u ulg‘ayar, aqlini tanir. O‘shanda mening yuragimni zirqiratib sindirgan narsalariga
achinarmikan ? Agar achinmasa, men bun-ga juda qattiq achinaman»
37
, deya xulosa
qilishidan anglashiladi.
Hikoyada yosh oilaning odatdagi turmush tarzi, ota-ona, ularning ilk farzandiga
munosabati tasvirlanadi. Sirtdan qaraganda, bular kundalik hayotning ahamiyatsiz ikir-
chikirlaridek tuyulishi mumkin. Ammo ... farzandiga qanday tarbiya berish har
kimning shaxsiy ishi, xohishi, albatta. Kimdir bolasiga qattiqqo‘l bo‘lsa, boshqa birov
uni erkalab taltaytiradi. Doimiy taqiq-tergovda o‘sgan bolaning o‘z fikri bo‘lmagani,
mustaqil biror ishni eplayolmagani kabi, har qanday xohish-istagi ota-ona tomonidan
so‘zsiz baja-rilgan, hamma narsaga ular orqali oson erishgan farzand ham
mas’uliyatsiz, qo‘lidan ish kelmaydigan landovur bo‘lib ulg‘ayishi tayin. Bunday
odam bir kun oila qurib farzandli bo‘lganida unga qanday tarbiya beradi ? Yoki o‘zi
amal qilmagan narsani farzandi-dan talab eta oladimi ? Zero, bolalar har ishda
kattalardan, avvalo, ota-onasidan ibrat oladi, ularga taqlid qiladi, har jihatdan ularga
o‘xshashga intiladi. Inson ko‘pincha e’tibor beraver-maydigan, ahamiyatsiz hisoblagan
ana shunday ikir-chikirlar kelajakda katta ko‘ngilsizlik va tashvishlarning yuzaga
kelishiga zamin bo‘lmaydi deb kim ayta oladi? Bizningcha, aynan shu muammo
muallifni tashvishlantirib, qo‘liga qalam tutqazgan.
Adibning «Tomosha» hikoyasida ham ota-bola munosaba-tidagi nozik jihatlarni
kuzatish mumkin. Said qishloqda tug‘ilgan, ota-onasidan yiroqda – shaharda o‘qigan,
shu tariqa shaharlik bo‘lib qolgan. Otasi uni «katta» odam qilish maqsadidami, o‘n
yasharligida shaharga olib borib musiqa maktabiga berganida bir kun kelib o‘g‘li o‘z
oilasidan, yaqinlaridan uzoqlashib ketishini xayoliga ham keltirmagandir, ehtimol.
Aslida, u o‘g‘liga ezgulik tilagan-u, ammo uni o‘zidan uzoqlashtirayotganini
sezmagan. Saidning onasi o‘lib, o‘rniga o‘gay ona kelgach, ota nimagadir o‘g‘lining
oldida o‘zini gunohkordek sezib, uni uyga kamroq olib keladigan bo‘ladi. Balki shu
37
Султонов Х. Пластинка. – Китобда: Онамнинг юрти. Қисса ва ҳикоялар. –
Тош.: “Адабиёт ва санъат” нашриёти, 1987. – 255 б.
271
sababdan Said begonasirab o‘gay onani xushlamas, uning yurish-turishiyu gap-
so‘zlarini yoqtirmas. Yillar o‘tgani, bora-bora kam diydorlashishgani sayin bolaning
otasiga, oilasiga mehri yo‘qola boradi. Said ulardan butunlay voz kechgan emas, u olis
bir qishloqda otasi, tug`ishgan ukalari, oilasi borligini eslab turadi, albatta. Ammo shu
qadar kam eslaydiki, o‘gay ukalarining ismlari ham yodida turmaydi. Saidga ota uyiga
– qishloqqa borish malol. Ahyon - ahyonda borganida ham otasi bilan gaplari unchalik
qovushavermaydi. Said bola chog‘laridayoq oila bag‘ridan uzoqda yashagani, ota-ona
mehrini, oila taftini tuymagani bois ularga nisbatan befarq. Buning uchun otani ham,
farzandni ham ayblab bo‘lmaydi.
Tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idan, yaqinlaridan ancha uzoqlashib ketgan hikoya qahramoni
Saidning ruhiyati, ichki kechinmalari orqali hikoya g‘oyasi oydinlashadi. Otasi va
ukasi o‘rtasida bo‘lgan suhbat uni olis bolaligiga etaklaydi. Kulrang eshakni minib
daladan o‘t tashigan chog‘lari – bolalikning beg‘am, beg‘ubor kunlarini eslaydi.
Toshkentga qaytar ekan, poezdda bir qariyaning : «Dunyo-da bu sho‘ring qurgurdek
beqadr maxluq yo‘q, eng og‘ir ishni qiladi-yu, emishi – nishxo‘rd. Tag‘in buning
yuvosh-u vafodorligi ... Tavba ! Menga qolsa, eshakka haykal qo‘yardim»
38
, deyishi
esa Saidga xuddi xayolidan nima kechayotganini uqqandek, «aslida kim ekaningni
unutma», deyayotgandek tuyuladi. Inson zoti tug‘ilgan makonidan, qon-
qarindoshlaridan qanchalik olisda yasha-masin, baribir, ulardan butunlay ko‘ngil uzib
ketolmaydi. Qalbidagi mehr rishtalari o‘ziga qadrli bo‘lgan narsadan uzoqlashib
ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Odatda X.Sulton hikoyalarida ko‘p ham keskin dramatik vaziyatlar qalamga
olinavermaydi
.
Ko‘pincha qahramonlar hayotidagi fojiali va qaltis holatlar ularning
ichki iztirob va kechinmalari tarzida aks ettiriladi.
Muallifning biron-bir hikoyasi milliylik alomatlaridan xoli emas. U xalqimizga xos
bo‘lgan xususiyatlarni, urf-odat va an’analarni asarlariga mohirlik bilan singdirib
yuboradi. Milliy an’analar bilan uzviy bog‘liqlik, sharqona hikmat, purma’no iboralar
38
Султонов Х. Томоша. – Китобда: Бир оқшом эртаги. Ҳикоялар, тарихий
этюдлар, қисса. – Тош.: “Адабиёт ва санъат” нашриёти, 1983. 30 - б.
272
yozuvchi asariga alohida ruh bag`ishlaydi. Adibning «Chollar palatasi», «Nomus»,
«Mirkarim chol» hikoyalarida xuddi shunday muhitni, samimiy insonlar, ularning
taqdiri, o‘zaro munosabatlari orqali ifodalangan milliylikka daxldor masalalar,
ma’naviy-axloqiy muammolar talqinini kuzatish mumkin. Biz ba’zan tan olgimiz
kelmaydigan oddiy haqiqatlarni badiiy yo‘sinda ifodalash adibning o‘ziga xos
izlanishlariga yo‘l ochadi.
Istiqlol davri o’zbek adabiyoti hikoyachilik janrida kichik odamlar obrazi haqida
so’z yuritar ekanmiz, ularda ko’p uchraydigan, yozuvchi qalamining o’ziga xosligini
ko’rsatib turadigan badiiy detallar haqida gapirmasdan o’tib ketish mumkin emas.
Shu o’rinda Abdulla Qahhorning quyidagi fikrlarini eslab o’tish joiz : “…adabiy
asarning maydonga kelishi uchun avtorning niyatigina kifoya qilmaydi. Avtorning
niyati ma’lum bir ideyani tashviq qilmoq ekan, uni tashviq qila bilishi kerak.
Tashviq qila bilishning asosiy shartlaridan biri esa o’quvchini ishontira bilishdir.
Avtor yoki personajlar tomonidan aytilgan gaplarga, asardagi detallarga, voqealarga
kitobxon ishonmasa, hatto shubha qilsa ham, asarning qiymati qolmaydi”.
