Название публикации: «VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI
AHAMIYATI»
Vitaminlar – ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo’lib, butun organizmda
moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik
jarayonlarni normal kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalarni tuzilishi,
funksiyasi, miqdoriy o’zgarishlarini o’rganuvchi fan vitaminologiya deyiladi.
Vitaminning organizmga kirib kelishini umuman to’xtashi avitaminoz kasalligini,
ularning yetarlicha kirib kelmasligi-gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Gipovitaminozga xos kasalliklarni kelib chiqishi organizmda fermentlar faoliyatini
pasayishi tufayli yuz beradi, chunki ko’p vitaminlar fermentlarning kofaktorlari yoki
kofermentlari funktsiyasini bajaradi. Odam va hayvonlarda uchraydigan gipo- va
avitaminozlarning kelib chiqishi ikki xil omillarga bog’lik bo’ladi. Bu omillarni
ekzogen va endogen omillar deyiladi. Endogen omillar deganda, ozuqa tarkibida
muayyan vitaminning yetishmasligi yoki umuman bo’lmasligi tufayli yuzaga
chiqadigan gipo- va avitominoz kasalliklari haqida fikr yuritiladi.
Endogen omillar bilan bog’lik gipo - va avitaminoz kasalliklari o’ziga xos
sabablarga bog’lik holda kelib chiqadi. Ular jumlasiga:
1.
Ba’zi fiziologik xolatlarda vitaminlarga bo’lgan extiyojni oshishi. Bunga
xomiladorlik, laktasiya, tireotoksikoz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
2.
Ichakda mikrofloraning rivojlanishi ya’ni infeksion jarayonlar tufayli
vitaminlarni parchalanib ketishi.
281
3.
Ichakni sekretor va motor funktsiyasini izdan chiqishi tufayli
vitaminlarni so’rilishini susayishi.
4.
Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli o’t yo’lini to’sib qo’yilishi
natijasida yog’lar so’rilishini va bu orqali yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishini
izdan chiqishi.
Shu mulohazalardan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, tibbiy amaliyot
uchun gipo- va avitaminozlarning ekzogen va endogen tavsifga ega ekanligini
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ekzogen tavsifli gipo- va avitaminozni davolash va
oldini olish uchun ratsionni tegishli vitaminlar bilan boyitish lozim bo’ladi.
Vitaminlar eruvchanligiga qarab yog`da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut
etiladi.
I. Suvda eruvchan vitaminlar:
1.
B
1
vitamini – tiamin, antinavrit.
2.
B
2
viatmini – riboflavin, o`sish vitamini .
3.
B
6
vitamini – piridoksin, antidermatin, adermin.
4.
B
12
vitamini – kobalamin, antianemik.
5.
PP vitamini – niatsin, nikotinamid, antipellagrik.
6.
B
c
vitamini – folat kislota, antianemik.
7.
B
3
vitamini – pantotenat kislota, antidermatit.
8.
H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o`sish omili.
9.
C vitamini – askorbin kislota, kapillyarlarni mustahkamlovchi.
II. Yog`da eruvchan vitaminlar:
282
1.
A vitamini – retinol, antikseroftalmik.
2.
D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.
3.
E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko`payish vitamini.
4.
K vitamini, naftaxinon, antigemorragik.
Qora smorodina mevalari tarkibida B, P vitaminlari, A provitamini (karotin 3
mg% gacha), qand moddasi, pektin moddalari, fosfor kislotasi, efir moyi, K guruhi
vitamini, karotin moddalari mavjud. U kaliy tuzlariga boy bo'lib, fosfor va temir
tuzlari ham bor. Smorodina barglarida fitonsidlar, magniy, marganets, oltingugurt,
kumush, mis, qo'rg'oshin, efir moyi va C vitamini (250 mg%) mavjud . C vitaminiga
to'xtaladigan bo'lsak, qora smorodina bu borada boshqa o'simliklar orasida yetakchi
hisoblanadi. Odamning askorbin kislotasiga bo'lgan bir sutkalik ehtiyojini
ta'minlash uchun 15-20 dona smorodina mevasini iste'mol qilishning o'zi yetarli
bo'ladi. Shuningdek ushbu o'simlik mevasi va barglaridan tibbiy maqsadlarda ham
foydalaniladi.
Qora smorodina tarkibidagi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar
miqdoriga ko'ra barcha mevalardan o'zib ketgan. Olib borilgan tadqiqotlar
jarayonida qora smorodina mevalari diabet paydo bo'lishining oldini olish
xususiyatiga ega ekani aniqlangan. Smorodinani aynan shu xussiyatlari uchun turli
kasalliklarda
darmonsiz
bo'lib
qolgan
organizmni
mustahkamlash
va
sog'lomlashtirishga mo'ljallangan funktsional ozuqa mahsulotlariga qo'shishadi.
Shuningdek qora smorodinada saraton xastaliklari va Alsgeymer kasalligi paydo
bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi, yurak va tomir xastaliklaridan himoyalovchi hamda
ko'zning o'tkirligini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi xususiyatlar borligi ham
aniqlangan. Bundan tashqari, uning barg va mevalari buyrakdagi toshlarni chiqarib
tashlashda, jigar va nafas olish yo'llari xastaliklarida foydalaniladi. Smorodina
mevasini iste'mol qilish ateroskleroz xastaligida juda katta foyda beradi.
Smorodina tarkibidagi C vitamini organizmning normal hayot faoliyati uchun
juda muhim. Ushbu vitamin hamda antotsianidinlar juda kuchli antioksidlovchi
xususiyatga ega. Shu bilan birga smorodinada yallig'lanishga qarshi va
dezinfeksiyalovchi qobiliyat ham bor. Uning suvi anginani davolashda qo'llaniladi.
283
Xalq tabobatida ushbu mevadan giyohli choy damlamasi hamda diareya va
haroratni tushirish uchun dorilar tayyorlanadi. Qora smorodina olimlar tomonidan
salomatlik uchun eng foydali bo'lgan meva sifatida tan olingan. U immunitetni
hamda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatini
oshiradi. Qora smorodina yaxshigina tiklovchi vosita ham hisoblanadi, xususan
uning sharbati darmonsiz va yaqinda jarrohlik amaliyotidan o'tgan bemorlarga katta
yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ro’zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar:
mohiyati va qo’llanilishi / Metod.qo’ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU,
2013.
2.Fayzullaeva D.M., Ganieva M.A., Ne‘matov I. Nazariy va amaliy
o’quv mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalari to’plami / Met.qo’ll.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida innovatsion ta‘lim texnologiyalari
seriyasidan – T.: TDIU, 2013.
284
Достарыңызбен бөлісу: |