaplarni to'ldirishlari kerak 
bo'ladi. Ushbu vazifalar til o’rganuvchilarning eshitib tushunish qobiliyatini 
rivojlantirish bilan bir qatorda, ularning nutqiy ko’nikmasi, ya’ni so’zlashuv 
mahoratini ham oshirishga xizmat qiladi. 
O
'zbek tilida taqdim etiladigan matnlar orqali biz xorijliklarda o’qish mahorati 
(reading skill) ni oshirishimiz, bunda ham media manbalaridan foydalanishimiz 
mumkin. Jumladan, o’zbek tilidagi gazeta va jurnallar, masalan, “Xalq so’zi”, 
“Hurriyat” kabi qator bosma nashrlarda berilayotgan, xabar, yangilik va maqolalarni 
o'qish, tahlil va tahrir qilish orqali 
til oʻrganuvchilarning ham o'qish mahorati ortadi, 
ham o’zbek tilida fikrlash qobiliyati rivojlanadi. 
Yozish mahorati (writing skill) ni oshirishda ham biz media mahsulotlariga 
tayansak bo'ladi. O’quvchilarga turli kichik sahna asarlari uchun ssenariy tayyorlashni
yoki gazeta uchun ularning o'zlari maqola, xabar yoki yangiliklarni o’zbek tilida o'zlari 
yozishlari haqida topshiriq berish mumkin. Bundan tashqari, o’zbek tilidagi bir qancha 
bosma nashrlarni o’qib, tushungan mazmuni bo’yicha kichik 
bayon yozishni topshirish 
ham yozuv ko’nikmasini rivojlantirishda samarali bo’ladi. Internet nashrlari, ijtimoiy 
tarmoqlar haqida ham xuddi shunday fikr yuritsak to’g’ri bo’ladi. Xorijlik o’quvchilar 
bajonidil You Tube tarmog’ida o’z videolarini, boshqa ijtimoiy tarmoq va 
messenjerlarga ma’lumotlar joylashlari va bir-birlarining virtual sahifalariga shaxsiy 
munosabatlarini yozishlari mumkin. Bu esa albatta ularning yozuv ko’nikmasini 


767 
yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Birgina talab, yo’naltiruvchi o’qituvchi til 
o’rganuvchilarga har bir fikrni badiiylashtirilgan me’yorlar asosida yozishlarini 
ta’kilashi lozim.
Gapirish mahoratini rivojlantirishda ham medianing barcha turlaridan bemalol 
foydalanish mumkin. Misol uchun, filmlarni shunchaki tomosha qilish emas, balki, 
oʻzlarini aktyor va aktrisalardek tutishlari, shuningdek, ular kabi rol ijro etib, ularning 
aksentini o'zlashtirgan holda 
faollarni qaytarishlari kerak bo'ladi. Shu jumladan, 
o'quvchilar o'zlari axborot dasturi yoki ko'rsatuv tayyorlashi, o'zlari gapirib hamda 
syomka qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga ham joylashlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ommabop audio-vizual materiallar (filmlar, musiqa, 
YouTube) til o’rganuvchi har bir shaxs uchun tanish vosita bo'lib, ular e'tiborni jalb 
qilishga va muhokama qilinayotgan nazariyalar va tushunchalarga o’quvchilarning 
qiziqishini saqlab qolishga yordam beradi. Chunki ular nazariya va tushunchalarni 
amalda ko'rishlari mumkin. Majoziy ma'noda
, nazariya va tushunchalar ekrandan 
sakrab chiqadi. O’quvchilar o'zlari o'rganayotgan nazariyalar va kontseptsiyalar 
yordamida vositalarni tahlil qilib, analitik ko'nikmalarini oshirishi mumkin. Darsda 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish o'quvchilarga televizor ko'rayotganda, 
musiqa tinglashda yoki do'stlari bilan kinoda bo'lganida tushunchalar va yangi 
misollarni ko'rish imkonini beradi. Shu boisdan ham, o’zbek tilining chet tili sifatida 
o'qitilishida ommaviy axborot vositalari materiallaridan foydalanish eng samarali 
usullardan biri hisoblanadi. 


768 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет