Adabiyotlar
1.Inklyuziv sinflarda o‘quvchilar extiyojlarini anglash va u ehtiyojlarni qondirish.
Inklyuziv Ta’lim. Asosiy Ta’lim bo‘limi 75252 Paris 07. SP Franse
2. Farg‘ona shaxar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan
Respublika kasb-hunar kolleji “Imkoniyati imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
ijtimoiy ish” uslubiy ko‘rsatma. Farg‘ona-2014y
3. https://nsportal.ru/npo-spo/informatika-i-vychislitelnaya ekhnika/ library/ 2018/
07/26/obuchenie-lits-s-ogranichennymi
4.https://nsportal.ru/download/#https://nsportal.ru/sites/default/files/2018/07/26/dokla
d_obuchenie_ovz_na_urokah_informatiki_2017_dlya_interneta.doc
926
ФИО автора: Umirzaqova Xatichaxon Qo‘chqarovna,
Andijon viloyati Paxtaobod tumani
34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Название публикации: «TA’LIM TIZIMINIDA ONA TILI FANINING
AHAMIYATI»
Annotatsiya: Maqolada ona tili fanining o‘qitilishida amaliy mashg'ulotlarning
o‘rni va o‘quvchilarni ingliz tili va o‘zbek tilini o‘rganishdagi tafovut hamda ona tili
faniga qiziqishni inobatga olish dolzarbligi haqida bayon etilgan
Kalit so‘zlar: PISA, kommunikativ, ko‘nikma, fanlararo, o‘zga tillar.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib
o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan mamlakatlari bilan siyosiy,
ijtimoiyiqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga olib
keldi. Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta
o‘zgarishlar bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, fan
va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy
metodlar va texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan
berilayotgan e'tibor juda katta bo‘lmoqda. Innovatsion va pedagogik
texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi - bu ta'limda tub
burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va
metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi, boshqariluvchi -
o‘quvchifaoliyati birgalkda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham
o‘quvchidan ham mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi. Hozirgi kunda ta'lim
tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak
bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega
bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda
qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta
o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim.
927
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi farmoniga
muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va
unda bir qancha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar
belgilandi. Misol tariqasida shuni ta'kidlash joizki, 2030- yilga borib o‘quvchilar
bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi
yetakchi mamlakatlar qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun
esa pedagoglar, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalar
talaygina: o‘zbek tilining nufuzi, jahondagi o‘rni, boshqa tillar bilan bemalol bellasha
oladigan qirralarini ko‘rsata olishi asosiy vazifadir. Avvalo, o‘quvchini ona tili faniga
qiziqtirish, unda fanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, ona tilining biz bilmagan sir
- sinoatlarini ochishga o‘rgatish va, eng muhimi, amalda bajarish kerak. Shu bilan
birga, Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Erkin va farovon demokratik
O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asari va "Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi" dan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili fanini o‘qitishda turli
zamonaviy metod va usullardan foydalanish, foydalanilayotgan metod va usullarning
o‘quvchilarga qay darajada samara berayotganini aniqlash hozirgi kunda muhim
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ona tili fanini o‘qitishdan maqsad - o‘quvchilarda
mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, fikr mahsulini og'zaki hamda yozma shakllarda
to‘g'ri va ravon ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Afsuski, hozirgi
kunda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati, adabiy til me'yoriga amal qilish va,
eng asosiysi, fanga bo‘lgan qiziqish susayib bormoqda hamda buni inkor qilib
bo‘lmaydi. Oxirgi yillarda ingliz, rus tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab juda kuchli, bu,
albatta, tobora jadal rivojlanib borayotgan jamiyat bilan bog'liq.
Til bilgan yaxshi, ammo o‘z ona tilisini mukammal bilmay turib boshqa tillarga
mehr bilan qarash o‘zbek tilining nufuzini yanada pasayishiga olib kelyapti, nazarimda.
O‘zbek xonadonlarining farzandini rus tili o‘rgatiladigan sinf yoki maktablarga qo‘yib
bolani til o‘rganish bilan bog'liq muammoga duch qilishyapti. Bola nutqida turli xil
tildan foydalanish kuzatilyapti. O‘zga tillarni o‘rganib boshqa millat urf - odatlarini
egallashga bo‘lgan ishtiyoq, taqlid qilish kabilar kuchaymoqda. Pedagoglardan
birinchi navbatda ona tilimizning jahondagi o‘rnini, nufuzini o‘quvchiga chuqur, juda
928
chuqur singdirib, mehr uyg'otib, sir - sinoatini o‘rgatib, boshqa tillar bilan bellasha
oladigan qirralarini ko‘rsatib undan keyin o‘zga tillarni egallashdagi ehtiyoj nimadan
iborat ekanligini tushuntira olish talab qilinadi. O‘quvchi yangilikka intiluvchan
bo‘ladi. Har qanday fanni fanlararo bog'lab o‘rgatish maqsadga muvofiq. O‘quvchini
fanga qiziqtirish, avvalo, pedagogning bilimi, malakasi bo‘lsa, undan keyin dars
jarayonida qo‘llay oladigan zamonaviy metod va innavatsion texnologiyalardir. Ona
tili fani o‘quvchi-yoshlar bilimining asosiy poydevorini tashkil etish bilan birga
ularning nutq boyligini ta’minlashda ham muhum o‘rin egallaydi. Shiddat bilan
rivojlanib borayotgan zamonda maktablarda ona tili va adabiyot fanining
chuqurlashtirib o‘tilishini, sifatli dars mashg’ulotlari olib borilishini, fanlararo
bog’lanishlarni kengroq ta’minlashga alohida ahamiyat berilishini talab etmoqda.
