Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет278/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy 
qilishning metodik asoslari: Avtoref.dis. ... ped.fan.nomzodi. Toshkent. 2011. - 
24b. 
2. Umonqulov G’. “D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasi” 
elektron qo’llanmasi. 
3. Xolmamatova L. Kimyo darslarini yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil 
etish. Xalq ta’limi 2007. №5.- 81-83 b. 


830 
ФИО автора: Xolmatova Moxira Muxtorjon qizi, 
Farg'ona viloyati, Beshariq tumani 1-son kasb-hunar maktabi Biologiya fani 
o'qituvchisi 
Название публикации: «O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATI 
TAJRIBASIDA TA’LIM METODLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qituvchilarning pedagogik mahorati 
tajribasida ta’lim metodlari samaradorligini oshirish borasida ilmiy jihatdan ochib 
berildi. 
Kalit so‘zlar: Metod, usul, dars, o‘qituvchi qobilyati, ta’lim usullari, ta’lim 
tamoyillari, pedagogik yondoshuv, pedagogik mahorat. 
 
Ma’lumki pedagogik mahoratdan ko‘zlangan maqsad darsning sifati va 
samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, u ta’lim beruvchining kasbiy – ijodiy 
faoliyatidir. Bunda ta’lim beruvchining mahorati ta’lim oluvchilar ichida kimga 
nimadir tushunarsiz bo‘lganligini tezda (o‘z vaqtida) ilg‘ay olish qobiliyatiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Pedagogik mahorat – ta’lim beruvchining ustoz – murabbiylik fazilatlari, 
o‘qituvchilik kasbining sirlarini chuqur egallaganligi, insoniylik va iste’dodi hamda 
intellektual salohiyati va shu kabilar asosida undagi kasbiy ta’lim, tushuncha, 
ko‘nikma va malakalarning mukammal shakllangan kasbiy faoliyati. 
Pedagogik mahoratlik o‘qituvchida kamida quyidagi qobiliyatlar mujassam bo‘lmog‘i 
lozim: 

o‘qituvchi dars materialini aniq va ravshan bayon qila olishi kerak; 

o‘qituvchi 
o‘z ta’lim oluvchilarini iloji boricha o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bir xil fikrga 
keltira olishi kerak; 

o‘qituvchi mavzu mohiyatini to‘liq ochib bera olishi kerak va 
kerak bo‘lganda ularga bu mavzuning o‘z kasbiy faoliyatidagi o‘rni va roli haqida 
tushuncha bera olishi kerak; 

dars davomida befarq holda qatnashayotgan ta’lim 
oluvchini tezda dars mazmunini o‘rganishga jalb qila olishi kerak; 

o‘qituvchining 


831 
darsni yana davom ettirishini xohlovchi ta’lim oluvchilar soni auditoriyadagi jami 
ta’lim oluvchilarning qancha qismini tashkil etishini baholab berish va bu orqali o‘z 
dars o‘tish texnologiyasini takomillashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lish; 

o‘qituvchining dars maqsadiga erishganligini baholay bilishi va xulosalash qobiliyati 
va shu kabilar. 
O‘qituvchining pedagogik mahorati tajribasida va uning natijasida ta’lim metodlari 
samaradorligi oshishi yo‘llari asosiy e’tiborda bo‘ladi va ular ta’lim jarayoniga 
nisbatan turli usul, tamoyil, yondashuv va qarorlar hamda pedagogik qobiliyatlari 
yordamida amalga oshiriladi. 
Ta’limning muammoni qidiruv usuli – ta’lim oluvchilarning bilimini mustaqil ravishda 
izlab topishga yo‘naltirilgan ta’limiy faoliyat yo‘li. Ushbu usulda o‘qituvchilarning 
pedagogik mahoratining asosiy mazmunini ta’lim oluvchilarga berishni so‘z orqali 
ifodalash, ko‘rgazmali va amaliy usullar yordamida amalga oshirishlar tashkil etadi. 
Shuningdek, o‘qituvchining pedagogik mahorati oshishi va uning natijaviyligini 
ta’minlashdan muammoli ma’ruza ifodasi (izohi) orqali mulohaza yuritish, isbotlash, 
umumlashtirish, dalillarni tahlil qilish va rejaga mos tizimlashtirish, ta’lim oluvchini 
ushbu mavzudagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha o‘z ortidan ergashtirish bilan 
birga uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishlar ko‘zda tutiladi; 

Texnologik yondashuv – bu ta’limning aniq kutilgan natijalariga ega bo‘lgan uzluksiz 
jarayondir. Uning komponentlari quyidagilardan iborat: tizimli yondashuv asosida 
o‘quv jarayonini loyihalash; o‘quv maqsadini mumkin qadar aniqlashtirish; ta’lim 
oluvchilarni ularning hatti – harakatlari asosida o‘qitish; teskari aloqa; bilim, ko‘nikma 
va malakalarning to‘la o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga erishishini 
kafolatlashi; o‘qitishning samaradorligiga erishishi. 

Ta’limning mulohazalarga asoslangan qarori – bu mazkur qarorni amalga 
oshirishdagi o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi vazifalarni belgilash va taklif – 
mulohazalarni hisobga olish hamda amaliyotda foydalanishga tavsiyalash ishlab 
chiqish natijasi. Mazkur jarayon o‘qitishga har tomonlama mos tushuvchi ta’lim 


832 
texnologiyalarini yaratishda, ilg‘or axborotli ta’lim texnologiyalarini hayotga joriy 
etishda, qarorlarni qabul qilish bo‘yicha ta’lim oluvchilar vazifalarini belgilashda, 
qarorni joriy etishda, taklif va mulohazalarni yig‘ishlarda mukammal qarorlar qabul 
qilishga didaktik asos bo‘la oladi. 

Pedagogik qobiliyat – bu o‘qituvchining pedagogik faoliyatga xos bo‘lgan zaruriy 
xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘lib, unda shu xususiyatlar negizida pedagogik 
faoliyat bilan mohirona shug‘ullana olishlik layoqatining shakllanganligining muayyan 
darajasidir. 

Ta’lim tamoyillari. Bu o‘qish va o‘qitish jarayonida obektiv mavjud bo‘lgan va uni 
bir butun qilib turgan qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqlikdan kelib chiqib, odamlar 
tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida amal qilishlikka tavsiya etilgan 
harakatlar tarkibidir. Demak, ta’lim tamoyillari – bu o‘qituvchining faoliyatini va 
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini xususiyatini belgilovchi asosdir. U ta’lim beruvchi 
va ta’lim oluvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli 
normada, turli mazmunda va har xil yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning 
samaradorligini belgilaydi. Ana shuning uchun ham mazkur jarayonda o‘qituvchining 
pedagogik mahorati juda zarur va unda ta’lim berishning muhim ob’ktiv 
qonuniyatlarini ta’lim tamoyillari o‘zida aks ettiradi. Pedagogikada o‘qituvchining 
pedagogik mahoratini oshirishga imkon beruvchi ko‘pgina umumiy tamoyillar mavjud. 
Ular: onglilik va faollik; ko‘rgazmalilik; tizimlilik va muntazamlilik; mustahkamlik; 
tushunarlilik; ilmiylik; nazariya bilan amaliyot birligi; ta’lim – tarbiyaning birligi; 
ta’lim – tarbiya tizimi va uning uzunligi; pedagogik texnologiya tamoyillari. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет