Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M. Mirziyoev Erkin va faravon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. Toshkent “ O‘zbekiston”, 2016
2. K. Qosimova, S. Matchanov, X. G'ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev. "Ona
tili o‘qitish metodikasi" :, Toshkent, "Nosir" nashriyoti". 2009.
930
3. N. Mahmudov, A. Nurmonova, A. Sobirov, D.Nabiyeva. 6-sinf uchun darslik
"Tasvir" Toshkent 2017
4. Rafiyev A. , G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun
darslik). T. , “Sharq”, 2013.
5. Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. “Navro’z”,
2018.
6. Golish L. V. , Fayzullayeva D. M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
va rejalashtirish. T. , “Iqtisodiyot”, 2012.
7. “Umumta‘lim fanlari metodikasi” jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018.
931
ФИО автора: Maxmadmurodova Maloxat Abdumurotovna
Toshkent shaxar, Mirobod tumani
214-maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi
Название публикации: «SOG`LOM TURMUSH TARZINI YARATISH»
Annotatsiya: Ushbu maqolada sog’lom turmush tarzini yaratish uchun olib
borilayotgan jarayonlari haqida aytib o’tilgan. Inson organizmining biologik, ruhiy,
jismoniy holatlari va mehnat faoliyati ahamiyati tushuntirilgan.
Kalit so’zlar: oila, maktab, sog`lom oila, ruhiy osoyishtalik, yosh avlod.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq yosh avlodni har jihatdan
barkamol insonlar etib tarbiyalash birinchi prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan
siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. 2002-yil 24-oktabrda
qabul qilingan “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish
to‘g‘risida”gi farmon bu boradagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.[1] O‘tgan vaqt
mobaynida mazkur farmonga muvofiq o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va
ma’naviy salomatligini mustahkamlash, farzandlarimiz ongiga sog‘lom turmush
tarziga intilish va sportga muhabbat tuyg‘ularini singdirish yuzasidan keng ko‘lamli
ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sport
majmualari qad rostladi.
Odam hayoti, sog’lig’i - eng katga ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson
tarbiyasi, kamoloti bilan shug’ullanuvchi boshqa maskanlar oldiga sog’lom turmush
tarzini shakllantirish masalasini ko`ndalang qo`yadi. Millat sog’lig’i ham tabiiy
ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi. Salomatlik - inson organizmining
biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan
birligidir. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir. Uning mehnat
unumdorligi, mamlakatning iqtisodiy qudra-tini, xalq farovonligini rivojlantirishning
zarur shartidir.
Umumxalq mulki bo`lmish sixat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan
yondashish jamiyat va uning barcha a`zolarining turmush, axloq normasi bo`lmog’i
lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun, avvalo, odam o`z tanasining
932
tuzilishi barcha to`qima va a`zolarining normal ishi faoliyati, o`sishi, rivojlanishi va
ko`payishi qonuniyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudodlar kabi,
insonga ham xos bo`lgan ushbu biologik xususiyatlarni asrash va tobora
takomshshashtirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish
talab etiladi.
Sog`lom turmush tarzi – bu faol mehnat, kuchli jismoniy va ruhiy holat, o`ta xavfli
va zararli ta’sir ko`rsatuvchi omillarni yenga oladigan, yetuklikka intiluvchan
shahsning shakllanish jarayonidir. Sog`lom turmush tarzining asosiy yo`nalishlari
quyidagilardan iborat: to`g`ri va ratsional ovqatlanish, harakatli turmush va
badantarbiya, kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish, jinsiy
tarbiya va sog`lom oila, ruhiy osoyishtalikni ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish,
shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish, baxtsiz hodisa va jarohatlardan
ehtiyotkorlik, sog`lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo`lishdir.[2]
Sog’lom turmush tarzi - falsafa, psixologiya, pedagogika hamda umumiy
fiziologiya, anatomiya, gigiena, genetika, ekologiya va boshqa tabiiy fanlar bilan
mustahkam aloqada bo`lgani bois, ular erishgan uslublarga tayanib ish ko`radi.
Sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri –bu badantarbiyadir. Sog’lom turmush tarzi (STT)
va sog’liqni saqlashda Abu Ali Ibn Sino asosan yetti narsaga e`tiborni kuchaytirish
zarurligini o`qtirib o`tadi: bularga mijozni mo``tadil qilish, eyiladigan va ichiladigan
ovqatlarni tanlash, gavdani chiqindidan tozalash, to`g’ri tuzilishni saqlash, burun orqali
olinaadigan havoni etarli va yaxshi olish, kiyimga e`tibor berish, jismoniy va ruxiy
harakatlarni tartibga solish (shu’ harakat jumlasiga uyqu va uyg’oqlik ham kiradi.)
Sog’lom turmush tarzi (STT) inson madaniy, jismoniy rivojlanishi, mexnat
unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o`z ichiga oladi. STT ning asosiy tarkibiy
qismlari –samarali ish faoliyati, shaxsiy gigiena, zarali odatlardan voz kechish,
belgilangan bir vaqtda to`g’ri ovqatlanish, jismonan chiniqish, jismoniy tarbiya bilan
muntazam shug’ullanib turish.
R.Qarshieva “Gigiyena tabobatning keng qamrovli sohasi bo`lib, u kishilar
hayoti va salomatligi uchun zarur bo`lgan talablarni nafaqat tozalik nuqtai nazaridan,
balki ularning turmushlarini go`zal, qulay, behavf bo`lishligini ta’minlovchi
933
masalalarni o`z ichiga oladi”, – deydi. Inson salomatligining gigiyenik asoslari, ya’ni
insonning jismonan sog`lom bo`lishi, turli hil havfli kasalliklardan himoyalanishida
mustahkam qalqon yaratish, eng avvalo, har bir kishi tomonidan shaxsiy gigiyena
qoidalariga qatiy amal qilib yashashi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, insonning
istiqomat qilishi uchun zarur bo`lgan gigiyenik yashash sharoitlarini ta’minlashni
nazarda tutuvchi jamoatchilik gigiyenasi talablariga amal qilib yashashi bilan ham
uzviy bog`langan.
Shaxsiy va jamoatchilik gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida har hil
yuqumli kasalliklarga duchor bo`lish mumkin. Kelajak bunyodkori va mezoni bo‘lgan
yoshlarning tarbiyasi qay darajada muhim bo‘lsa, ularning ta’lim masalasi ham
benihoya muhim. Millat tanlamas illatlardan ularni himoya qilish davr talabi.
Buyuk davlat asoslarini qurish, erkin va farovon jamiyat barpo etish – istiqlolning
ilk kunlaridan mamlakatimizda strategik maqsad etib belgilandi. Albatta, bu ezgu
maqsadlarga erishish ko‘p jihatdan kelajak avlodning har tomonlama sog‘lom va
barkamol bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.[3]
Sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-qizlar
sport bilan shug‘ullanishni kundalik hayot tarziga aylantirgani ularning jismoniy
holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Sog‘lom avlod uchun” ordenining
ta’sis etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan
barkamol avlodni tarbiyalash, ularning kamolini ko‘rish, ota-onasiga, Vataniga
sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdir.
Mazkur ordenning tasvirida bu jihatlar o‘ziga xos ramziy ma’no-mazmun bilan
ifodalangan. Uning o‘ng qismida quyoshning iliq nurlari fonida farzandini opichlab
turgan ona siymosi aks ettirilgan. Vatan timsoli bo‘lgan bu siymo mehr va xotirjamlik
bilan farzandiga tikilib turibdi, beg‘ubor va baxtiyor bola esa quyosh nuriga – porloq
kelajakka talpinmoqda. Orden biriktirilgan dastaning ichki qismi yashil rangdagi
tovlanuvchi lenta bilan o‘ralgan. Lentaning o‘rtasiga uyg‘onish va yangilanish ramzi –
gullab turgan o‘rik novdasi tasviri tushirilgan. Dunyoda kasblar ko‘p. Lekin qobil
farzand tarbiyalash, uni sog‘lom va barkamol etib o‘stirish eng sharafli, ayni paytda,
eng mas’uliyatli vazifadir. Har qanday jamiyat el-yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon-
934
e’tiqodli, mard va jasur, ma’naviyati yuksak farzandlari bilan faxrlanadi. Ana shunday
noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka katta
ishonch bilan qaraydi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, buyuk davlatni faqat
sog‘lom millat, sog‘lom avlod qura oladi.
Достарыңызбен бөлісу: |