Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет282/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Kalit so`zlar: Temuriylar, Buyuk ipak yo`li, madaniyat, savdo. 
Key words: Temurids, Great Silk Road, culture, trade.
 
Ключевые слова: Темуриды, Великий шелковый путь, культура, торговля. 
Tarixdan ma`lumki, sivilizatsiyalar katta saltanatlar hududlarida, iqtisodiy va mintaqaviy 
barqarorlik hukm surgan, uzoqni ko`ra oladigan, xalq farovonligi yo`lida jiddu-jahd ko`rsatgan, ilm-
fan homiysi bo`lgan davlat rahbarlari davrida yuz bergan. Barcha sohalarga birdek e`tibor, ijtimoiy 
adolat tamoyili, tadbirkorlikning rivojlanishidan manfaatdorlik, umuman, obod turmush konsepsiyasi 
Amir Temur siyosatining natijasi sifatida ikkinchi Renessansga asos bo`lib xizmat qilgan. Yigirma 


847 
yetti davlatni o`z ichiga olgan saltanatda ichki va tashqi savdo-sotiq almashinuvlari mamlakat 
iqtisodini yuksaltirishga ijobiy ta`sir ko`rsatgan.
115
Amir Temur ko`pgina sharq va g`arb davlatlari rahbarlariga bitgan maktublarida ham avvalo 
xalqaro savdo-sotiqqa keng yo`l ochish va tadbirkorlarga katta imtiyozlar berish lozimligi, hamda 
davlat taraqqiyotiga aynan xususiy tadbirkorlar katta ta`sir ko`rsatishini alohida ta`kidlab o`tgan.
116
Xususan, Yevropa qirollariga «Siz savdogarlaringizni biz tomonlarga yuborsangiz, toki biz 
ularni qizg`in, barcha izzatlarini o`rniga qo`yib kutib olaylik. Bizning savdogarlarimiz siz tomonlarga 
borsalar va ularga ham shunday izzat-ikromlar ko`rsatsalar. Mayli, ular hech qanday xavf-xatarsiz, 
to`siqsiz yo`l yursinlar. Dunyoni savdogarlar farovon qiladilar, degan naqlni inkor etish befoyda», 
mazmunidagi xatlar yuborgan.
117
Bu davrda 12000 chaqirim uzunlikdagi Buyuk Ipak yo`li orqali 
ko`plab Sharq davlatlari bilan har tomonlama aloqalar o`rnatildi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo`lining 
O`rta yer dengiziga chiqishi orqali g`arbiy Yevropa davlatlari bilan ham uzviy savdo-iqtisodiy va 
diplomatik aloqalar o`rnatildi. Sohibqironning bu xatti-harakatlarini olimlar diplomatiyada «qo`l 
cho`zish siyosati» deb ataydi. Haqiqatdan 
ham, u do`stlik va hamkorlik yo`lida 
Yevropaga qo`l cho`zgan birinchi davlat 
rahbaridir. Amir Temurning ichki va tashqi 
siyosatidagi millatlararo munosabatlarning 
muvofiqligi taraqqiyot omillaridan biri 
bo`lgan. Zero, uning ko`p millatli va turli 
diniy qarashlar mavjud bo`lgan saltanatidagi 
bu 
jihat 
o`sha 
davrning 
eng 
ahamiyatli 
voqealaridan 
biridir. 
Temuriy 
hukmdorlardan Shoxrux Mirzoning Xitoy
imperatoriga yo`llagan maktubida: «Sayyoh va savdogarlar uchun yo`llarni ochiq tutsalar, toki 
do`stlik va muhabbat sabablari ta`kidlanib, birlik va yakdillik vositalari quvvat topsa. Mamlakatlar 
atroflaridagi xalqlar toifalari rohatga erishsa, fuqarolarning barcha tabaqalari orasida tiriklik 
vositalari tartibga tushsa», — deya alohida ta`kidlagan. Yuqoridagilardan ko`rinadiki, Amir Temur 
115
“Sharq gavhari, zamin sayqali” “ Xalq so`zi” 26 avgust 2017 yil. 27-b. 
116
G`ulomov Y. Qadimgi madaniyatlarimiz izlaridan. -T., “Fan” 2018. 62-b. 
117
Asqarov A. O`zbekiston xalqlari tarixi. 1-jild, -T., 2018
yil
48-bet. 


