ФИО автора: Xasanova Bog’dagul Turg’unbayevna
Samarqand viloyati Payariq tumani
24- umumta’lim maktabi psixologi
Название публикации: «KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRI HAQIDA
O’ZBEKISTON VA CHET EL PSIXOLOG OLIMLAR QARASHLARI»
Annotatsiya: Mazkur maqolada kichik maktab yoshi davri to’g’risida O’zbekiston va
chet el psixolog olimlarining qarashlarining nazariy tahlili xususida fikr yuritilgan
Kalit so’zlar: kichik maktab yoshi davri, psixologiya, ontogenez,tabaqalash
Boshlang’ich sinf o’quvchisi psixologiyasini tadqiq etishga bugungi kunda ko’plab
nazariyalar mavjud bo’lib ular psixologiya fanining tarmog’i bo’lgan yosh davrlar, umr
davrlari, ontogenez psixologiyasi fanlari tomonidan o’rganiladi. Inson umrining
davrlarga tabaqalash bo’yicha qator nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadbiq
qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha
yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik,
bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin. Shuningdek Sharq mutaffakirlaridan Abu
Ali ibn Sino ham o’zini yosh davrlari xususiyatlari haqida o’z qarashlarini ifoda etgan.
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan yosh
davrlarini tabaqalash printsiplari yoritilgan.
Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan:
1) podsholik davri 5 yoshgacha
2) qullik davri (6-12 yoshgacha)
3) O’rtoqlik do’stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi uni aytganini kattalar tomonidan bajarilishini,
bola o’zini ―shirin‖ qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o’ziga rom qilishni e’tiborga
oladi. 6-12 yoshgacha bo’lgan davrni qullik davri deb bejiz aytmagan, albatta Chunki
410
bu davrda bolani xulq atvorga o’rgatish, kishilar bilan o’zaro munosabatlarda qoida–
qonunlarga bo’ysunish, mehnatga o’rgatish, unga nisbatna ijobiy munosabatni
shakllantirish, bilim olish o’qish, o’rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bardosh
berish, milliy an’analarimizga sadoqatli bo’lish, kattalarni, mehnatini qadrlash
kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan. Do’stlik
davri esa bolaga do’stlarga munosabatda bo’lish ularni xurmat qilish, qilgan ishlarini
qadrlash, munosbatalarda samimiy bo’lish lozimligini nazarda tutadi.
Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan,
qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo’lib, ana shu omil bilan o’zaro
bog’liqdir. Biogenetik yondoshuvning yorqin vakillari V.Shtern, S.Xoll F.Myuller va
EXekkel xisoblanadi. Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Xekkel kashf qilgan.
Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi biologik determinantlarga
(aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi
sifatida talqin qilinadi. Ushbu qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual
rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy
bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Nemis psixologi V.Shternning fikricha, bola
maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab
yoshida uning ongi o’rta asr kishilari darajasiga erishadi. S.Xoll ―rekapitulyatsiya
qonuni‖ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o’sishning bosh qonuni deb
hisoblaydi. Uning fikricha, 8—12 yoshlardagi o’sish davri yovvoyilikning oxiri va
tsivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik va
sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning
rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni
uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yunalishlar o’z mohiyati,
kechishi va maxsuli jihatidan keskin farqlanadi.
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya,
mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Bu
411
nazariyaning yirik namoyandalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. U
insonning umrini o’ziga xos betakror xususiyatlarga molik sakkizta davrga ajratadi.
Kichik maktab yoshi to’rtinchi davrga to’g’ri keladi. Bu yosh davrda boladagi asosiy
o’zgarishlar: ko’zlagan maqsadiga erishish uchun intilish, uddaburonlik va tirishqoqlik
kabi sifatlar bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati omilkorlik va
mahsuldorlikdan iboratdir. Bu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham bo’lib, ular
ijobiy xislatlari yetarli bo’lmasligi, ong hayotning barcha qirralarini qamrab
ololmasligi, muammolarni hal qilishda aql -zakovat darajasining pastligi, bilimlarni
o’zlashtirishdagi qoloqlik va xokazolardir. Xuddi shu davrda shaxsning mehnatga
munosabati shakllana boshlaydi.
Kognitiv yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J. Kelli va boshqalarni kiritish
mumkin.
J.Piajening aql-idrok nazariyasi aql-idrok funktsiyalari (vazifalari) hamda uning
davrlari haqidagi ta’limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy funktsiyalari
(vazifalari) uyushqoqlik va moslashish, ko’nikishdan iborat bo’lib, akl-idrokning
funktsional invariantligi deb yuritiladi. Muallif intellektni (aqlni) rivojlanish davrlariga
ajratadi va 7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha davrni yaqqol xatti-harakat, aniq
operatsiyalar davri deb ataydi.
