634
«Молодой учёный» . № 23 (261) . Июнь 2019 г.
Молодой ученый O’zbekiston
Молодой ученый O’zbekiston
М О Л О Д О Й У Ч Е Н Ы Й O ’ Z B E K I STO N
Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar
Atamuratov Dilshod Olimboy o’g’li, magistr talabasi
Urganch Davlat Universiteti
Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O’zbek tillardagi misollar yordamida
ma’lumot beradi.
Kalit sózlar: xalqaro óziga xoslik, qadimiy afsonalar, ibora, royal, mifologiya.
Ономастическая и историческая фразеология в английском языке
Атамуратов Дилшод Олимбой угли, студент
Ургенчский государственный университет имени Аль-Хорезми (Узбекистан)
В статье соотносятся афоризмы и ономастические единицы на английском и узбекском языках.
Ключевые слова: античная мифология, афоризм.
T
he most ancient English-language phrases are associated
with history and literature. Many of these phrases
have international character and can be found in many
languages.
The following statements are based on ancient myths,
such as
Achille`s heel yoki the heel of Achille`s — Axilles tovoni;
yagona zaif tomon, joy.
The apple of discord — janjalga sabab bo`lgan narsa,
adovatga sabab bo`lgan narsa.
Augean stable(s) — Avgiy otxonasi; otbozor (juda iflos
itirqini joy yoki juda chalkash, betartib ish). Ibora Yunoniston
podshohi Avgiyning 30 yil tozalanmagan otxonalari haqidagi
afsonadan kelib chiqqan.
The bed of Procrustes shuningdek the Procrustean bed
yoki Procrustes’ bed — Prokrust to`shagi; to`g`ri kelsa-
kelmasa hammasini zo`rma-zo`raki bir andozaga solish.
Cassandra warnings — (k. u.) mensilmayotgan, lekin
ayni vaqtda sodir bo`layotgan biror voqea haqida ogohlantirish.
Cross the Stygian ferry — (k. u.) Stiksdan keyin o`tmoq;
ota-bobolari oldiga jo`namoq, o`lmoq, vafot etmoq, qazo
qilmoq, olamdan o`tmoq, ko`z yummoq, jon bermoq.
Fling (yoki throw) a sop to Cerberus — (k. u.) Serberning
ko`nglini ovlamoq, Serberning og`zini moylamoq, qahri qattiq
soqchini rahmini keltirmoq. Ibora Virgiliyadan olingan.
The golden age — oltin asr. Ibora birinchi marta yunon
shoiri Gesiodning “Mehnatlar va Kunlar”she`rda uchragan.
She`r Saturn davrida yozilgan bo`lib, bu davrda odamlar
hudolardek tashvishsiz, janjalsiz, urushlarsiz, og`ir majburi
mehnatlarsiz yashashgan.
The horn of plenty — osmondan yog`ilgan, juda serob,
mo`l-ko`l.
A labour of Hercules (the labours of Hercules) —
pahlavonlar mehnati, azamatlar ishi, g`oyat qiyin ish. Bu ibora
yana quyidagi ko`rinishlarda ishlatiladi: a Herculean labour,
Herculean labour.
A labour of Sisyphus (a Sisyphean labour) — tinimsiz
og`ir va befoyda ish.
Lares and Penates — (k. u.) o`z uying — o`lan to`shagging.
Lar va Penat qadimgi rim miflarida uy o`choqlarining homiylari
bo`lishgan.
Hercules’ Pillars yoki the Pillars of Hercules —
1) chek, chegara, had. Qadimgi odamlar nazarida Gibraltar
bo`g`ozining qirg`oqlarida qarama-qarshi joylashgan ikki qoya,
ya`ni hozirgi kundagi Gibraltar va Seuta qoyalari qadimgi
xalqlar yashovchi quruqliklar tugaydigan joyni bildirgan; 2)
(k. m.) qadimgi yunon afsonasiga ko`ra Gerakl butun Yevropa
va Afrikaning Liviya davlatidan to`xtovsiz yurib o`tgan va o`z
sayohatining estaliklari sifatida Gerkules ustunlarini qo`yib
chiqqan.
Rise like a phoenix from its ashes — (k. u.) kuldan
qaqnus yaralgandek.
Sow dragon`s teeth — (k. u.) ajdar tishlarini ekmoq; nizo
urug`ini sochmoq, urushga chaqirmoq, jangga chorlamoq.
The thread of Ariadne — (k. u.) mushkul, og`ir ahvoldan
qutulish imkonini beradigan, mushkulini oson qiladigan narsa
|