Shunday ekan maktablarda o‘quvchi-yoshlar qiziqishi, fanga moyilligi asosiy
masaladir. Kelajak yoshlarimiz qiziqishlarini to‘g'ri yo‘naltirish va amalaiyotga
moslashtirish har bir pedagogning oldidagi mas’uliyatli vazifadir. Bilim beramiz,
o‘quvchi test ishlay oladi va nazariy savollarga ham javob beradi, ammo amaliy bajarib
berishga kelganida hatto texnik qoidalarini ham nazariy bayon etadi, amaliy bajara
olmasligi isbotlangan. Ayniqsa, ona tili darsligidagi keyingi yillar bir qancha tanqidga
uchrab tog'irlanib borilayotgan kamchiliklar o‘quvchining chalg'ishiga olib kelmoqda.
Ingliz tilidagi barcha darslik-qo‘llanmalar esa suratlar, turli usul va metodlar bilan til
o‘rganishning yengil usuli orqali o‘quvchini o‘ziga jalb etadi. Har bir nazariy qoida
amalda bajarilib ko‘rsatiladi. Bu har qanday o‘quvchini o‘ziga jalb qiladi va barcha
darsliklarni suratlar bilan bezatilgan holda mavzuga doir metodlarga moslab chiqarilsa,
maqsadga muvofiq bo‘lardi. Fanlarning o‘qitilishiga ijobiy ta’sirlar ko‘rsatish uchun
metodlarning o‘rni juda katta. Hozirgi davrda ona tili fani bo‘yicha o‘quv dastur va
rejalarni yangilash, o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.Maktab va akademik litsey til ta’limi jarayoni bugungi
kunda birinchi navbatda kommunikativ yondashuv xususiyatlarini o‘zida aks
ettirmog‘i darkor. Kommunikativ yondashuvga ko‘ra nutq muayyan nutqiy maqsadni
ro‘yobga chiqarish, kimgadir axborot berib, kimdandir axborot olish, kim bilandir fikr
almashish asosida harakatga keltiriladi. Buning uchun yoshlar nutq o‘stirish mashqlari
929
mobaynida muloqot madaniyatini o‘zlashtirishlari, suhbatdoshiga ta’sir ko‘rsatish
layoqatini egallashlari lozim. Shuningdek, ushbu yondashuvning talabiga ko‘ra maktab
va akademik litseyning o‘quvchilari ona tilini muomala-aralashuv taqozo etadigan,
axborot olish ehtiyoji talab qiladigan darajada o‘rganishi va egallashi zarur, qolaversa,
shu tilning chinakam sohibiga aylanishlari daralmas ommunikativ yondashuvning
mazmun-mohiyati rus tili o‘qitish metodikasida yetarlicha o‘rganilgan. Keyingi
paytlarda bosqichma - bosqich rivojlanib borayotgan ta'lim sohasida aynan ona tili
fanining oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad o‘quvchi nutqini o‘stirishdan iborat. Aynan
darsliklar ham so‘z boyligini oshirish bilan bog'liq turli mashq va topshiriqlarga urg'u
bergan holda yaratilmoqda. Ya'ni so‘zlarning shakl va ma'no munosabati, iboralar
ma'nodoshligi, o‘xshashligi, zid ma'noliligi, arxaik va tarixiy so‘zlarning qo‘llanilishi,
matn ustida ishlash kabi mavzular rangbarangligidan iborat.
Ammo aksariyat o‘quvchilar bunday so‘zlarni nutqini o‘stirish maqsadida emas,
test jarayoniga tayyorlanish uchungina ko‘r - ko‘rona yodlab olmoqda,xolos.
O‘quvchilar nutqiga e'tibor bersak, ularda ko‘p hollarda parazit so‘zlarning
ishlatilishini kuzatish mumkin, ya'ni haligi, nima edi, ok, good bay... va hokazo kabi.
Darslikda keltirilayotgan ibora - yu nutqqa oid turli so‘zlarning gap tarkibida qanday
holda, qay maqsadda ishlatilishini tasavvur ham qila olmaydi. O‘quvchi nutqini
o‘stiradigan holatlarning birinchisi, so‘z boyligining ko‘pligi bo‘lsa, keyingisi shu
so‘zlarni gap tarkibida o‘z o‘rnida qo‘llab ravon, to‘g'ri nutqni shakllantirishdir.
Masalan, ona tili darslarida turli metodlardan:"Aqliy hujum "," FSMU", "Baliq
skeleti", "Sarlavha bizdan, matni sizdan "va hokazolardan foydalaniladi hamda ayrim
hollarda kutilgan natijaga erishish mumkin. Bu metodlarning ayrimlari qo‘llanilganda
bir muddat o‘quvchi o‘ylashi uchun vaqt ham ajratiladi, ammo bu usullarning bari
o‘quvchi nutqini to‘la shakllantirib bera olmasligi mumkin.
Достарыңызбен бөлісу: |