Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Pdf көрінісі
бет42/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. 
http://www.lex.uz/
 pages/getpage.aspx?lactjd=2456411 sayti
2.
http://uzbekistonovozi.uz/articles/index/php?ELEMENT_ID=31541
3. «Jurnalistik faoliyatni ximoya kilish tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi konuni. 
Ommaviy axborot vositalari faoliyati soxasidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar to’plami. 
- T„ 2009. - B. 57. 
4. Aleksandrova I.B. Moblogi i blogi: alternativnыye SMI? // Vestnik Mosk. Un-ta. 
Ser. 10. Jurnalistika, 2008. - No 4. - S. 70. 
5. Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, 
Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn 
jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b. 
6. 
https://civil.uz/bloggerlik-nima-birinchi-dars/
 
7. 
https://civil.uz/bloggerlik-nima-birinchi-dars
 / blogidan 17.06.2021 da olindi. 


147 
ФИО автора: Сатторханова Хонзодахон Сардархон кызы 
УзЖОКУ, международная журналистика 
Название 
публикации: 
«ОБЕСПЕЧЕНИЕ 
ИНФОРМАЦИОННОЙ 
БЕЗОПАСНОСТИ В СМИ» 
Аннотация: В данной статье приведены примеры обеспечения информационной 
безопасности в СМИ.Говорится, что он обратил свое внимание на 
центральноазиатский регион. 
Annotatsiya: ushbu maqolada ommaviy axborot vositalarida axborot xavfsizligini 
ta’minlash misollar bilan keltirilgan va Bugungi voqealar, xususan, xalqaro 
terrorizmning payini qirqish borasida tuzilgan xalqaro koalitsiyaning shu yil 7 oktabr 
kuni kechasi Afg'onistondagi terroristlar bazalariga havodan zarba bera boshlagani 
butun dunyo ommaviy axborot vositalari e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga 
qaratganligi haqida fikrlar yoritiladi. 
Ключевые слова: Запрещенные методы, Свобода, Право собственности, 
Государственное управление, Жанры и виды деятельности в печатных СМИ, 
Коммуникация, Информатизация, Комплексы информационных систем, 
Ресурсы. 
Kalit so’zlar: Taqiqlangan usullar, erkinligini, mulk huquqini, davlat hokimiyati, 
Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari”, Aloqa, 
axborotlashtirish, Axborot tizimlari komplekslari, resurslari. 
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkindir. Har kim, agar 
qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida 
chiqish, o‘z fikri va e'tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir. Davlat ommaviy 
axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk huquqini, 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular 
mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya 


148 
qilinishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish 
yoki aralashish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq 
axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga 
ega hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan 
tartibda javobgar bo‘ladi.
8
Internet nashrlari tashkil etildi. Ular boshqa materiallar qatorida eng muhim 
rasmiy axborotlar, normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida 
tarqatmoqda.”
9
Darvoqe, internet tarmog‘i turli shaharlardagi odamlarni o‘zaro bog‘lovchi 
vosita, davlatlarning yagona eng tezkor axborot tarqatuvchisi va muloqot maydoni 
darajasiga ko‘tarildi. Bu haqidagi faktlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, kundalik 
auditoriyani hisoblaganda, internet allaqachonlar eng ommabop OAV hisoblangan 
TV ni yo‘lda qoldirganligini ko‘ramiz. Shu ma’noda, ayniqsa, odamlar eng ko‘p 
murojaat qiladigan OAV tizimi sifatida internet tarmog‘i hamda tv jurnalistlaridan 
nihoyatda hushyorlik talab etiladi. Har qanday OAV turida e’lon qilinayotgan 
axborotlar xolis bo‘lmog‘i shart, albatta. Shu ma’noda O‘zbekiston OAV da ham 
axborotlarni olish, qayta ishlash va tarqatish borasida cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Biroq o‘zbek mentaliteti o‘z millati ruhiyatini yovuzliklardan, axborot xurujlari-yu 
zo‘ravonliklardan asrab-avaylash, jamiyat a’zolarini faqat ezgu g‘oyalar ko‘magida 
tarbiyalashni nazarda tutadi. Shu boisdan ham O‘zbekistondagi istalgan OAV turi 
milliy mentalitetga xos belgilarni inobatga olgan holda o‘z faoliyatini olib boradi. 
Ammo onlayn-nashrlarda bosma OAV ga nisbatan erkinlikning guvohi bo‘lishimiz 
mumkin. Buning sababi esa internetdagi ma’lumotlarning cheksizligi, o‘quvchida bir 
vaqtning o‘zida axborotlarni boshqa manbalar bilan solishtirish imkoniyatining 
mavjudligidir. 
Globallashuv sharoitida milliy axborot makonini to‘laqonli shakllantirish, 
8
https://kun.uz/uz/news/2019/10/17/oav-togrisidagi-qonunning-yangi-tahriri-
yashirin-audiodan-foydalanish-holatlari-aniqlashtirilmoqda
9
Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига 
табриги. 26.06.2020. 


149 
fuqarolarimizda axborot immuniteti va yot g‘oyalarga qarshi mexanizmlar yaratish 
orqali qarshi fikr uyg‘ota olish nafaqat O‘zbekiston, balki jahondagi har qanday 
davlatning strategik manfaatlari bilan hamohang bo‘lgan muhim masalalar sirasiga 
kiradi. Jumladan, “Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat 
masalalari” kitobida shunday deyiladi: “Yangilik nafaqat bir davlat va jamiyat 
taraqqiyotiga, balki xalqaro hamjamiyat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi. Dunyoda 
globallashuv jarayoni borayotgan paytda yangilik xalqaro ahamiyat kasb etadi. 
Deylik, ilm-fandagi yangiliklardan dunyo xalqlarining xabardor bo‘lishlari 
taraqqiyotni tezlashtiradi, ya’ni insonlar kashfiyotu ixtirolar natijasida dunyoni, 
o‘zlikni anglashga harakat qila boshlaydilar. Iqtisodiy-siyosiy yangiliklardan voqif 
bo‘lish davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qiladi, aloqador davlatlarning 
rivojlanishiga olib keladi
10

Ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom ijodiy raqobat, jurnalist 
kadrlarning zamon bilan hamnafas va hamqadam bo‘lishi, o‘z kasbiy mahorati bilan 
birga siyosiy bilimi va tafakkur salohiyatini muttasil oshirib borishi davr talabidir. 
Bugungi voqealar, xususan, xalqaro terrorizmning payini qirqish borasida 
tuzilgan xalqaro koalitsiyaning shu yil 7 oktabr kuni kechasi Afg'onistondagi 
terroristlar bazalariga havodan zarba bera boshlagani butun dunyo ommaviy axborot 
vositalari e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratdi.
Xalqaro terrorizmni ildizi bilan qo'porib tashlash uchun kurash bilan birga 
dunyoning "yangilik imperiyalari" o'rtasida o'z omoshabinlari-tinglovchilari-
o'quvchilariga yangilikni birinchi bo'lib yetkazib berish uchun bo'lgan kurash ham 
qizib ketdi. Bu tabiiy. Chunki har kim bu yerdan o'ziga tesha tegmagan yangilik 
axtaradi, shov-shuv ko'targisi, birinchi bo'lgisi keladi. Bu ham tabiiy.
Biroq, afsuski, ba'zan bo'lar-bo'lmasga sensatsiya ortidan quvish va "taqiqlangan 
usullar"dan ham foydalanish, ya'ni boks atamasi bilan aytganda, "beldan pastga zarba 
10
Босма оммавий ахборот воситаларида жанрлар ва маҳорат масалалари. 
Нашрга тайёрловчи
Н.Тошпўлатова. 5-ж. –Т.: “Ўзбекистон”, 2019. 20-бет


150 
berish" hollari ko'zga tashlanyapti. Bu holni muayyan ommaviy axborot vositasi o'z 
xodimining xatosi yoki noaniqliliga yo'yib, keyinchalik raddiya berishi ham mumkin, 
ammo raddiya efirga uzatilganda yoki gazetada bosilganda o'sha noto'g'ri (to'g'rirog'i, 
g'arazli) xabar butun dunyoni aylanib chiqqan va uning buyurtmachilari o'z maqsadiga 
erishib olgan bo'ladi. Sensatsiyani ko'chirib bosgan OAV unga bildirilgan raddiyani 
ko'chirib bosishga o'zida majburiyat sezmaydi. Manbani ko'rsatishning o'ziyoq ular 
zimmasidan har qanday masyuliyatni soqit qiladi.
11
Zikr etilgan terrorizmga qarshi kurashni yoritish jarayonida bu hol yana bir marta 
yaqqol namoyon bo'ldi. Rossiyadagi ayrim OAVning go'yo toliblar O'zbekistonga 
qarshi jihod e'lon qilib, uning chegarasi yaqiniga 8 ming (10 ming) kishilik qo'shin 
to'playotgani, keyinchalik o'sha qo'shinni general Abdurashid Do'stum boshliq 
Shimoliy ittifoq qo'shinlariga qarshi kurash uchun Mozori-Sharif tomon jo'natgani 
to'g'risidagi xabarlari quyosh charaqlab turgan osmonda gumburlagan momoqaldiroqni 
eslatadi. Hatto Rossiya jamoatchilik televideniyesi muxbiri shu yilning 8 oktabr kuni 
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik 
kengashi kotibi M.Rahmonqulov o'tkazgan brifingni sharhlayotib, shov-shuvlar 
dalillar bilan rad etilganini aytdi, biroq sharhi so'ngida prezident Islom Karimov 
o'zining Avstriya respublikasiga safarini qoldirganini o'sha shov-shuvlarning tasdig'i 
sifatida ustakorlik bilan qistirib o'tdi. O'z chegaralari yaqinida xalqaro terrorizmga 
qarshi urush bo'layotgan paytda har qanday davlat rahbarining boshqa bir mamlakatga 
rejalashtirgan safarni qoldirishi yoki kechiktirishi diplomatiya amaliyotida tez-tez 
uchrab turadigan hol. Qolaversa, buni Avstriya rahbariyati tushunish bilan qabul qildi, 
G'arbning yetakchi OAV ham bunga shov-shuv tusini bermadi.
Bunday vahimali xabarlarni tarqatishdan ko'zlangan maqsad nima, degan haqli 
savol tug'iladi. Afg'onistonda terrorizmga qarshi olib borilayotgan harbiy 
harakatlardan foydalanib, vahimali xabarlar tarqatarak, O'zbekistondagi vaziyatni 
beqarorlashtirishdan kim manfaatdor? Nega endi ayrim Rossiya ommaviy axborot 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет