Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет12/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalangan adabiyotlar 
1.М.Вохидов. «Болалар психологияси» 1992 й
2.П.Левентуев. 
А.Чудовский. 
А.аскархужаев. 
М.Вохидов. 
«Болалар 
психологияси очерклари» 
3.Г.Капюшин. М.Дерюгина «Йургакдан мактабгача» 1996 й. 


62 
ФИО автора: Badalova Gulchexraxon Nasirdinovna 
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani
16-umumiy oʻrta taʼlim maktabining
Tasviriy san’at fani oʻqituvchisi
Название 
публикации: 
«OʻZBEKISTONNING 
ME’MORIY 
YODGORLIKLARI» 
Oʻzbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20-yillaridan 
boshlangan. 1920-yil Maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, sanʼat asarlari va 
qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qoʻmitasi-Turkkomstaris tuzilgan, 
keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shugʻullangan. Hozir Oʻzbekiston 
Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh boshqarmasi 
shugʻullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob 
qoʻlyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmand-chilik, xalq ogʻzaki ijodi 
namunalari, sanʼat va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid 
hujjatlar, qadimiy cholgʻu asboblarini yigʻish, saqlash va boshqa bilan shugʻullanish 
maqsadida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzilgan (1999-yil 12-oktabr). 
Dunyoda inson qoʻli bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, oʻz 
jozibasini yoʻqotmay kelayotgan tarixiy obidalar koʻplab uchraydi. Ammo har birining 
alohida oʻrni, nufuzi va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni 
qadrlagan va goʻzallikka intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qoʻllari bilan 
aqlga sigʻdirib boʻlmas darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari, 
san’at sohasidagi ishlar va albatta me’morchilik joy oladi. 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy 
merosga e’tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol 
yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qoʻqon. Shahrisabz kabi 
shaharlarda ulugʻ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar 
oʻzining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta’mirlash va asl qiyofasini tiklash 
davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 
2500 ta me’moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san’at asari davlat 
muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal’a qoʻriqxonasidagi, 1993-yildan 


63 
Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar 
Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” roʻyxatiga kiritildi. 
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri boʻlgan 
Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulugʻ zotlardan 
biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga koʻra, 1380-1390 yillarda 
bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga 
aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. Oʻzaro ahil va hamjihat 
boʻlishga xizmat qilmoqda. 
Samarqand - jahonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Oʻtmish-ning 
shoirlari va tarixchilari uni china-kam «Sharq jannatmakon bogʻi», «Yer yuzi», «Sharq 
olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi» kabi goʻzal 
oʻxshatishlarni bejiz bagʻishlamagan edilar. 
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni koʻrgan kishilarning barchasi 
minoralarning tepalaridagi gʻalati koʻrinishdagi “qalpoq-larga” e’tibor bergan boʻlsalar 
kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli boʻlgan bu oppoq qushlar shaharning 
ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi boʻla oladi. 
Xiva-muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. 
Sharqning koʻpgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan 
Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan boʻlib, Xorazm vohasining 
sugʻoriladigan yerlarida rivojlanib kelgan. 
Shahrisabz-Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning 
nomi bilan bogʻliq. Bu yerda uning otasi Muhammad Taragʻay va ma’naviy ustozi 
Shamsiddin Kulol koʻmilganlar, bu yerda uning katta oʻgʻillari Jahongir Mirzo va 
Umarshayx Mirzolar goʻri joylashgan. 
Oʻtmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e’zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, 
xalqimizning buyuk oʻtmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita 
bogʻliqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati boʻlib, azaldan 
ularning qon-qoniga singib ketgan. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет