Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет309/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   328
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Sh.M. Mirziyoev Erkin va faravon,demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda 
barpo etamiz. Toshkent “ O‘zbekiston”, 2016
2. K. Qosimova, S. Matchanov, X. G'ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev. "Ona 
tili o‘qitish metodikasi" :, Toshkent, "Nosir" nashriyoti". 2009.


930 
3. N. Mahmudov, A. Nurmonova, A. Sobirov, D.Nabiyeva. 6-sinf uchun darslik 
"Tasvir" Toshkent 2017
4. Rafiyev A. , G’ulomova N. Ona tili va adabiyot (kasb-hunar kollejlari uchun 
darslik). T. , “Sharq”, 2013.
5. Erkaboyeva N. Q. Adabiyot fanidan savol-javoblar to‘plami. T. “Navro’z”, 
2018.
6. Golish L. V. , Fayzullayeva D. M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish 
va rejalashtirish. T. , “Iqtisodiyot”, 2012.
7. “Umumta‘lim fanlari metodikasi” jurnali, 1-, 2-, 3-, 4-sonlar, 2018. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


931 
ФИО автора: Maxmadmurodova Maloxat Abdumurotovna 
Toshkent shaxar, Mirobod tumani
214-maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi 
Название публикации: «SOG`LOM TURMUSH TARZINI YARATISH» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada sog’lom turmush tarzini yaratish uchun olib 
borilayotgan jarayonlari haqida aytib o’tilgan. Inson organizmining biologik, ruhiy, 
jismoniy holatlari va mehnat faoliyati ahamiyati tushuntirilgan. 
Kalit so’zlar: oila, maktab, sog`lom oila, ruhiy osoyishtalik, yosh avlod. 
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq yosh avlodni har jihatdan 
barkamol insonlar etib tarbiyalash birinchi prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan 
siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. 2002-yil 24-oktabrda 
qabul qilingan “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish 
to‘g‘risida”gi farmon bu boradagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.[1] O‘tgan vaqt 
mobaynida mazkur farmonga muvofiq o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va 
ma’naviy salomatligini mustahkamlash, farzandlarimiz ongiga sog‘lom turmush 
tarziga intilish va sportga muhabbat tuyg‘ularini singdirish yuzasidan keng ko‘lamli 
ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy sport 
majmualari qad rostladi.
Odam hayoti, sog’lig’i - eng katga ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson 
tarbiyasi, kamoloti bilan shug’ullanuvchi boshqa maskanlar oldiga sog’lom turmush 
tarzini shakllantirish masalasini ko`ndalang qo`yadi. Millat sog’lig’i ham tabiiy 
ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi. Salomatlik - inson organizmining 
biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan 
birligidir. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir. Uning mehnat 
unumdorligi, mamlakatning iqtisodiy qudra-tini, xalq farovonligini rivojlantirishning 
zarur shartidir.
Umumxalq mulki bo`lmish sixat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan 
yondashish jamiyat va uning barcha a`zolarining turmush, axloq normasi bo`lmog’i 
lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun, avvalo, odam o`z tanasining 


932 
tuzilishi barcha to`qima va a`zolarining normal ishi faoliyati, o`sishi, rivojlanishi va 
ko`payishi qonuniyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudodlar kabi, 
insonga ham xos bo`lgan ushbu biologik xususiyatlarni asrash va tobora 
takomshshashtirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish 
talab etiladi.
Sog`lom turmush tarzi – bu faol mehnat, kuchli jismoniy va ruhiy holat, o`ta xavfli 
va zararli ta’sir ko`rsatuvchi omillarni yenga oladigan, yetuklikka intiluvchan 
shahsning shakllanish jarayonidir. Sog`lom turmush tarzining asosiy yo`nalishlari 
quyidagilardan iborat: to`g`ri va ratsional ovqatlanish, harakatli turmush va 
badantarbiya, kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish, jinsiy 
tarbiya va sog`lom oila, ruhiy osoyishtalikni ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, 
shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish, baxtsiz hodisa va jarohatlardan 
ehtiyotkorlik, sog`lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo`lishdir.[2]
Sog’lom turmush tarzi - falsafa, psixologiya, pedagogika hamda umumiy 
fiziologiya, anatomiya, gigiena, genetika, ekologiya va boshqa tabiiy fanlar bilan 
mustahkam aloqada bo`lgani bois, ular erishgan uslublarga tayanib ish ko`radi. 
Sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri –bu badantarbiyadir. Sog’lom turmush tarzi (STT) 
va sog’liqni saqlashda Abu Ali Ibn Sino asosan yetti narsaga e`tiborni kuchaytirish 
zarurligini o`qtirib o`tadi: bularga mijozni mo``tadil qilish, eyiladigan va ichiladigan 
ovqatlarni tanlash, gavdani chiqindidan tozalash, to`g’ri tuzilishni saqlash, burun orqali 
olinaadigan havoni etarli va yaxshi olish, kiyimga e`tibor berish, jismoniy va ruxiy 
harakatlarni tartibga solish (shu’ harakat jumlasiga uyqu va uyg’oqlik ham kiradi.) 
Sog’lom turmush tarzi (STT) inson madaniy, jismoniy rivojlanishi, mexnat 
unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o`z ichiga oladi. STT ning asosiy tarkibiy 
qismlari –samarali ish faoliyati, shaxsiy gigiena, zarali odatlardan voz kechish, 
belgilangan bir vaqtda to`g’ri ovqatlanish, jismonan chiniqish, jismoniy tarbiya bilan 
muntazam shug’ullanib turish.
R.Qarshieva “Gigiyena tabobatning keng qamrovli sohasi bo`lib, u kishilar 
hayoti va salomatligi uchun zarur bo`lgan talablarni nafaqat tozalik nuqtai nazaridan, 
balki ularning turmushlarini go`zal, qulay, behavf bo`lishligini ta’minlovchi 