J.Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik
nazariyachilarga qo’shish mumkin. Bu yo’nalishning namoyondalari L.Kolberg,
D.Bromley, J.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalardir.
Fransuz olimi, psixolog A.Vallon bolaning jismoniy rivojlanishga qarab ajratgan.
A.Vallon nuqtai nazariga ko’ra, kichik maktab yosh davri farqlash davri va o’smirlik
davriga o’tishi (balog’atga yetish inqirozi davridir deb xisoblaydi.
Yana bir frantsiyalik yirik psixolog R.Zazzo o’z vatanidagi ta’lim va tarbiya tizimining
printsiplaridan kelib chiqqan holda, insonning ulg’ayib borayotib bosqichlarni bosib
o’tadi. Kichik maktab yosh davri Uchinchi (6-9 yosh) va Turtinchi bosqich (9-12
yosh)larni o’z ichiga oladi.
412
G.Grimm ontogenezda insonning kamolotini davrlarga ajratishni lozim deb kichik
maktab yoshi davrini ikkinchi bolalik (8 yoshdan 12 yoshgacha) deb ataydi.
Dj.Birrer yosh davr tizimiga ko’ra 5 yoshdan 12 yoshgacha bo’lganlar bolalik davrida
xisoblanadi.
D.Bromleyning tasnifida maktab bolaligi - 5 yoshdan 11-13 yoshgacha.
Biz uzoq, xorij mamlakatlar psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalashning
yo’nalishlari va nazariyalariga qisqacha to’xtalib o’tdik. Ulardan ko’rinib turibdiki, bu
sohada bitta umumiy nazariya hali ishlab chiqilmagan. L.S.Vigotskiy psixologlarning
yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni
vujudga keltiruvchi ruxiy yangilanishlarga tayanib 8 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni
Maktab yoshi davrida deb xisoblaydi.
L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga bo’lishda motivlarni asos qilib
oldi, shuning uchun bu bo’lishni motivatsion yondashish, deb atash mumkin.
L.I.Bojovichning mulohazasiga ko’ra, 7 yoshdan 11 yoshgacha to’rtinchi bosqich
ijtimoiy jonzotlikni anglash davri xisoblanadi
D.B.Elkoninning yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, xar kaysi rivojlanish
pallasida biror faoliyat ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning
inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi. Kichik
maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha bo’lib, unda asosiy faoliyat- o’qish bo’lib
xisoblanadi.
7 yoshdagi bolaninig jismoniy taraqqiyotini unchalik zo’r bermasdan va unchalik
toliqtirmaslik 3–5 soat dars mashg’ulot o’tish va uy vafalarini bajarish imkonini beradi.
Bola maktab ostonasiga qadam qo’yishi bilan yangi hayot faoliyatiga, yangi muxit
sharoitiga kirib keladi. Bu davrdan boshlab bola faoliyatining mazmuni ham, tevarak
atrofdagi narsalarga munosabati ham o’zgaradi. Endi u o’quvchi degan sharafli nomga
ega uning muayyan vazifalari va o’quvchilik burchi bor. Bu yoshidagi bola maktab
qoidalariga rioya qilishi, dars mashg’ulotlariga kechikmay o’z vaqtida yetib kelishi,
darsda o’qituvchining tushuntirayotgan materiallarini tinglab uqib olish, topshiriqlarni
413
o’zi bajarishi lozim. Darsda o’zini qanday tutishi, gigiena va tozalikka rioya qilishi
o’qituvchi va kattalar tomonidan berilgan buyruq va ko’rsatmalarni so’zsiz bajarish,
jamiyat orasida o’zini qanday tutishi, lozimligini bilishi kerak. Yashash sharoitidagi
bunday o’zgarishlar bola psixikasining o’sishiga, xulq atvoriga, shaxsning tarkib
topishiga ta’sir ko’rsatadi. Maktabga kirish bolaning hayotida uning faoliyatida
burilish davri hisoblanadi.
Kattalar va tengdoshlar bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bola butun bir
yangi jamoalar tizimiga qo’shiladi. O’quvchi oldiga bir qator jiddiy talablarni
qo’yadigan o’qishga- yangi faoliyat turiga qo’shilishi o’quvchilarni o’z hayotini qa’tiy
tarzda tashkil qilishdagi qonun va tartibga bo’ysunishga majbur qiladi. O’quvchi ta’lim
jarayonida axloqiy normalar va xati-harakat qoidalarini o’zlashtira boshlaydi. Kichik
maktab yoshi davrida axloqiy xatti-harakatlarga poydevor qo’yiladi.
Maktabga kirish bilan bog’liq qayta qurilish va undagi qiyinchiliklar. Ta’limning
boshlanishi bilan bola psixikasida keskin o’zgarishlar ro’y beradi. U psixik tomondan
qayta qurilishiga duch keladi. Psixologik qayta qurilish boshlang’ich sinf
o’quvchilarida ayniqsa, I–sinf o’quvchilarida qiyinchiliklarni paydo qiladi. Bu
qiyinchiliklar:
1. Birinchi sinf o’quvchilari ko’p harakatlarni intizom qoidalari talab qilgan darajada
chaqqonlik bilan, sifatli qilib bajara olmaydilar. Lekin o’qish faoliyati doimiy ravishda
intizom qoidalariga rioya qilishni, 35-45 minutlik darslarda sabr–toqat bilan o’tirishni,
o’zini– o’zi tuta bilishni talab qiladi.
2. Ta’limning butun mazmuni boladan ixtiyoriy jarayonlarini: ixtiyoriy diqqat,
ixtiyoriy idrok, xotirani rivojlangan bo’lishini taqozo qiladi. Lekin bolada hali bunday
jarayon yetarli rivojlangan bo’lmaydi.
3.O’quvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustaqil bajarishi lozim. Bu xususiyat
hamma bolalarda ham birdek rivojlanmaydi.
414
4. Bola o’z burchini anglagan bo’lishi, yaxshi o’qishi va yaxshi intizomga ega bo’lishi,
intizom qoidalariga rioya qilishni, uyga berilgan vazifalarni bajarishi uning burchi
ekanligi his qilishi kerak.
5. Diqqat e’tiborni o’qituvchi aytganlariga qaratish uni idrok qilib esda olib qolish va
kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i talab qilinadi. Bunday
talablarga javob qaytarish so’zsiz o’quvchiga qiyindir. Bunday qiyinchiliklarni
mustaqil ravishda yenga bilishi asta – sekin va muntazam o’qish jarayonida materialni
osondan qiyinga, oddiydan-murakkabga qarab tushuntirish, bolalarni o’qish faoliyatiga
qiziqtirish, darslarni qiziqarli emotsional va obrazli bayon qilish orqali bartaraf
qilinadi.
Kichik maktab yoshida ta’lim jarayonini tizimli tashkil qilish, bolada beg’amlik
davrining tuganlanganligidan dalolat beradi va o’qishga bo’lgan munosabatlar tobora
o’zgarib boradi. Bu davrda bolaning qiziqishlari o’yin faoliyatidan o’quv faoliyatiga
asta-sekin ko’chib o’tadi. O’qishga xos qiziqishlar ko’pincha bolalarning o’yin
faoliyatiga ta’sir etadi, o’qishga xos qiziqishlar ko’pincha o’yinlar xarakteri va
mazmuniga ta’sir qiladi. Har qanday ishining muvaffaqiyati ko’p jihatdan motivlarga
bog’liq bo’lib, odam ana shu motivlar yordamida ish bilan shug’ullanadi. O’qish
motivlari har xil bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlarini bo’lajak
mehnat faoliyatiga tayyorlashlarida motivlarga kamroq amal qiladilar. Bola hali motiv
haqida o’ylab ko’rishdan ancha uzoqda. Kichik maktab yoshidagi bola o’z bilim
doirasini kengaytirish, foydali bilimlar olish, shuningdak, jamiyat oldidagi o’z burchini
bajarish haqida ham uncha bosh qotirmaydi. Barcha mana shu motivlar unda ikkinchi
darajali narsaga aylanadi. Ammo, yuqorida aytib o’tganidek, uning o’zi nima
qilayotgan va maktabda bilib olayotgan narsaga bevosita qiziqishi, shuningdek,
o’qituvchi, ota–onalar talablarini bajarishga intilishi, maqtov eshitishi, qilgan ishining
ma’qul topilishi, yaxshi baholar olishi va hakozolar o’qishga nisbatan qiziqish
uyg’otishning eng muhim vositalariga aylanib qoladi.
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlar. Kichik maktab yoshidagi
o’quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o’qituvchi shaxsiga ishonch
415
hissi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o’qituvchi bolaga tarbiyaviy ta’sir
ko’rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o’qituvchini aql-idrok sohibi, tiyrak, sezgir,
mehribon, hatto donishmand inson deb biladi. O’qituvchi siymosida o’zinig ezgu
niyati, orzu istagi, ajoyib his-tuyg’ularini ro’yobga chiqaruvchi mo’’tabar shaxsni
ko’radi. O’qituvchining obro’si oldida ota–onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh-
urug’lar, tanish-bilishlarning nufuzi keskin pasayadi. Shu sababli bolalar
o’qituvchining har bir so’zini qonun sifatida qabul qiladilar. Boshlang’ich sinf
o’quvchilari o’qituvchi tomonidan qo’yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va
ularning qoidalariga to’la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o’qituvchi uning
psixologik xolatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat
sinfdagi, balki umuman tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatiga, bu munosabat esa
oilasidagi muhitlarigi ham ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek bu munosabatlar uning o’quv
faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi.
Достарыңызбен бөлісу: |