143
bo’lgan quyidagi bloglarni sanab o’tish mumkin –
Xushnudbek.uz
,
Alisher Faiz
,
Chorsu.uz
,
Toshpulat Rahmatullaev
yoki
Voqea.uz
.
Blogerlar ma’lum ijtimoiy masala bo’yicha o’z fikr-mulohazalari va kuzatishlarini
boshqalar bilan Internet orqali baham ko’rishni afzal ko’radilar. Blogda joylashtirilgan
materiallar fikr-mulohaza, taxmin, e’tiroz, tanqiddan iborat bo’lishi mumkin. Blogning
veb-saytdan asosiy farqi shundaki, u ko’proq aniq belgilangan mavzuda blogerning
shaxsiy kechinmalari, tajribasi va/yoki fikr-mulohzalarini bildirish uchun xizmat
qiladi. Bloglar so’z erkinligidan foydalanishning eng zamonaviy va o’ziga xos usulidir.
Fikrlash va so’z erkinligi esa konstitutsiyaviy huquqdir. Mazkur huquqqa ko’ra, har
kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega bo’lib, faqatgina
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan
belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir (Qarang: O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
,29-modda).
5
Ammo blogerlik, blogerlarning ba’zilari jurnalist bo’lsa ham, jurnalistika emas.
Shuning uchun ularga jurnalistlarga qo’yiladigan talablarni qo’yish noto’g’ri.
Blogerlar, asosan, turli mavzular haqida o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Buning
uchun professional jurnalist bo’lish talab qilinmaydi. Jurnalist esa materialni
tayyorlashda, iloji boricha, ishonchli manbalardan foydalanishi, ularning to’g’riligini
tekshirib ko’rishi kerak (Qarang: “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi
Qonun
, 11-modda).
Jurnalistdan xolislik va masalani imkoniyat doirasida kengroq yoritish talab qilinadi.
Blogerlardan esa bularning birontasi talab qilinmaydi, talab qilish esa so’z
erkinligining jiddiy buzilishiga sabab bo’ladi. Chunki jurnalistikaning asosiy maqsadi
ma’lumotni tarqatish, blogerlikda esa o’z fikrini ifoda etishdir.
6
Достарыңызбен бөлісу: