Adabiyotlar:
1.
Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va
metodikasi. -T.: Istiqlol, 2016.
2.
Qo‘chqorova M. Maqsadga erishish yo‘lida: Bolalar o‘yinlari orqali olgan
bilimlar // Boshlang‘ich ta’lim, 2014, №3, 30-31 b.
3.
Qurbonov T.-Yoshlarda milliy g‘ururning shakllanishida madaniy
mehrining roli. Avtoref. dis. ped fan. nom. -T., 2015, 24 b.
129
ФИО автора: Yandashova Dilniso
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistranti
ФИО научного руководителя: Qurbonova X. (f.f.n.)
Название публикации: «TA’LIM MUASSASALARIDA ALISHER NAVOIY
ADABIY MEROSINING O‘RGATILISHI»
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablari ona tili darsliklarida
Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi haqidagi masalalar yoritilgan.
Annotation: This article deals woth the study of Alisher Navoi’s works in the
text- books of the native language of secondary schools.
Аннотация: Статья посвящена исследованию творчества Алишера Навои
в учебниках родного языка общеобразовательных школ
Kalit so‘zlar: darslik, tuyuq, qit’a, fasohat, Unsiya, Musallo
Keywords: textbook, hen, continent, eloquence, ounce, musallo
Ключевые слова: учебниккурица, материк, красноречие, унция, мусалло.
Sharqdagi uyg‘ onish davrining ulug‘ siymolaridan bo‘lmish Alisher Navoiy
asarlarini ta’lim muassasalari o‘quvchilariga o‘rgatish bu ularning qalbiga tilga
sadoqat, inson shaxsiga hurmat va extirom, yuksak insoniy fazilatlar urug‘ ini qadamoq
demakdir.
Har qanday ulkan shoir ijodining tub asosi va mohiyati u mansub millatning
tilidir. Alisher Navoiyni ham buyuk mutaffakkir bo‘lib yetishishida albatta tilning o‘rni
beqiyos. Uning hikmatlari, yozgan asarlari-yu, biz avlodlarga qoldirgan buyuk merosi
har qanday insonning hayoti va ilmiy ijodiy faoliyati uchun buyuk maktab bo‘lib
xizmat qiladi. Shu tomonlarni hisobga olgan holda bugungi kunda ta’lim
muassasalarining ona tili darsliklarida ham Alisher Navoiy ijodiga munosabat, uning
ilmiy va adabiy ijodiga bo‘lgan qiziqish mana bir necha asrdirki o‘z qiymatini aslo
yo‘qotgani yo‘q. Umumta’lim maktablaridagi qay bir sinf darsligini qo‘lga olmaylik,
ularning barchasida Navoiy nazmining vasfi, hikmatlarining xazina nurlari ufurib
turadi. Masalan, 10-sinf darsligidagi B.Mengliyev, Sh.Toshmirzayeva, S.Atoyeva,
130
S.Majidova, D.Mannopova, “O‘qituvchi” NMIU, 2020) mashqlar orqali ham Alisher
Navoiy ijodidan berilgan ma’lumotlardan bahramand bo‘lib, ta’lim va tarbiya oladilar.
Masalan 10-1 mashqda berilgan matnni o‘qish va uning asosiy mazmunini bir jumlada
bayon qilish topshirig‘ i berilgan. Matn “Devon orzusida…” deb nomlangan. Bu mashq
orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalari, shuningdek matndagi
ma’lumotlarni o‘rganish orqali o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyalari ham
rivojlantiriladi. Bundan tashqari shu sinfda omonim so‘zlar sifatini o‘rganishda 12-1
mashqda Tuyuqlarni tinglash va omonim so‘zlarni topib, qaysi ma’noda qo‘llanganini
aniqlash topshirig‘ i darslikda Navoiyning turkiy adabiyotgagina xos bo‘lgan tuyuq
janrida yozilgan namunalari orqali berilgan.
Yo rab, ul shahd-u shakar yo labdurur
Yo magar,shahd-u shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
G‘ amza o‘qin qoshig‘ a yolabdurur.
Ma’nosi: Yo labdurur-labmikin, shakarmikin
2. Yolabdurur-yalaganmikin
3. Yolabdurur-yoylabdimi? kabi tajnisli so‘zlardan mohirona foydalangan.
Olmani sundi nigorim, “ol” dedi
Olma birla bu ko‘ngulni “ol” dedi
So‘rdim ersa olmasini rangini
Ne so‘rarsen olma rangi “ol” dedi
Ma’nosi: 1. ol-yomon, 2. Ol-olish, 3. ol-qizil rang.
Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay,
Otki, o‘trusiga oning ko‘z tutay.
Necha ko‘rgach o‘zga mahvashlar qoshin,
Yangi oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay.
1. ko‘z tutmoq , 2. tutmoq, 3. sevinmoq.
Bunda o‘quvchilarga tuyuq orqali tilimizdagi so‘zlarning naqadar keng
imkoniyatga egaligini anglatishimiz mumkin. Shuningdek, darslikning 62-betida
Alisher Navoiyning quyidagi qit’a namunasi keltirilgan.