933 
masalalarni o`z ichiga oladi”, – deydi. Inson salomatligining gigiyenik asoslari, ya’ni 
insonning jismonan sog`lom bo`lishi, turli hil havfli kasalliklardan himoyalanishida 
mustahkam qalqon yaratish, eng avvalo, har bir kishi tomonidan shaxsiy gigiyena 
qoidalariga qatiy amal qilib yashashi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, insonning 
istiqomat qilishi uchun zarur bo`lgan gigiyenik yashash sharoitlarini ta’minlashni 
nazarda tutuvchi jamoatchilik gigiyenasi talablariga amal qilib yashashi bilan ham 
uzviy bog`langan.
Shaxsiy va jamoatchilik gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida har hil
yuqumli kasalliklarga duchor bo`lish mumkin. Kelajak bunyodkori va mezoni bo‘lgan 
yoshlarning tarbiyasi qay darajada muhim bo‘lsa, ularning ta’lim masalasi ham 
benihoya muhim. Millat tanlamas illatlardan ularni himoya qilish davr talabi.
Buyuk davlat asoslarini qurish, erkin va farovon jamiyat barpo etish – istiqlolning 
ilk kunlaridan mamlakatimizda strategik maqsad etib belgilandi. Albatta, bu ezgu 
maqsadlarga erishish ko‘p jihatdan kelajak avlodning har tomonlama sog‘lom va 
barkamol bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.[3]
Sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-qizlar 
sport bilan shug‘ullanishni kundalik hayot tarziga aylantirgani ularning jismoniy 
holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Sog‘lom avlod uchun” ordenining 
ta’sis etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan 
barkamol avlodni tarbiyalash, ularning kamolini ko‘rish, ota-onasiga, Vataniga 
sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdir.
Mazkur ordenning tasvirida bu jihatlar o‘ziga xos ramziy ma’no-mazmun bilan 
ifodalangan. Uning o‘ng qismida quyoshning iliq nurlari fonida farzandini opichlab 
turgan ona siymosi aks ettirilgan. Vatan timsoli bo‘lgan bu siymo mehr va xotirjamlik 
bilan farzandiga tikilib turibdi, beg‘ubor va baxtiyor bola esa quyosh nuriga – porloq 
kelajakka talpinmoqda. Orden biriktirilgan dastaning ichki qismi yashil rangdagi 
tovlanuvchi lenta bilan o‘ralgan. Lentaning o‘rtasiga uyg‘onish va yangilanish ramzi – 
gullab turgan o‘rik novdasi tasviri tushirilgan. Dunyoda kasblar ko‘p. Lekin qobil 
farzand tarbiyalash, uni sog‘lom va barkamol etib o‘stirish eng sharafli, ayni paytda, 
eng mas’uliyatli vazifadir. Har qanday jamiyat el-yurtiga, Vataniga sadoqatli, iymon-


934 
e’tiqodli, mard va jasur, ma’naviyati yuksak farzandlari bilan faxrlanadi. Ana shunday 
noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka katta 
ishonch bilan qaraydi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, buyuk davlatni faqat 
sog‘lom millat, sog‘lom avlod qura oladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет