315
“Young Scientist” . # 14 (304) . April 2020
315
315
Young Scientist O'zbekiston
«Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha
bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab quvonaman». Ushbu qisqa
hikoya kishini o‘ylashga undaydi. Bunda eng avvalo ko‘z
oldimizga garchi bir oyog‘i bo‘lmasa-da, hayotdan rozi,
shukr qiluvchi inson keladi. Ushbu hikoyaga «Shukrona»
deb sarlavha qo‘yishimiz mumkin. Talabalar mana shunday
hikoyalarni tahlil qilish orqali ham tarbiyaviy, ham nazariy
bilimlarini mustahkamlaydilar.
«Xizr yigitdan: «Oyoqlarim yurib ketsin!» degan tilakni
kutgan edi, biroq uning tilidan: «Suyganim ham yurolmay
qolsin» degan so‘zlar chiqdi».
«Mashinasida bolakayni urib qochdi-yu, kechga borib
o‘g‘ilchasini qabrga qo‘ydi»kabi.
Talabalarga matnni fonetik, leksik, morfemik, morfologik
va sintaktik jihatdan tahlil qilish topshirig‘ini berish mumkin.
Har bir til o‘ziga xos sinonim, antonim, omonim hamda
paronim so‘zlarga ega. Navbatdagi topshiriq aynan mana
shunday so‘zlar asosida beriladi. Odatda sinonimlar yoki
antonim so‘zlardan birini aytganimizda ikkinchisi yodimizga
keladi. Bu topshiriq «Qaynoq koptokcha» deb nomlanib
o‘qituvchi istagan talabaga koptokchani talabaga sinonimik
yoki antonimik qatordan istalgan so‘zni aytib uloqtiradi.
Talaba o‘ylab o‘tirmasdan koptokchani tutib o‘z javobi
bilan o‘qituvchiga qayta uloqtirishi kerak. Noto‘g‘ri javob
bergan yoki koptokchani uzoq vaqt davomida ushlab turgan
talabaning qo‘li «kuygan» hisoblanadi.U o‘z-o‘zidan o‘yindan
chetlashtiriladi. Masalan:
Aloqador-daxldor avval — keyin
Atigi — bor-yo‘g‘i ayyor — sodda
Ashula — qo‘shiq baland — past
Beg‘ubor-toza so‘ramoq — javob bermoq
Botir — jasur ijobiy — salbiy
Dunyo — jahon obyektiv — subyektiv
Yordam — ko‘mak isitmoq — sovitmoq
Ziyoli — intelligent yig‘lamoq — kulmoq
Izlamoq — axtarmoq kamtar — manman
Ahil — totuv ko‘tarmoq — tushirmoq
Kuch — quvvat ozmoq — semirmoq
Loyiq — munosib olqish — qarg‘ish
Nur — shu’la oq — qora
Ovqat — taom uzoq — yaqin
Odobli — boadab uchmoq — qo‘nmoq
Piyoda — yayov xafa — xursand
Rost — to‘g‘ri xunuk — chiroyli
Saf — qator yangi — eski
O‘zbek tili darslarida mashg‘ulotning so‘nggi bosqichida
Достарыңызбен бөлісу: |