39
Ushbu
jumlalar orqali biz badiiy detalning tasvirda qanchalik muhim rol o’ynashi haqida
bildirilgan fikrga e’tiborni tortishga harakat qildik. Endi savol tug’iladi : xo’sh,
badiiy detalning o’zi nima ? “Badiiy detal mayda qismchalardan biri, – deb yozadi
professor U.Normatov. – Biroq asardagi har qanday qismchalar detal
bo’lavermaydi. Detalni tafsilotdan farq qimoq kerak. Tafsilotdan farqli o’laroq,
detal qisqa va ixcham bo’ladi. U tasvir ob’ektini sintezlashtirib ko’rsatish, u haqida
kitobxonda tez va aniq tasavvur hosil qilish xususiyatiga ega”. Detal haqida maxsus
kitob yozgan boshqa bir olim, taniqli adabiyotshunos va publisist Saydi Umarov esa
unga quyidagicha ta’rif beradi: “Detal, odatda, yirik planda beriladi, u o’quvchini bir
lahza to’xtatib, uning diqqat e’tiborini muhim bir narsaga jalb etadi, tasvir ob’ektini
bo’rttirib, qabartirib ko’rsatib, u haqda tez va aniq tasavvur hosil qilish imkonini
beradi” .
39
O’ljaboyev U. Hikoyachilikda davr nafasi. -T.: “Turon zamin ziyo” , 2016.
– B 78.
273
Adabiyotshunoslikda yozuvchi qo’llagan detallarning u yoki bu vazifalari
haqida ko’p gapiriladi-yu, ularning eng muhim xususiyatlaridan biri asarning
emotsional vazifasini ochib berishdagi tomoni haqida kamroq fikr yuritilmoqda.
Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” to`plamidagi har bir detallar
g’oyat kuchli hissiy qudratga ega, ular shu zahotining o’zida kitobxonga yetib
boradi va unga kuchli ta’sir etadi.
Ayrim yozuvchilar ba’zan butun boshli xarakter mohiyatini asosan portret tasviri
orqali ochadi. Bunda u shunday yo’l tutadi: dastlab qahramon qiyofasidagi xarakterli
belgilarni birma bir aytib o’tadi, so’ngra bu tafsilotlarni bitta xarakterli detal orqali
umumlashtiradi, yozuvchi keltirgan tavsilotlar xarakter qiyofasining u yoki bu tomoni
haqida tasavvur qilish imkonini bersa, umumlashtiruvchi detal xarakter qiyofasini
yaxlit va lo’nda qilib gavdalantiradi, qo’yadi, ayni vaqtda shu detal xarakter
mohiyatini ham belgilaydi, xarakterni biz xuddi shu detal orqali tasavvur qilamiz.
Xayriddin Sulton ijodida esa bu xarakter mohiyatiga unchalik e`tibor
qaratilmagan. Xayriddin Sulton o`z asarlarini yozishda ko`proq ma’no-mohiyat va
voqelikka e’tibor qaratadi, uning asarlarida potret xarakteri muhim rol o`ynamaydi.
U , asosan, ma’no-mohiyat va asl voqelik orqali hodisani kitobxonga
tushintirmoqchi bo`ladi va buni mohirona uddalaydi hamda u o`z asarlarini
yaratishda soxta detallar yaratishdan qochadi. Chunonchi , buyuk yozuvchi Abdulla
Qahhor tabiri bilan aytganda : “ … hikoya, povest, roman va umuman hamma janrda
bo’lgan, adabiy avtor tomonidan kiritilgan, soxta detal, hatto bir so’z ham butun
asarning ta’sirini yo’qotadi”.
40
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – Tosh.: “Ma’naviyat”, 2008.
- B 136.
2. Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. – Tosh.: “Yangi asr avlodi”, 2006. - B 84.
40
O’ljaboyev U. Hikoyachilikda davr nafasi. - Tosh. “Turon zamin ziyo”, 2016 . –
B 79.
274
3. Расулов А. Саксонинчи йил ҳикоялари // Ўзбекистон маданияти. – 1981 йил.
– 17 март
4. Казаков Ю. Две ночи. – М.: Современник, 1986. – С. 330.
5. Султонов Х. Пластинка. – Китобда: Онамнинг юрти. Қисса ва ҳикоялар. –
Тош.: “Адабиёт ва санъат” нашриёти, 1987. – 255 б.
6. O’ljaboyev U. Hikoyachilikda davr nafasi. -T.: “Turon zamin ziyo” , 2016.
– B 79.
275
Достарыңызбен бөлісу: |