72
Tarix fanini o’rganish o’quvchilarning bu tarixiy an'analar va oliyjanob fazilatlar
manbalarini, ular mustahkam zaminga egaligini, tarixan tarkib topganligini, avloddan
avlodga o’tib, mazmunan boyib borganligini, jamiyatning ravnaqi va farovonligi,
insonlarning ma'naviy kamoloti uchun xizmat qilib kelganligi, ularni bundan keyin
ham asrab-avaylab davom ettirish, avlodlarimizning insoniy fazilatlariga sodiq bo’lish
o’zlarining muqaddas burchlari ekanligini anglab olishlariga yordam beradi. Tarixini
o’rganish asosida o’quvchilar bu o’lka xududida qadimdan bir necha o’nlab millat va
elatlar yonma-yon yashab kelganligi, ular mahalliy va ajnabiy bosqinchilar zulmiga
qarshi birgalikda kurash olib borganligi, o’zbeklar hamisha boshqa millat va xalqlarga
alohida hurmat bildirganligi, xalqlar qardoshligi va do’stligini muqaddas, deb
ardoqlaganligi, o’zbek xalqining bu tabarruk an'anasi umuminsoniy qadriyatlarga
bebaho xissa bo’lib qo’shilganligi, millatlararo munosabatlar keskinlashib turgan
hozirgi paytda bu an'ananing hayotiyligi yana bir bor sinovdan o’tayotganligini anglab
oladilar. Shuningdek, mustabid hukmdorlar va bosqinchilar hokimiyati yillarida
xalqimizning moddiy-ma'naviy boyliklari va go’zal an'analari oyoq-osti qilib
toptalgan, shaxsga sig’inish va turg’unlik yillaridagi tanglik, paxta yakkahokimligi,
kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko’p qo’llanilishi O’zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy, ma'naviy siyosiy rivojlanishiga to’sqinlik qilganligini, ekologik muhitdagi
nomutanosibliklarga, Orol fojiasiga, atrof muhit, yer-suv va havoning ifloslanishiga
olib kelganligini, odamlarning sog’ligigagina emas, balki irsiyatga ham ta'sir
ko’rsatayotganligini o’quvchilar tushunib olishi, ularning hozirgi ekologik
muammolarni
hal qilishda, jumhuriyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
mustaqilligini mustahkamlashda faol ishtirok etishini ta'minlashda muhim ahamiyatga
egadir.O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish o’quvchilarni avlodlarimizning ko’p
ming yillik madaniy va ma'naviy merosi, ularni jahon ilmiy tafakkuri va madaniyati
taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi bilan tanishtirish, madaniyatimizgning benazir
allomalari nomlarini hurmat bilan tilga olish, ular bilan faxrlanishga, milliy iftixor
tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Shunday qilib, Tarixi fanni o’qituvchilari o’quvchilarni milliy ongini o’stirishda,
o’zlikni
anglashida,
ularni
siyosiy
madaniyatini
oshirishda,
mustaqil
73
respublikamizning ijtimoiy faol va ma'naviy barkamol kishilarni haqiqiy inson,
vatanparvar qilib tarbiyalashda juda katta imkoniyatlarga egadir.
Professional ta’limga asoslangan kasb- hunar maktabda tarixi fanini o’qitishning
bu imkoniyatlaridan samarali foydalanish o’qituvchiga, uning mazkur tarixning
yangilangan mazmunini, uni o’qitish uslubiyatini mukammal bilishiga, ta'lim va
tarbiya ishlarini ilmiy asosda uyushtira olishiga bog’liqdir. Umumiy o’rta ta'lim
maktablarida tarix fanining asosiy maqsadi eng qadimgi davrdan hozirgi kungacha
bo’lgan Vatanimiz va jahon tarixiga oid eng muhim voqealar bilan o’quvchilarni
tanishtirish, ularni O’zbekiston va jahon xalqlarining madaniy va ma'naviy merosiga,
ilg’or an'analariga, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash,
buyuk merosimizning davomchilari hamda uni boyituvchilari bo’lmish munosib
vorislarni tarbiyalashdan iborat. Tarix fanini o’qitish orqali o’quvchilarga tarixdan
puxta bilim berish, ularni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda
professional ta’lim tizimida o’qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta'lim-tarbiya
vazifalari, mazmuni, metod va usullarini hamda tarix o’qitishning eng muhim
vositalarini belgilab beradi.
Mustaqillik sharofati hamda ilm- fandagi o‘zgarishlar ma’naviy merosimizni
tadqiq etish sohasida e’tiborli yutuqlarga erishishimizga keng yo‘l ochib bermoqda.
Madaniy merosimizni asrab-avaylash, uni kelajak avlodga to‘liq etkazish, albatta,
muhimdir. Shuning uchun 2016-yilning 30-dekabr kuni O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning yetakchi olimlari, ziyolilari,
akademiklari bilan uchrashib, ular bilan ilm-fanni yanada rivojlantirish, fan, ta’lim va
ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan suhbatlashib, kadrlar
tayyorlash sifatini yaxshilash, funtamental yo`nalishlarni rivojlantirish, akademiklar
maktabini yaratish, yetakchi olimlar salohiyati va tajribasidan samarali foydalanish
yuzasidan takliflar berib, bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi
bosqichga ko`tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb
masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanini takidlab o`tdi. Bu esa tarixni o‘rganish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Bu esa bizni ildizlari ming
yilliklarga borib taqaluvchi tariximizni mukammal tadqiq etishga hamda barkamol
74
avlodni ayni shu ruhda tarbiyalashga undaydi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunda har
tamonlama barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi kun tartibiga qo’yilgan. Bu maqsadni
amalga oshirishda esa tarix fani be’minnat va bevosita xizmat qiladi.
O’quvchilarning
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun
zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayonini
samaradorligi va sifatini oshirish talablarini qo’ymoqda. Ayniqsa, tarix fanini o’qitish
asosida vatanparvar, miliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida shakillangan har
tamonlama yetuk barkomol insonlarni tarbiyalash masasalalarni hal qilish va eng
qulay va samarali o’qitish usullarini amaliyotga tadbiq qilish muhim vazifalardan
sanaladi.
Turli predmetlarni o’qitishda yangi pedagogik, innovatsion, interfaol texnologiyalariga
asoslangan ta’lim, an’anaviy ta’limga qaraganda ancha yuqori samara berishi kun
sayin o’z tasdig’ini topmoqda.
Достарыңызбен бөлісу: