Adabiyotlar ro’yhati.
1. О.Usmov.Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi.”Fan” 1977y.
2. E.Ismailova. Искусство оформления среднеазиатской книги XVIII – XIX вв.
Т. «Fan », 1986
3. Sharq miniatyurasi. Аlbom. Т., G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti. 1980
783
ФИО автора: Rahimov Sardor Uralovich
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Davlat moliyasi va xalqaro moliya yo’nalishi
1-kurs magistratura talabasi
Название публикации: «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATI VA
UNING HUQUQIY ASOSLARI»
Annotatsiya: Hozirgi paytda respublikamiz soliq siyosatining asosi
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda o‘z
aksini topayotgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidir. Soliq siyosati ana shu
tamoyillar asosida tashkil etilgan bo‘lib, soliq sohasidagi samarali chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda. Ushbu maqola hozirgi kunda soliq siyosati va uni
takomillashtirish chora-tadbirlari xususida.
Kalit so’zlar: soliq siyosati, soliq to'lovchi, soliq turlari, soliq obyekti,
qo'shilgan qiymat solig'i, bozor iqtisodiyoti.
Soliq siyosati davlatning soliq munosabatlarini tashkil qilishdagi chora-
tadbirlari, faoliyatlar yig'indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o'z
mustaqil soliq siyosatiga ega bo'la oladi.
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi.
Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va
rivojlanishiga xar tomonlama faol ta’sir ko'rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari
bo'lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati xam
iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul
fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.
Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan
bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:
Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan,
daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan
soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun
784
solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad
soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari
kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri
soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan)
olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqiqiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq
ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning
xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida
esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi.
Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik
daromaddir.
O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati xususiyatari va yo’nalishlari
Soliq siyosati tarkibiy jihatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy
etish;
amal qilayotgan soliqlarni samarali ishlashini ta’minlovchi mexanizm
shakllantirish va takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarni takomillashtirib boorish;
soliq siyosatini amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlarni tashkil etish va
ularni ushbu sohadagi vazifalarini belgilash;
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq
bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama
tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va
iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi.
Bundan qaraganda ularni go’yo maxsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi
to'layotgan bo'ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to'lovchisi tovar va xizmatlarni
iste’mol qiluvchilar bo'ladi. Egri soliqlar guruxiga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz
solig'i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud
va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi,
soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
785
Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini
bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jixatdan soliq tizimi soliqlar yig'indisi tushuniladi.
Soliq solish tizimi esa tashkiliy jixatdan, tuzilish usullari yig'indisi tushuniladi,
Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indisidir.
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va
ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari
yig'indisiga aytiladi. Bu tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan
aniqlanadi.
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan
iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish
birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan soliq
to'lovchilar: yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli
kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, Ya’ni soliq oluvchi.
Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati,
tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi
bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.
Ma’lumki biz o'tgan mahruzamizda soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi
tushunchalari o'rtasida farq bor degan edik. Soliq tizimi nazariy jixatidan soliqlar
turlarining yig'indisidan iborat, soliq solish tizimi esa soliqqa tortish amaldagi
uslublari yig'indisidan iborat deb tushuntirgan edik. O'tgan mahruzada
aytganimizdek bozor iqtisodiyoti yo'lini tanlagan ekanmiz soliqqa tortish tizimi
bilan bir qatorda soliq tizimini xam islox qilish zaruriyatiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan "Korxonalar,
birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan
boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan
tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib,
ularning qrniga yangilari kiritildi.
1992-yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va
tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i o'rniga qo'shilgan qiymat solig'i,
786
foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan
Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga
aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.
Soliq tizimiga bunday o'zgartirishlar kiritishning zaruriyati nimada?
Birinchidan, Ma’muriy - buyruqbozlik uslubiga asoslangan sobiq ittifoq davrida
davlat korxona daromadlarini xoxlagan istagi bo'yicha taksimlar edi. Soliq stavkalarini
davlat xoxlagan paytda va xoxlagan miqdorda o'zgartirar edi. 90 - yillarga qadar
foydadan ajratma stavkasi orqali korxona foydasining 90 % gacha byudjetga olib
qo'yilar edi. Bozor iqtisodiyoti qonunlari bunday o'zgartirishlar qilinishiga yo'l
qo'ymaydi, sababi korxonalarda moddiy manfaatdorlik va rag'batlantirish
yo’qolganligi bo'lib, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga qiziqmay qo'yadilar,
ishlarida o'sish bo'lmaydi, korxonalarda boqimandalik kayfiyati, davlat dotatsiyasiga
ko'z to'tish kabi illatlar tug'iladi. Bu illatlardan qutulishning yagona yo'li soliq tizimini
qayta qurish xisoblanadi.
Ikkinchidan, korxonalar moliyaviy erkinlikka ega emas edilar. Qancha maxsulot
ishlab chiqarilish kerak, ularning xom ashyosi qayerdan olinadi, maxsulot birligiga
qancha xom ashyo ishlatilishi kerak, ishchilar soni, ish xaqi miqdori, elektr energiya
va yoqilg'i sarfi, tovarlar baxosi markaz tomonidan boshlab berilar edi. Bu bozor
iqtisodiyoti talablariga zid bo'lganligi uchun xam korxonalarga moliyaviy erkinlik
berilishi zarurligi tug'ildi.
Uchinchidan, ish xaqi xarajatlarining oshib ketishi natijasida davlat g'aznasiga
tushadigan foydadan ajratmalar miqdori kamayib ketganligi sababli uning qrniga yalpi
daromaddan soliqqa tortish zaruriyati paydo bo'ldi.
To'rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida ishlab chiqarish darajasining
pasayishi, infliyatsiya, ishsizlarning ko'payishi, moliyaviy tanqislik, baxolarning
keskin oshib ketishi kabi xodisalar yuz berdi. Ularni qoplash uchun zarur daromadlar
bo'lishligi talab etiladi. Bu daromadlarni faqat to'g'ri soliqlar orqali byudjetga jalb
qilish etarli bo'lmay qoladi. Shuning uchun, to'g'ri soliqlardan tashqari egri soliqlarni
xam qo'llash zaruriyati tug'uldi.
787
Beshinchidan, mustaqillikka yerishgan xar bir davlat o'zining mustaqil soliq
tizimiga ega bo'lishi kerak. Bu xam iqtisodiy, xam maonaviy jixatdan zaruriyat
xisoblanadi. Shu sababli xam soliq tizimi isloxati amalga oshrilimoqda.
Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan
soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.
788
Достарыңызбен бөлісу: |