Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alisher Navoiy “G‘aroyib us-sig‘ar”.T.,1959.
2
N.Mahmudov, Y. Odilov, G. Ziyodullayeva 11-sinf Ona tili darslik. O’qituvchi”NMIU,2020. 3-67- betlar.
133
2. Ibrohim Haqqul f.f.d. “Navoiy va Bobur” ilmiy maqola. Til va adabiyot jurnali.
2015-yil 1-son.
3. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to‘plami (MAT). Yigirma jildlik. 40 jild.
T:Fan, 1989.
4. www.til va adabiyot.uz.
134
ФИО автора: Zulpixotova Sevara Rabbanakulovna
Samarqand viloyat Ishtixon tuman 3-maktab boshlanĝich sinf òqituvchisi
Название публикации: «BOLALARNING BILIMLI BO`LISHI UCHUN FAQAT
USTOZLAR MA`SULMI»
Farzand – bu allox bergan eng ulug` ne`matdir. Har bir oilaning quvonch
sababchisidir. Ota -onaning, yurtimizning kelajak mevasidir .Farzandlarimiz
bizdanda bilimli bo`lishi ,bizdanda baxtli bo`lishi uchun astoydil harakat
qilishimiz kerak. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev o`z so`zida ‘’Maktab ,
maktab va yana maktab . Maktabni rivojlantirsak, hamma soha bo`yicha
rivojlanish bo`ladi, men bunga ishonaman’’ deb o`z so`zida ishonch bildirdi.
Shuning uchun ham yurtboshimiz farzandlarimiz kelajagi uchun juda ko`p
imkoniyatlar yaratmoqda. Farzandlarimizni ta`lim olishi uchun yangidan yangi
imkoniyatlar yo`llarini ochmoqda. Faqatgina farzandlarimiz bunday imkoniyatlardan
oqilona foydalana olsa bas.
Shu onda meni bir savol qiynaydi. Farzandlarimizni bilimli bo`lishi uchun faqatgina
ustozlar ma`sulmi? Nima deb o`ylaysiz. To`g`ri o`qituvchi o`quvchilarni
o`qitishishga , bilim berishga, ularni to`g`ri yo`lga solishga astoydil harakak qiladi.
O`quvchilarni maktabga ilk bor qadam qo`ygan kunidan ustozlar ularga bor mehrini
beradi. Hatoki o`z farzandidek erkalab suyadi, qalb qurini beradi.
Hozirgi kunda farzandlarimni kelajagi yuksalishi uchun faqat o`ituvchilar emas,
balki mahalla, ota-ona hamkorligida ish olib borishlari lozim. Ota onalar
farzandlarimizni uy vazifalariga yordam berishi kerak deb o`ylayman.Ularni
o`qishlarini muntazam nazorat qilishlari lozim. Shunday ota onalarimiz yo`q emas
bor albatta.,farzandi uchun vaqt ajratadi, o`qishini muntazam nazorat qiladi. Doim
o`qituvchi bilan muntazam hamkorlikda ish olib botadi.
135
Lekin afsuski shunday ota onalarimiz ham borki farzandi o`qishiga beetibor.
Darslarni nazorat qilmaydi, uy vazifalariga yordamlashmaydi. Men o`z hayot
tajribamda bunday achinarli holatlarni ko`rib hayron qolaman. Naxot ota onalar oo`z
farzandi kelajagi uchun shunchalar befarq bo`lsa. Hozirgi kunda ham maktab
yig`ilishlariga kelmaydigan, ochiq darslarga qatnashmaydigan ota onalar ko`p
uchramoqda. O`quvchini bilimi past bo`lsa , yaxshi o`qimasa ,hulqi yomon tomonga
o`zgarsa darrov o`qituvchini aybdor qiladi. Lekin uyda o`z farzandlarini o`qishiga
e`tibor bermasligini o`ylamaydilar.
Shuning uchun ham yurboshimiz farzandlarimizni mehrli bo`lishi uchun , ota ona
bag`rida ko`proq bo`lsin deb boshlang`ich ta`limni haftasiga olti kun emas besh kun
qilib belgiladilar.hozirgi kun maktablarda boshlang`ich sinf o`quvchilari besh kun
o`qitilmoqda. Qolgan ikki kun ya`ni shanba yakshanba kunlari ota onasini bag`rida.
Shunday ekan o`qituvchi va ota onalar doim hamkorlikda ish olib borsa, farzandlar
bilimiga tarbiyasiga e`tibor qaratsa kelajakda bu o`quvchilar albatta yuksak
natijalarga erishadi.
Men ota onalardan shuni iltimos qilardim-ki, farzandlaringizni o`qishiga befarq
bo`lman. Ularni bilimli bo`lishi uchun qo`liga kitob bering. Agarda shunday qilsangiz
o`qituvchiga o`qituvchiga yordam bergan bo`lasiz.
Keling ! Aziz ota onalar maktab bilan ya`ni farzandlaringizni ustozlati bilan doimo
hamkorlikda, birgalikda harakat qikaylik.
Farandlarimiz, bu bizning, Vatanimizning kelajagidir!
136
Достарыңызбен бөлісу: |