Ключевие слова: интерактивные методы, узбекский язык, мышление, общение, метод, keys-study, пантомима.
B
ugungi ta’lim jarayonini interfaol usullarsiz tasavvur
etish qiyin. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol
usullar muayyan guruhlarda o‘qitiladigan o‘quv fanining
bosh maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Aks holda,
qo‘llanilgan interfaol usul hech qanday ahamiyatga ega
bo‘lmay qoladi.O‘qituvchi tanlagan usul dars davomida
bolaning faolligini, kattalar va tengdoshlari bilan to‘g‘ri
muloqot qila olishini ta’minlashi, tilda mavjud, biroq o‘quvchi
uchun notanish bo‘lgan yangi so‘z va iboralarning mazmunini
anglash, eslab qolishga, muloqot jarayonida qo‘llashga harakat
qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur.
Taniqli didakt olimlardan biri I. Y. Lerner o‘quvchilarda
ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantirish masalasiga
bag‘ishlangan «Развитие мышление учащихся».
(M.: Prosvesheniye, 1982) nomli tadqiqotida: «Tafakkur
bilimlarni o‘zlashtirish bilan rivojlanadimi?» degan
muammoni o‘rtaga tashlaydi va bu savolga «Yo‘q» deya javvob
beradi. Bilimlar zanjirida agar aloqadorliklar — bog‘lanish,
qiyos, sabab-natija munosabatlari bo‘lmasa, u tafakkurni, ya’ni
tarbiya ko‘rgan shaxsni bera olmaydi. Bilim olishning ham,
ta’lim oluvchiga bilim berishning ham, unga malaka, ko‘nikma,
odatlarni singdirishning ham, tabiatini shakllantirishning ham
xilma-xil vosita, yo‘l va usullari mavjud [3,39].
O‘zbek tili ta’limi jarayonida bir qancha interfaol metod-
lardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Masalan, keys-stadi usuli.
«Keys-stadi» inglizcha so‘z bo‘lib, («case» — aniq vaziyat,
hodisa, «study» — o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni
o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qa-
ratilgan metod hisoblanadi.
O‘zbek tili darslarida asosan tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo‘lgan matnlar keys topshirig‘i uchun tanlanadi. Masalan:
Kunlardan bir kuni sohibqiron Amir Temur olis qabi-
lalardan biriga hujum qilibdi. Tabiiyki, Temurning son jihatdan
ko‘p va shu bilan birga juda yaxshi qurollangan lashkari qabi-
lani osongina bosib olibdi. Sohibqironning huzuriga qabila oq-
solini olib kelibdilar. Qabila oqsoli Amir Temurga:
—
Ey Temur, agar sen jallod bo‘lsang, jonimizni ol, agar
qassob bo‘lsang, mayli bizni so‘y, agar sen … bo‘lib kelgan
bo‘lsang, ….
Достарыңызбен бөлісу: |