131
Anda har bayt necha ma’ni ila
Bayt emaskim, g‘ arib xonadurur
Demak yuqoridagi qit’ani o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning nutqiy
kompetensiyaviy malakalari rivojlanadi va mustahkamlanadi. She’r o‘quvchida
qancha ko‘p mushohada uyg‘ otsa, uning adabiyotga bo‘lgan tilga bo‘lgan qiziqishi
shunchalik ortadi. Yuqoridagi misralar bu fikrimizga misoldir. Ya’ni izohini shunday
yetkazishimiz mumkin o‘quvchiga: baytlar shunchalik ma’no mazmun bilan birgalikda
g‘am, iztirobga liq to‘laki, ular go‘yoki bayt emas g‘aribxonadir deydi shoir.
Garchi mumkin yo‘q vale bir qatla kirsang ilgima,
Borsa bosh, aldin chiqarmoq o‘zga ne imkon seni.
Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ ing yaxshi,
Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ ing yaxshi,
Eng bila menging yaxshi, saqog‘ ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin ayog‘ ing yaxshi.
Navoiyning yuqoridagi misralarida keltirilgan inson ta’na a’zolari nomlarining
ko‘hna ifodalarini hozirgilari bilan almashtirib, ularning ro‘yxatini tuzish kabi mashq
sharti albatta o‘quvchilarni adabiyot va til bilan birgalikda so‘zlarning kelib chiqish
tarixiga ham murojaat qilishga, izlanishga va fikrlashga undaydi.
Misradagi ilig-panja, al-qo‘l, qabog‘ -qovoq, dudog‘, saqog‘ kabi so‘zlarning
ma’nolarini izohlab berish va ularni o‘quvchilar xotirasida saqlanib qolishi
o‘qituvchining ilmiy mahoratiga ham bog‘liq.
Hozirgi kunda birgina 10-sinf darsligida emas balki umumta’lim maktablarining
11-sinflari uchun yaratilgan ona tili darsligida (B.Mengliyev, Sh.Toshmirzayeva
S.Atoyeva, S.Majidova.”O‘qituvchi” NMIU 2020) ham Alisher Navoiy ijodiga qayta
va qayta murojaat etilgan. Shundan darslikdagi 1-1-mashq “Fasohat gulshani” deb
nomlangan mashqda buyuk mutaffakir bobomizning istiqomat qilgan uylari bo‘lmish
“Unsiya”, hazrat mangu qo‘nim topgan makon “Musallo” maydoni ezgu niyatlar,
xayrli duolar qilinadigan pok ko‘ngillar sajdagohi sifatida ma’lum va mashxurdir kabi
g‘ oyat ma’noli fikrlar aytib o‘tilgan. Bugungi kunda ham buyuk bobokalonimiz
132
shaxsiyati hurmat va e’zozda ekanligining yaqqol isboti sifatida Toshkentdagi milliy
bog‘ imizda hazrat Navoiyning muqaddas haykalining qad rostlaganligini.ularning
siymosi nur taratib turgan go‘shada bunyod etilgan “Adiblar xiyoboni”ni ham
yurtimizda ularga bo‘lgan yuksak hurmatning ifodasi deb aytishimiz mumkinligi
matnda yoritib berilgan. Shu o‘rinda darslikdagi Minhojiddin Mirzo qalamiga mansub
4 banddan iborat g‘ oyat mazmunli she’rning berilganligi ham Navoiy bobomizning
asarlari sehri nafaqat yozuvchilarimiz balki shoirlamizning ham ijodida katta bir
uchqun bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu go‘shakim, dil bahr olar, muanbar ziyoratgoh bo‘lgay,
Sohibkim hazrat Navoiy, demakkim, saodatgoh bo‘lgay,
Misli, ”Musallodek” ahli ko‘ngilga sajdagoh bo‘lgay,
Bunga pok qalb-la kelganlar anga o‘zi guvoh bo‘lgay.
Bundan tashqari biz bilamizki Alisher Navoiy ijodida do‘stga sadoqat, vafo
tushunchalari ham alohida mazmunga, mohiyatga ega, 18-2-mashqda o‘quvchilar
gaplarni ixchamlashtirish va she’riy parchalarni sodda gaplarga aylantirib yozish orqali
o‘z o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi rivojlanadi.
2
Yor uldurki, har nechakim o‘ziga istamas, yorig‘ a ham istamagay.
3
Yuqoridagi bayt Navoiyning o‘limidan yil oldin qog‘ ozga tushurgan asari
“Mahbub-ul qulub” (Ko‘ngillarning sevgani) asaridan olingan. Darsda o‘qituvchi
birgina shu misra bilan cheklanib qolmasdan, ushbu asar haqida ham o‘quvchilarga
to‘liqroq ma’lumot berib,asarda safarning foydalari, hilm (yumshoq tabiatlilik) haqida,
yaxshilik va yomonlik haqida aytilgan ibratli fikrlarni ham keltirib o‘tishi
mumkin.xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, O‘zbek tili va adabiyoti shunday
bir mohiyatga egaki, unda moddiylikdan ko‘ra, ma’naviylikka e’tibor hamisha yuksak
bo‘lgan.
Достарыңызбен бөлісу: |