848 
va temuriylar Buyuk Ipak yo`liga o`zaro hamkorlik, hamjihatlik, do`stlik asoslaridan biri sifatida 
qaraganlar.
118
Birinchi navbatda Buyuk Ipak yo`lining bekatlari ta`mirlangan va ba`zi yerlarda yangilari 
bunyod etilgan. Yo`llarda karvonlarning dam olishini ta`minlovchi karvonsaroylar qurilgan. Bu 
karvonlarni mahalliy hokimliklar tomonidan qo`yilgan harbiy qo`riqchilar himoya qilib, bir 
manzildan ikkinchi manzilga yetkazib qo`ygan. 
Buyuk Ipak yo`lida o`z diplomatik missiyasini bajargan Rui Gonsales de Klavixo o`ziga va 
Misr elchilariga ko`rsatilgan e`tibor haqida alohida eslatib o`tgan. Masalan, Misr elchilarini 20 
nafarga yaqin harbiy suvoriy Samarqandga qo`riqlab borganini yozadi. 
Mahalliy hokimiyat ushbu karvonlarning harakatlanishiga javobgar bo`lgan. Natijada, 
karvonlarning bir manzildan ikkinchi joyga bexatar yetib borishi ta`minlangan. Sohibqiron karvon 
yo`llarida kimda-kim zarar ko`rsa, bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim 
va boshqa ma`murlariga yuklagan. Zararni amaldorlar hissasidan undirish qoidasining joriy etilishi 
xalqaro savdo yo`lidagi huquqiy kafolatlardan biri bo`lib qolgan. 
Buyuk Ipak yo`li bo`yida joylashgan shaharlar, avvalo Samarqand Amir Temur davrida 
yuqori darajada ravnaq topgan. Samarqandga dunyoning barcha taraflaridan savdogarlar kelib turgan. 
Bu yerda do`konu, bozorlar, hunarmandchilik ustaxonalari son-sanoqsiz bo`lib, mahalliy mahsulotlar 
chetga sotilgan.
119
Buyuk Ipak yo`li ilmu-fan taraqqiyotida ham muhim o`rin tutgan. Turli mamlakatlardan 
kelgan va turli tomonlarga yurtimizdan ketgan olimlar, sayyohlar, hatto savdogarlar ham bir vaqtning 
o`zida ilm-fan jarchilari bo`lib xizmat qilganlar. Buyuk Ipak yo`lida joylashgan shaharlarning 
madaniy jihatdan boshqa shaharlarga nisbatan ravnaq topganligining sabablaridan biri ham 
shundadir.
120
Demak, Buyuk Ipak yo`li tranzit shahar va davlatlarning keng o`zaro madaniy hamda ilmiy 
aloqalar o`rnatishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. 
Shunday qilib, Amir Temur va temuriylar davrida mintaqadagi savdo yo`llari qaytadan 
tiklandi. Amir Temur Movarounnahrda hokimiyatni o`z qo`liga olgach, xalqaro karvon yo`llari 
xavfsizligini to`liq ta`minlashga erishdi. XIV asrning 70-yillaridan boshlab Buyuk ipak yo`lining 
Movarounnahr orqali o`tgan yo`nalishlari bo`ylab xalqaro savdo aloqalar yuksaldi. Amir Temur va 
temuriylar davri O`rta Osiyoning karvon yo`llari tizimi va keng ko`lamdagi xalqaro iqt isodiy-
118
Sulaymonov R. Qarshi- Nasaf- Naxshab O`rta Osiyo sivilizatsiyasi tizimida. “ O`zbekiston tarixi” jurnali, 2016 yil 2- 
3 son, 3- 9 betlar. 
119
Sagdullayev A. O`rta Osiyoning qadimgi tarixi. –T., 2014. 31-b. 
120
G`ulomov Y. Qadimgi madaniyatlarimiz izlaridan. -T., “Fan” 2018. 79-b. 


849 
madaniy aloqalari rivoji tarixida muhim bosqich bo`lib, Movarounnahr va Xuroson shaharlari bu 
jarayonda yetakchi rol o`ynaganlar. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет