152
sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi
ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot
xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish,
shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
-qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi
ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va
vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish
bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Xulosa
Biroq bugungi dunyoda axborot kurashi bir soniyaga ham to'xtamaydi. Unda
ba'zan nuqtai nazarlar, aqidalar, ma'lum bir prinsiplardan ko'ra, manfaatlar kurashi
ustuvorlik qiladi. Bizning birdan-bir maqsadimiz ham, manfaatimiz ham o'zimiz
haqimizdagi bor gapni dunyoga asl holicha yetkazishdir. Eng muhimi, birinchi
prezidentimiz Islom Karimovning O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri
savollariga javob qaytarayotib aytgan mana bu so'zlarini har doim esda tutishda:
"Hushyorlik, ogoh bo'lib yashash - bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas,
balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo'lishi lozim".
Достарыңызбен бөлісу: