“Kiyik ko’zluk, sherandom bo’yluq kishi erdi. Belidin kuyi ingichka edi.
Bovujudkim, ulug’ yosh yashab, oq soqollik bo’lub erdi, xushrang , qizil-yashil
abreshim kiyar edi. Qora ko’zi bo’rk kiyar edi yo qalpoq, Ayonan iydlarda ichik
speech dostorni yap yassi namoyon chirmab, qarqara o’tag’asi sanchib,
namozg’a borur edi.”
Albatta bu tarif ustod Kamoliddin Behzod asari asosida yozilgani shubhasiz, chunki
tarixchi o’z zamondoshini tirikligida ko’ra olmay, uning ta’ziyasiga borgan edi.
777
Muhammad Shayboniyxon portreti. 1508 yil . O’lchami
12x14 sm. Nyu Yorkdagi Metropoliten muzeyida saqlanadi.
Behzod Shayboniyxon xizmatiga o’tib, 1507-yilning ikkinchi yarmida uning
portretini chizdi. U Behzod ijodining portret yaratishdagi yorqin sahifasi, desak
bo’ladi. Tasvir kompozitsiyasi ranglar uyg’unligi, ular talqin jihatdan chuqur
ramziy umumlashmani jamlab olgan. Rasmda podshohning siyrati,ruhiy holati juda
ishonarli ifoda qilingan. Tasvirning tepa qismida Behzodning ikki dasxati, o’ngda-
“SURATI SHAYBONIYXON”-so’lda – “AL-OBD BEHZOD”, ya’ni “QUL
BEHZOD” degan bitik mavjud.
Behzodning yana ta’rifga arzigulik ishlari talaygina bugungi kunga kelib uning
o’zidan va ijodidan ilhom olayotgan yosh rassomlar va havasmandlar ko’p ulardan
Chingiz Axmarov , Temur Sadullayev, Mirhamid Sabirov va Bexzod Xadjimetovlar
va ularning shogirdlarini shular jumlasidandir. Behzod boshqa musavvirlardan
ajralib turadigan tarafi shundaki u ijodining ko’p qismini tarixiy shaxslar partretiga
bag’ishlagan bizgacha saqlanib kelgan shaxslarning deyarli barchasi Behzod ijodi
asosida taniladi. Behzod xali hanuzgacha yosh rassomlar uchun ijod manbayi
bo’lib kelmoqda.
Adabiyotlar
1.Norqulov N. Nizomiddinov I. Miniatyura tarixidan lavhalar. Toshkent, 1970.
2. Sadig-bek Afshar. Gonun os sovar.(Трактат о живописи). Баку, 1963.
3. Sabirov M.M. Kitobot san’ati ( o’quv qo’llanma). Toshkent, 2018.
4. Sabirov M.M. Miniatyura kompozitsiyasi. ( o’quv qo’llanma). Toshkent, 2019
5. Madraimov. A. A. Temuriylar va boburiylar davri miniatyura san’ati rivoji.
Toshkent, 2019.
778
6. Sanat jurnali. O‘zBA jurnalining barcha nashrdagi sonlari.
7. Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi. Orif Usmonov. O‘zSSr “Fan”
nashriyoti. Toshkent 1977.
779
ФИО автора: Po’latova Muyassar
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
“Xattotlik va miniatyura” 2- bosqich magistranti
Достарыңызбен бөлісу: |